Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Risklarni boshqarish. Blokcheyn texnologiyasi bir necha xil moliyaviy risk 
turlarini bartaraf qilishga imkon beradi. Birinchidan, tartibga solish riski – 
to‘lovning bitimni tartibga solish jarayonida bironta ham xato ro’y bermasligi riski. 
Ikkinchidan, kontragentlik riski– ikkinchi tomon bitimni tartibga solish ro‘y 
bermagunga qadar defolt e’lon qilmasligi riski. Nihoyat, eng jiddiy tizimli risk
tizimdagi barcha yirik kontragentlik risklari yig‘indisi. 
Qiymat innovatsiyasi. Bitkoyn blokcheyniboshqa moliyaviy aktivlar bilan 
ishlash uchun emas, balkibitkoyinlar uzatish uchun yaratilgan. Biroq buochiq 
boshlang‘ich kodli vaturli xildagi tajribalarni rag‘batlantiradigan texnologiyadir. 
Ayrim novatorlar bitkoyin to‘lovlari uchun emas, balki boshqa maqsadlar uchun 
mo‘ljallangan alohida blokcheynlar, ya’ni altkoynlar yarata boshlashdi. 
Saydcheynlar – imkoniyatlari va funksiyalari bo‘yicha bitkoyn blokcheynidan 
farq qiladigan, lekin uning havfsizligini pasaytirmagan holda bitkoyn kompyuter 
infratuzilmasi va rivojlangan tarmog‘idan foydalanadigan blokcheynlardir. 
Saydcheynlar blokcheyn bilan ikki kanalli sxema – aktivlarni uchinchi tomon 
ishtirokisiz blokcheynga va blokcheyndan berish kriptografik vositasi yordamida 
aloqa qiladi. Xususiy blokcheynlarda savdo platformalari yaratib, umuman bitkoyn 
va boshqa tokenlardan foydalanishni istisno qilishga intiladigan novatorlar ham 


104 
bor. Moliyaviy institutlaraktivlar va majburiyatlarni yozish, almashinish va sotish 
uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqdalar. Vaqt o‘tishi bilan 
esaan’anaviy birjalar va markazlashtirilgan bozorlarni u bilan almashtirilishi 
mumkin, bu esa bizning qiymat haqidagi va shu bilan birga savdo mexanizmlari 
haqidani tasavvurlarimizni ham tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling