Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


YMD ning 2,2% ni tashkil qiladi, internetga bog‘liq bozorlar esa YMD


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

YMD ning 2,2% ni tashkil qiladi, internetga bog‘liq bozorlar esa YMD ning 16% 
ni tashkil qiladi (Rossiyadagi internet servislar va kontentlar iqtisodi, RAEK, NIU 
BSHE, Ekonomika Runeta RF, c.5) va bu bozorlar salmog’i yil sayin o’rtib 
bormoqda. Bunga sabablar orasida to’rtinchi sanoat inqilobini, 4.0 Industriya 
texnologiyalarini, ommaviy robotizatsiyani, virtual va qo’shimcha reallik 
texnologik platformalarini, 3D-printerlar kabilarni ko’rsatishimiz mumkin. 4.0 
Industriya atamasi 2011 yilda Gannover yarmarkasida paydo bo’ldi va u qiymat 
hosil qilinishining global zanjiridagi tub o’zgarishlarni aniqlab bergan edi. Bunday 
industriya ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo’layotgan munosabatlarning 
majmui bo’lib, raqamli texnologiyalarning biznesning va mamlakatning 
raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilishi bilan bog’liqdir. O’zbekitonda 4.0 
Industriya atamasi iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha 


492 
tarmoqlarning raqamli transformatsiyasini anglatadi deyishimiz ham mumkin. 
Agarda bu atamani tizimlar nazaruyasi tilida ifodalasak, uni quyis=dagicha 
ta’riflash mumkin: 4.0 Industriyaishlab chiqarish zanjirlaridan tashkil qilingan 
tizim bo’lib, uning ajralmas tarkibiy qismi sifatida online texnologiyalar (insonlar, 
mashinalar, bulutlar va data-markazlar) vositasida yaratilgan tizim elementlari 
orasida raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar almashinish amalga oshiriladi. Ushbu 
industriyadagi innovatsion texnologiyalarga big data, mobil texnologiyalar, sun’iy 
intellekt, neyron texnologiyalari, kvant texnologiyalari, taqsimlangan reestr 
texnologiyalari, ishlab chiqarish interneti (IioT), buyumlar interneti (IoT), 
robototexnika va sensorika, virtual va qo’shimcha voqe’lik (VR va AR) larni 
kiritishimiz mumkin.
Mobil internet davriga o’tish web-texnologiyalar rivojlanishidagi yangi bir 
bosqichlardan biri bo‘ldi. Buning natijasida 2008 yildan to 2016 yilgacha internet 
tarmog‘i foydalanuvchilari soni ikki martadan ko’proq ko’payib, jahon miqyosida 
3,2 millardga yetdi. Mamlakatlarning barcha xududlarida internet tizimining ishlay 
olishiga erishish nafaqat davlat miqyosidagi masala bo’lib qoldi, balki bu 
yo’nalishda transmilliy korporatsiyalar ham faol shug’ullanmoqdalar. Masalan, 
Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlari uchun mo’ljallangan internet_org 
mobil ilova yaratish loyihasi Facebook korporatsiyasi tomonidan Samsung, 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling