Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Blockchain.info saytidagi “peredanocherez” ustuniga qarash kifoya. Agarda biror 
bir inson, kompaniya yoki insonlar guruhi hisoblash quvvatlarining yarmidan 
ko’prog’ini nazorat qilishga erishsalar, buni tarmoqqa bo’lgan 51% li hujum deb 
ataladi. Chunki bu holatda u yoki ularning amallarni monopol ravishda tasdiqlashi 


94 
yoki rad etishi mumkin bo’lib qoladi. Bundan tashqari, ular o’z bitkoinlarini bir 
vaqtning o’zida ikki oluvchiga sotishlari ham mumkin bo’ladi. Bu ikki amalning 
qaysi biri tasdiqlanishi va qonuniy (legitim) bo’lishini mayning va blokcheyn 
tarmoq konsensusi yordamida aniqlanadi. Hozirgi paytda mayningga ajratilgan eng 
ko’p miqdordagi hisoblash quvvati AntPool, F2Pool, VTSS Pool, Bit Fury 
pullariga tegishli. Agarda ushbu pullar o’zaro kelishib olishsa, hujumni birgalikda 
ham tashkil etishlari mumkin. Ammo ular buni qilishga botina olmaydilar, chunki 
bu qaroqchilik oqibatida raqamli valyutaning narxi juda ham pasayib ketadi va 
natijada katta bitkoin zahirasiga ega bo’lgan bu pullar katta moliyaviy zarar 
ko’rishlari mumkin. Ammo kriptologlarning fikrlaricha, bir guruh insonlar pullarni 
ishdan chiqargan holda ham hujumni uyushtirrishlari mumkin. Bunday hujumni 
biror bir davlat yoki katta biznes (bank yoki xedj-fond) namoyondalari ham amalga 
oshirishlari mumkin. Lekin bunday hujumni uyushtirish uchun kerakli bo’lgan 
hisoblash quvvatlari va energiya sarfi juda katta bo’ladi. Masalan, agar 2016 
yildagi bitkoin tizimining umumiy quvvati 1,2 million teraxesh bo’lgan bo’lsa va 1 
teraxeshning narxi 4000 dollarligini hisobga olsak, hujum uchun 4,8 milliard dollar 
kerak bo’ladi. Ammo agarda tarmoqning havfsizligi buzilsa, uni to’g’rilash uchun 
ham mahsus tartiblar mavjud, albatta. Blokcheynni ko’pincha uning anonimliligi 
uchun ham qattiq tanqid qiladilar. Oltin yoki markazlashmagan raqamli pullarga 
ega bo’lish ishtiyoqi iqtisodiyotning ko’pgina sub’ektlarini o’ziga jalb qiladi. 
Ammo anonimlilik tufayli noqonuniy ishlarga yo’l ochib berishdan cho’chish 
raqamli texnologiyaning keng tarqalishiga mone’lik qiladi. Agarda masalaga 
texnik nuqtai-nazardan yondoshsak, bitkoinning anonimliligi bilan bog’liq bir 
qancha muammolarni chetlab o’tish mumkin bo’ladi. Masalan, bitkoin bloklari 
zanjirida qanday o’zgarishlar sodir bo’layotganini bemalol kuzatib tursa bo’ladi. 
Shunday qilib, har bir shaxs, huddi blokchain.info saytidagi singari
blokcheyndagi jarayonlarni kuzatib turish imkonini beradigan dastur tusib qo’yishi 
mumkin. Bitkoin adreslar o’z-o’zlaricha biror-bir fizik va huquqiy manzil bilan 
bog’langan emas, shuning uchun ham bitkoinni anonim yoki nomsiz deb ataydilar. 
Haqiqatan ham bitkoin tarmog’ida foydalanuvchining shaxsi uning istagiga 


95 
muvofiq o’zgartirilishi mumkin bo’lgan kriptografik nom (psevdonim) orqali 
yashirilgan. Barcha tranzakstiyalar psevdonim bilan imzolanadilar va ularning 
to’g’riligini tekshirish hamda bitkoinlarni yangi egalariga topshirish uchun ular 
umumiy tarmoqqa uzatiladilar. Shaxsning kim ekanligi boshqa vositalar yordamida 
ham bitkoin adres bilan bog’lanishi mumkin. Bu ish amalga oshganida 
blokcheynning tarixini tiklash orqali bu shaxsning o’tmishdagi amallarini bilib 
olish mumkin. Individual ishtirokchining anonimlikni bir martagina buzishi ushbu 
shaxsning barcha bitkoin-tranzaktsiyalarini bilib olishga imkon beradi. Agarda 
hamkoringiz sizni yaxshi biladigan biror bir inson bo’lsa, u ochiq ma’lumotlar 
yordamida sizning potfelingiz balansini bilib olishi ham mumkin. Agarda 
hamkoringiz siz ma’lumotlar berishingiz kerak bo’lgan biror bir tashkilot (bank, 
davlat, ijtimoiy tarmoq va boshqalar) bo’lsa, u xolda ushbu tashkilot siz 
haqingizdagi barcha ma’lumotlarni biladi va uning komp’yuter vositalari sizning 
blokcheyndagi ma’lumotlarinigizni bilib olishi ham mumkin. Masalan, agar siz 
qandaydir saytdan bitkoin to’lash orqali biror bir mahsulot sotib olsangiz
taabiiyki, unda o’z ma’lumotlaringizni qoldirasiz va bu bilan ushbu saytga 
blokcheynga kirish va siz haqingizdagi ma’lumotlarni bilib olish imkonini 
yaratasiz. Bitkoin tizimi Know-Your-Customer (KYC-kompaniyaning o’z mijozlari 
shahslarini tekshirishi) jarayonini quvvatlamasligi ayni haqiqat va siz shaxsiy 
ma’lumotlarni qoldirmagan xolda istalgancha hamyonlar ochishingiz mumkin. 
Lekin bu ham bitkoin 100% anonim ekanligini anglatmaydi.Hozirgi davrdagi 
deyarli barcha kriptovalyutalar shaffof blokcheyndan foydalanadilar. Ozroq 
miqdordagi loyihalar esa blokcheynning shaffof emasligini ta’minlaydi. Masalan, 
DASH 
(digital 
cash 

oldingi 
nomi 
Darkcoin
kriptovalyutasi 
(https://www.dash.org) bitkoindan farli o’laroq, mijoz-server arxitekturasidan 
foydalanadi va huddi bitkoin singari proof of work printsipini ishlatgan xolda 
hulosani proof of stake (bo’lakni tasdiqlash) rejimida amalga oshiradi. Bunda 
maxsus serverlardan (mastermodes) iborat bo’lgan tarmoqchalar hosil qilinadi, ular 
esa o’z navbatida hususiy amallar (darksend) yoki momental o’tkazuvlar kabi 
qo’shimcha funktsional imkoniyatlar yaratib beradi. Dash kriptovalyutasi 


96 
bitkoinga nisbatan ko’proq darajada anonimroq bo’lib, u ham to’liq shaffof 
emaslikni ta’minlab bera olmaydi. Huddi shu kabi loyihalar jumlasiga Zerocoin va 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling