Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

4-Bob uchun savol va topshiriqlar: 
1. Raqamli iqtisodiyot sharoitlarida elektron tijoratning qanday amalga 
oshiroladi va rivojlantiriladi? 
2. Elektron tijoratdagi raqamli innovatsiyalar nimalardan iborat? 
3. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning ma’no va mohiyatini 
tushuntirib bering. 
4. Elektron tijorat va elektron biznesda raqamli iqtisodiyot 
texnologiyalarining ishlatilishini misollar vositasida aniqlashtiring. 
5. Ta’lim biznesida va tijoratlashtirishda innovatsion texnologiyalardan 
foydalanish usullarini tavsiflab bering. 
6. 3D-texnologiyalar vositasida elektron biznesni amalga oshirish usullari 
va vositalarini yoritib bering va bunga misollar keltiring.. 


198 
5-BOB. ELEKTRON TIJORATDA MA’LUMOTLAR HAVFSIZLIGINI 
TA’MINLASH 
5.1. Elektron tijorat havfsizligini ta’minlashda kriptografiya 
Grek tilidan tarjima qilganda, kriptografiya so’zi “mahfiy yozuv” ma’nosini 
anglatadi. Kriptografiyaning klassik masalasi qandaydir boshlang’ich matnni 
(ochiq matnni) qandaydir qoidalar yordamida shifrlangan ko’rinishga o’tkazishdir. 
Bunda qandaydir belgilarning tasodifiyga o’xshagan ketma-ketligi shifromatn yoki 
kriptogramma deb ataladi.Ochiq matnni oddiy inson tomonidan tushunarsiz 
xolatga o’tkazish jarayoni fan tili bilan shifrlash yoki deshifrlash atamalari bilan 
ham nomlangan. Shifrlash deganda barcha tomonidan tushuniladigan va ochiq 
ma’lumotlarni shifrlangan ma’lumotlarga (shifrlangan matnga) o’zgartirishga 
aytilsa, deshifrlash deganda shifrlangan ma’lumotlarni ochiq ma’lumotlarga 
o’zgartiruvchi teskari jarayonga aytiladi. Shifrlash usuli (shifr) deb, shifrlash 
algoritmiga binoan ochiq informatsiyani berkitilgan (tushunarsiz) informatsiyaga 
o’zgartiruvchi amallar majmuasiga aytiladi. Ko’pchilik shifrlash tizimlari vaqtning 
beshavqat sinovlariga dosh bera olmadi, boshqalaridan esa xozirgi davrgacha 
foydalaniladi. Hisoblash mashinalari, komp’yuter tarmoqlari va internetning paydo 
bo’lishi ma’lumotlarni shifrlash-deshifrlashning ko’pgina yangi usullarining 
yaratilishiga turtki bo’ldi. Shifrga xujum (yoki kriptoanaliz) kalitni bilmasdan 
turib, shifrlash algoritmini aniqlashga va berk bo’lgan imformatsiyani beruxsat 
o’qishga (rasshifrovka qilishga) bo’lgan urinishdir.
Shifrlashning zamonaviy usullari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

Shifrning kriptoanalizga (deshifrovkaga) bo’lgan turg’unligi (chidamliligi –
kriptoturg’unlik)shunday bo’lishi lozimki, uning fosh etilishi faqatgina 
kalitlarning to’liq saralash masalasini yechish orqaligina amalga oshirilishi 
mumkin bo’lsin; 

Kriptoturg’unlik shifrlash algoritmining mahfiyligi orqali emas, balki 
kalitning mahfiyligi orqali ta’minlanadi; 

Shifromatn hajmi bo’yicha dastlabki informatsiyadan ortiq bo’lmasligi 
lozim; 


199 

Shifrlashdagi xatoliklar informatsiyaning buzilishiga va yo’qolishiga olib 
kelmasligi kerak; 

Shifrlash vaqti juda ham katta bo’lmasligi zarur; 
Shifrlashning keng miqyosda ishlatiluvchi algoritmini amalda mahfiy saqlash 
mumkin emas. Shu sababli, algoritmning kriptoanalitik foydalanishi mumkin 
bo’lgan zaif tomonlari bo’lmasligi lozim. Agar bu shart bajarilsa, shifrning 
kriptoturg’unligi kalit uzunligi orqali aniqlanadi, chunki shifrlangan informatsiyani 
fosh etishning yagona yo’li – kalit kombinatsiyalarini saqlovchi algoritmni 
rasshifrovka qilishdir. Shunday qilib, kriptoanaliz uchun sarf qilinadigan vaqt va 
vositalar kalit uzunligiga hamda shifrlash algoritmining murakkabligiga bog’liqdir. 
Shifrlash usullari turli alomatlari bo’yicha quyidagi chizmada keltirilgandek 
tasniflanishi mumkin: 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling