Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Funding tashabbuslarga qanday soliqlar va imtiyozlar qo‘llanishi mumkin? Ushbu 
yo‘nalishlar yuqori salohiyatli bo‘lib ko‘rinadi va yaqin kelajakda umumiy 
iqtisodiyotda sezilarli ulushni tashkil qilishi mumkin, shu sababli, bunday 
masalalar hozirgi kundayoq puxta ishlab chiqishga ehtiyoj sezadi. 
Umuman aytganda, postindustrial yoki information jamiyatga xizmatlar 
sektori mamlakat yalpi milliy daromadning 60% dan ortig’ini tashkil qiladigan 
davlatlar kiradi. Ularda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi tarmorlarni 


45 
moliyalashtirish miqdori keyingi o’ttiz yilda 130 martadan ko’proq ortdi. 
Informatsion innovatsiyalarni tarkib toptirish uchun dunyo miqyosida faoliyat 
ko’rsatuvchi global kompaniyalarga misol sifatida quyidagilarini ko’rsatib 
o’tishimiz mumkin: YouTube, Facebook, Google, Wikipedia, Wikileaks, Amazon, 
Alibaba va boshqalar. G’oya juda ham oddiy – yangi progressiv imformatsion 
texnologiyalar biznes masalalarini hamda tijorat muammolarini hal qilib beradilar 
va information tizimlarning har bir yangi avlodi bir qancha yangi innovatsion 
hizmatlarning vujudga kelishiga va yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi. Yangi 
texnologiyalarning barcha sohalarga kirib kelishi iqtisodiyotning elektron 
ko’rinishga o’tishiga olib kelmoqda. Natijada yangi elektron hizmat turlari paydo 
bo’ldi, yangi bozorlar shakllandi va an’anaviy biznes modellar elektron shaklga 
transformatsiya qilina boshlandi. Zamonaviy raqamli iqtisod bir qancha atamalar 
bilan nomlangan, shu jumladan, e-economy, digital economy, internet economy, 
network economy va virtual economy. Agarda BCG (The Boston Consulting 
Group) ga murojaat qilsak, raqamli iqtisodiyotming yana bir diqqatga sazovor 
ta’rifini ko’rishimiz mumkin: “Iqtisodiy tizimning barcha ishtirokchilari - alohida 
insonlar, firma va kompaniyalar hamda davlat tomonidan online va innovatsion 
raqamli texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi iqtisodiyotni raqamlashtirish 
yoki raqamli elektron iqtisodiyot jarayonidir”.
Xozirgi 
davrda 
ko’pchilik 
raqamli 
iqtisodiyotdagi 
bir 
qancha 
transformatsiyalarning, shu jumladan, biznes modellar, yangi bozorlar hosil 
bo’lishi, yangi turdagi hizmat turlari paydo bo’lishining guvohi bo’lib turibdi. 
Raqamli iqtisodning xarakterli ko’rsatgichlari sifatida yangi ishlab chiqarish 
usullarini (pear-to pear production), ommaviy hamkorlikni, ommaning intellectual 
mulkka egalik qilishini, iste’mol modellaring o’zgarishini (sharing economy) va 
ochiq mehnat bozorini keltirish mumkin. Ammo, hozirgi paytda raqamli iqtisod 
(internet-savdo, internet-hizmatlar, kontentlar, elektron to’lov va boshqalar)ning 
O’zbekiston Respublikasi yalpi milliy daromadidagi hissasi 1% ga ham bormaydi. 
Lekin mamlakatimizning rivojlanish tendentsiyalari shuni ko’rsatadiki, yuqorida 
ko’rsatilgan bozorlar kelajakda tezlik bilan rivojlanib ketadi. Bundan tashqari, 


46 
to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi va 4.0 Industriya texnologiyalari bilan bog’liq 
bo’lgan texnologik o’zgarishlar, ya’ni, ommaviy robotlashtirish, qo’shimcha va 
virtual reallik texnologik platformalari hamda 3D-printerlar texnologiyalari ushbu 
jarayonni yanada tezlashtiradi. Yuqorida aytib o’tilgan 4.0 Industriya atamasi 2011 
yilda Gannover yarmarkasida iste’molga kirdi va uning ma’nosi qiymat hosil qilish 
global zanjirini ko’rsatishdan iborat. “Aqlli zavodlar”, “aqlli texnologiyalar” va 
“aqlli robotlar” kabi texnologiyalarining jahon bo’ylab tarqalishini amalga 
oshirgan holda, to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi global darajada virtual va fizikaviy 
tizimlarning bir-biriga o’zaro ta’sirini amalga oshiradi. Bu esa o’z navbatida 
mahsulotlarning to’liq moslashuvchanligiga hamda yangi operatsion modellar 
yaratilishiga olib keladi. Demak, 4.0 Indistriya – mamlakat va biznesning 
raqobatbardoshligini oshirishga mo’ljallangan, raqamli texnologiyalarning jamiyat 
hayotiga kirib kelishi bilan bog’langan hamda ishlab chiqarish jarayonida vujudga 
keladigan munosabatlarning majmuidan iborat. Bundan kelib chiqqan holda 4.0 
Industriyani iqtisodiyot barcha tarmoqlarining raqamli transformatsiyasi deb ham 
tushunish mumkin. Shuning uchun ham kelajakda korporativ boshqaruvda bu 
holatlarni hisobga olish zamona talabi bo’lib qoldi. 
Raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning korporativ miqyosdagi joriy qilinish 
yo’nalishlariga misol sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: 
Professional hizmatlaron-demand professional servicesbuxgalter 
hizmatlari, dizaynar hizmatlari, maslahatchilar, tarjimonlar va boshqalar. 
Jamoaviy moliyalashtish – collaborative finance – kraudfunding (crowd-

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling