415
Freemiummodeli (Free – tekin, premium – yaxshilangan, mukammallashgan)–
ushbu model bo’yicha asosiy funktsional yoki demonstratsion versiya tekinga
taklif
qilinadi, foydalanuvchi uchun kerakli bo‘lgan qo’shimcha imkoniyatlar esa
alohida to’lovga taqdim etiladi. Yoki boshqa variantdan ham foydalanish mumkin
– sun’iy ravishda yaratilgan kamchiliklardan qutulish uchun qandaydir miqdorda
pul to’lash kerak bo‘ladi.
Freemium modeli ko\pchilik komp’yuter o’yinlarida,
mobil
xizmatlarda va ilovalarda, onlayn-kouchingda va elektron ta’limda juda
ommabop hisoblanadi. Misol sifatida
Skype, Flickr, Fruit Ninja, Angry Birds,
Angry Birds Space HD larni keltirish mumkin. Bu modelning kamchiligi foydaga
chiqishning katta muddatliligidir, chunki statistika bo’yicha, bor-yo’g’i 0,5-1%
gina foydalanuvchilar qo’shimcha funktsionallarni sotib olar ekanlar.
Free-to-Play modeli (
free – tekin, play – o’ynash) – bu modelda barcha
funktsional tekinga taqdim etiladi. O’yinnji bemalol tekinga o’ynash mumkin,
lekin o’yinga
juda ham qiziqib ketsangiz, qo’shimcha funktsionallarni sotib
olishingiz mumkin. Misol sifatida
Jetpack Joyride va Veselaya ferma komp’yuter
o‘yinllarini keltirishimiz mumkin. Bu model hit-mahsulotlar uchun
foydalanuvchilarning soni juda ko’p bo‘lganda foydali bo‘ladi, aks xolda u foyda
keltirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: