204
Shifromatn:МЎЯТҒЯЕАНЎФИ
Kalit: ҒЎЗАҒЎЗАҒЎЗА
Rasshifrovka qilingan matn: ПАХTA _ҒАРАМИ
Dastlabki matn: ПАХTA _ҒАРАМИ
Polialfavitli almashtirish usullarining kriptoturg’unligi
oddiy almashtirish
usullariga nisbatan sezilarli darajada yuqori, chunki ularda dastlabki ketma
ketlikning bir simvollari turli simvollar bilan almashtirilishi mumkin. Ammo
shifrning statistik usullarga bardoshliligi kalit uzunligiga bog’liq.
O’rin almashtirish usullari
O’rin almashtirish usullariga binoan dastlabki matn belgilangan uzunlikdagi
bloklarga ajratilib, har bir blok ichidagi simvollar o’rni ma’lum algoritm bo’yicha
almashtiriladi. Eng oson o’rin
almashtirishga misol qilib, dastlabki informatsiya
blokini matritsaga qator bo’yicha yozishni, o’qishni esa ustun bo’yicha
amalga
oshirishni ko’rsatish mumkin. Matritsa qatorlarini to’ldirish va shirflangan
informatsiyani ustun bo’yicha o’qish ketma-ketligi kalit yordamida bajarilishi
mumkin. Usulning kriptoturg’unligi blok uzunligiga (
matritsa o’lchamiga) bog’liq.
Masalan, uzunligi 64 simvolga teng bo’lgan blok (
matrista o’lchami 8x8)
uchun
kalitning 1,6 milliard kombinatsiyasi bo’lishi mumkin. Uzunligi 256 simvolga teng
bo’lgan blok
(matritsa o’lchami 16x16) uchun esa kalitning mumkin bo’lgan
kombinatsiyalari soni 1,4 . 10
2 6
ga yetishi mumkin. Bu xolda kalitni saralash
masalasi zamonaviy komp’yuterlar uchun ham ancha murakkab amal hisoblanadi.
Gamil’ton marshrutlariga asoslangan usulda ham o’rin
almashtirishlardan
foydalaniladi. Ushbu usul quyidagi qadamlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
1-qadam: Dastlabki informatsiya bloklarga ajratiladi. Agar shifrlanuvchu
informatsiya uzunligi blok uzunligiga karrali bo’lmasa, oxirgi blokdagi bo’sh
o’rinlarga mahsus hizmatchi simvollar – to’ldiriluvchilar joylashtiriladi. Masalan,
* simvoli.
2-qadam:Blok simvollari yordamida jadval to’ldiriladi va bu jadvalda simvolning
tartib raqami uchun ma’lum bir joy ajratiladi.