532
mo‘ljallangan axborot mahsuloti yig‘indisi. Ishbilarmonlik
bilimi aniq bir
tadbirkor tomonidanyuqori ehtiyoj bilan tavsiflanadi.Ishbilarmonlik bilimi – bu
bir maqsadga yo‘naltirilgan, muvofiqlashtirilgan harakat uchun to‘plangan
imkoniyat.
Ishchan bilimlar – bubajarilayotgan ishga bilimlarni qo‘llashdir. Ular
uchta qism(element) borligini ko‘zda tutadi: bilimlarni qo‘llaydigan xodim,
bilimning o‘zi va bilim bilan ishlash texnologiyalari.
Iqtisodiyotni ijtimoiylashtirish – jamiyatning
axborotlashgan rivojlanish
bosqichiga o‘tishida sotsiologiya usullarini iqtisodiyot fanida qo‘llash
doirasining kengayishi.
Iqtisodiy farovonlik nazariyasi- ingliz iqtisodchisi
Artur Pigu tomonidan
yaratilgan. Industrial jamiyatda inson farovonligi moddiy boyliklar va pul
daromadlari
oqimi bilan, jamiyat farovonligi esa ma’lum vaqt ichidagi milliy
daromadning miqdori bilan o‘lchanadi. Moddiy farovonlik iqtisodiy farovonlik deb
ham ataladi.
KPI (
Key Performance Indicators) –samaradorlikning asosiy ko’satgichlari
yoki korxona hizmatchilarining faoliyati indikatorlari – hodimlar ish haqi ham
shunga muvofiq aniqlanadi.
Fiat pullar - nominal qiymati real qiymatidan katta farq qiladigan
pullar turi, masalan, so’m, rubl, tanga, somoniy, dollar, yevro va boshqalar.
Frilanser (
freelancer) – ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, «
erkin rassom».
Ushbu so‘z ilk bor 1819-yilda «Ayvengo» asarida ishlatilgan bo‘lib,
mustaqil
sarboz ma’nosini anglatgan. Bugun esa frilanser deganda odatda rasmiy va doimiy
ish joyi bo‘lmagan, masofadan buyurtmaga ishlaydigan erkin ijodkor tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: