Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


IPO2014 da salkam 0 million yig’a olgan. Fintex


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

IPO2014 da salkam $900 million yig’a olgan. Fintex investitsion imkoniyatlarni 
kraudfonding mexanizmi yordamida ancha kengaytirshi mumkin. Bular jumlasiga 
Kickstarter, Indiegogo, Crowdcube kompaniyalarini misol qilib keltira olamiz. 
Robot-maslahatchilar ham investitsiyalar olamida inqilobiy o’zgarishlarga sabab 
bo’ldilar. Kearney konsalting kompaniyasi hisobotiga ko’ra 2020 yilga kelib, 
Roboinvestorlar AQSH investitsion aktivlarining 5,6% ni tashkil qiladilar yoki $2 
trilloin jalb qila oladilar.Moliyaviy masalalar bo’yicha ko’zga ko’ringan 


368 
mutaxassis Djon Chaplinning aytishicha, yaqin ikki yillarda fintex ishlanmalar 
bo’yicha eng ilg’or hududlarga Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi 
va Evropa mamlakatlari kirishi kutilayapti. Bu esa an’anaviy moliyaviy 
infratuzilmalar va qotib qolgan qo’pol bank tizimlari ularda yo’q bo’lgani uchun, 
rivojlanayotgan mamlakatlarga yangi moliyaviy texnologiyalarni qo’llagan xolda 
o’z muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishlariga va tez sur’atlar bilan 
rivojlanishlariga imkon yaratadi. Mamlakatimiz bunday imkoniyatdan foydalana 
oladimi yoki yo’qmi – bu oliy boshqaruv organlarining irodasida bog’liqdir. 
Rivojlangan mamlakatlarda fintex ishlanmalar eng avvalo onlayn servislarni 
rivojlantirishga qaratilgan, rivojlanayotgan davlarlarda esa bunday startaplar mobil 
telefonlarning keng bozoriga yo’naltirilgan. Telekommunikatsiyalar xalqaro 
ittifoqi ma’lumotiga ko’ra, dunyo aholisining 95,5% qismi mobil telefonlardan 
foydalanadilar 
– bu ma’noda mobil servislarning internetdan ko’ra 
samaradorroqligi ma’lum bo’ladi. M-Pesa deb nomlangan mobil pul o’tkazmalari 
servisi bank tashkilotlari yetishmasligi sharoitida Keniya va Bangladeshdagi 
iqtisodiy holatni o’zgartirishga ta’sir qildi. Bangladeshda mikromoliyalashtirish 
(garovsiz kam miqdordagi kredit berish) tarmog’i yaxshi rivojlangani tufayli 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling