Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


AddVenture, iTech Capital, ABRT, Mangrove Capital, RBK, Bright Capital


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

AddVenture, iTech Capital, ABRT, Mangrove Capital, RBK, Bright Capital, 
Inventure Capital va boshqalar. 
Venchur investitsiyalarning bir qancha turalri bo’lib, ular orasida eng keng 
tarqalganlari quyidagilardir: 
1. Biznes loyihaga investitsiya qilish (seed investment); 
2. Boshlang’ich biznesga investitsya qilish (start-up investment); 
3. Qandayidr mahsulot loyixasi, ishga tushirilayotgan mahsulot yoki hizmat 
lineykasiga va biznes tarixiga ega bo‘lgan kompaniyaga investitsiya qilish 
(earlystage investment); 
4. Stabil va perspektiv kompaniyaning mahsulotlarini mukammalashtirish va 
uning bozor ulushini kengaytirish uchun investitsiya (expansion investment). 
Venchur investitsiyalarning turlari startaplarning quyida keltirilgan rivojlanish 
bosqichlariga mos tushadi: 
1. Ekish bosqichi – Seed, Seedstage – kompaniyada biznes go’ya bor, mahsulot 
yoki hizmatning prototipi yaratilishi ustida ish olib borilayapti, biznes-reja ishlab 
chiqilmoqda yoki u yo’q, bozorga chiqish va capital axtarish uchun bir qancha 
tayyorgarlik ishlarini olib borish kerak, risklarni baholash lozim, byudjetnu 
rejalashtirish zarur, potentsiyal investor uchun loyihaning taqdimot versiyasini 
ishlab chiqish kerak. Bubosqichda startaplar Ekish fondlaridan yoki biznes-
farishtalardan moliyalashtirish olishlari mumkin. AQSH da super-farishtalar bitta 
loyihaga $1 milliondan ko’proq pul tikishlari mumkin va bunda boshqa venchur 
kapitalistlar bilan sifatli startap uchun raqobat ham qiladilar. Loyihani baholash 
uchun esa huquqiy, moliyaviy, marketing va ilmiy texnik expertiza o’tkaza 
oladigan kompaniyalarga ham murojaat qilinishi mumkin. 
2. Startap – start-upstage – startapning ishga tushirilishi, pilot versiyada mahsulot 
yaratigan, uni testlashtirish jarayoni boshlangan va birinchi mijozlarga hizmat 


466 
ko’rsatish boshlangan. Bu bosqichda g’oyaning mualliflari vechur fondlardan 
investitsiya olishlari mumkin.
3. O’sish bosqichi – Early Stage – Mahsulot bozorga chiqarilishga tayyor, 
startapning rivojlanishi amalga oshirilayapti, mahsulot sotuvi o’sayapti, stabil 
iste’molchilar paydo bo’layapti. Bu bosqichda venchur fondlar yoki banklardan 
investitsiya olinishi mumkin. 
4. Kengayish bosqichi – Expansion Stage – kompaniya faoliyati tezlik bilan o’sib 
borayapti, sotuv bozorlari kengayayapti, aktiv sotuvlar amalga oshayapti. Bu 
bosqichda qo’shimcha moliyalashtirish talab qilinishi mumkin. Bu bosqichda 
banklardan investitsiya olinishi mumkin. 
5. Rivojlanishning keyingi bosqichi – Later Stagebu bosqich kompaniyaning 
keyingi rivojlanishi va uning katta ommaviy tashkilotga aylanishi bilan bog’liq. 
6. Chiqish bosqichi – Exit – bu bosqichda investor biznesdan chiqib ketishi 
mumkin, kompaniya esa hech kimning yordamisiz o’z faoliyatini davom ettirishi 
mumkin. 
Tashqi moliyaviy mablag’larni jalb qilishning keng tarqalgan usullaridan biri 
moliyaviy royalty (Royalty Financing) hisoblanadi. Bunda investor ustav kapitalda 
ulush emas, balki kelishilgan vaqt davomida daromaddan ma’lum bir qismini olish 
bo’yicha shartnoma tuzadi. Bunday kelishuvlar odatda loyihaga investitsya 
qilingan summa miqdoridan 3-6% ko‘proq pulni qaytarib olishni ko’zda tutgan 
holda tuziladi. Ushbu moliyalashtirish usulida kichik biznes egalari biznesga 
bolgan egalikni saqlab qoladilar. Bu usulda moliyalashtirishga erishishda 
investorni kelajak mahsulotning foyda bera olishiga ishontirish kerak bo’ladi.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling