Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
)vector ko’rinishida berilgank – blokini
shifrlashА = ( а ij )matritsa kalitniB k vektorga ko’paytirish orqali amalga oshiriladi. NatijadaС k = ( c i )vector ko’rinishidagi shifromatn bloki hosil qilinadi. Bu vektorning elementlari с i = j j ij b a ifodasi orqali aniqlanadi.Informatsiyani 206 rasshifrovka qilish С k vektorlarniАmatritsaga teskari bo’lgan А 1 matritsaga ketma-ket ko’paytirish orqali aniqlaniladi. Shirflashning additiv usullari Shifrlashning additiv usullariga binoan dastlabki informatsiya simvollariga mos keluvchi raqam kodlarining ketma-ketligigamma deb ataluvchi qandaydir simvollar ketma-ketligiga mos keluvchi kodlar ketma-ketligi bilan ketma-ket jamlanadi. Shu sabali, shifrlashning additiv usullari gammalsh deb ham ataladi. Ushbu usullar uchun kalit sifatida gamma ishlatiladi. Additiv usullarning kriptoturg’unligi kalit uzunligiga va uning statistik ko’rsatgichlarining tekisligiga bog’liq. Agar kalit shifrlanuvchi simvollar ketma-ketligidan qisqa bo’lsa, shifromatn kriptoanalitik tomonidan statistik usullar yordamida rasshifrovka qilinishi mumkin. Kalit va dastlabki informatsiya uzunliklari qanchalik farq qilsa, shifromatnga muvaffaqiyatli hujum ehtimolligi ham shunchalik ortadi. Agar kalit uzunligi shifrlanuvchi informatsiya uzunligidan katta bo’lgan tasodifiy sonlarning davriy bo’lmagan ketma-ketligidan iborat bo’lsa, kalitni bilmasdan turib, shifromatnni rasshifrovka qilish amaliy jihatdan mumkin emas. Amaliyotda asosini psevdotasodifiy sonlar generatorlari (yoki datchiklari) tashkil etgan additiv usullar eng ko’p tarqalgan va samarali hisoblanadi. Bunday generatorlar psevdotasodifiy sonlarning cheksiz ketma-ketligini shakllantirishda nisbatan qisqa uzunlikdagi dastlabki informatsiyadan foydalaniladi. Psevdotasodifiy sonlar ketma-ketligini shakllantirishda kongruent generatorlardan ham foydalaniladi. Bu toifaga mansub generatorlar sonlarning shunday psevdotasodifiy ketma-ketliklarini shakllantiradiki, ular uchun generatorlarning davriyligi va chiqish yo’li ketma- ketliklarining tasodifiyligi kabi asosiy ko’rsatgichlarini qat’iy matematik tarzda ifodalash mumkin. Bunday generatorlarni apparat yoki dasturiy vositalar yordamida osonlik bilan yaratish mumkin. Shifrlashning kombinatsiyalangan usullari Qudratli komp’yutarlar, tarmoq texnologiyalari va neyronli hisoblash tizimlarining paydo bo’lishi xozirgacha umuman fosh qilinmaydi deb hisoblangan kriptografik tizimlarning obrusizlantirilishiga sabab bo’ldi. Bu esa o’z navbatida 207 yuqori turg’unlikka ega bo’lgan kriptotizimlarni yaratishni taqozo qildi. Bunday kriptotizimlarni yaratish usullaridan biri shifrlash usullarning kombinashiyalangan tartibda qo’llanilishidir. Quyida eng kam vaqt sarf qilgan xolda kriptoturg’unlikni jiddiy ravishda oshirish imkonini beruvchi shifrlashning kombinatsiyalangan usuli haqida gap boradi. Shifrlashning ushbu kombinatsiyalangan usulida ma’lumotlarni shifrlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ma’lumotlar standart usul (masalan, DECusuli) yordamida shifrlansa, ikkinchi bosqichda shifrlangan ma’lumotlar ikkinchi bor mahsus usul bo’yicha qayta shifrlanadi. Mahsus usul sifatida ma’lumotlar vektorining elementlarini noldan farqli bo’lgan son matritsasiga ko’paytirishdan foydalanish mumkin. Gammalashni qo’llashda agar shifr gammasi sifatida raqamlarning takrorlanmaydigan ketma-ketligi ishlatilsa, shifrlangan matnni fosh qilish juda ham qiyin bo’ladi. Odatda shifr gammasi har bir so’z uzunligidan katta bo’lsa va dastlabki matnning hech qanday qismi ma’lum bo’lmasa, shifrni faqat to’g’ridan-to’g’ri saralash orqaligina fosh qilish mumkin. Bunda kriptoturg’unlik kalit o’lchami orqali aniqlanadi. Shifrlashning bu usulida ko’pincha himoya tizimining dasturiy ko’rinishda amalga oshirilishida foydalaniladi va shifrlashning bu usuliga asoslangan tizimlarda bir soniyada ma’lumotlarning bir nacha yuz kilobaytini shifrlash imkoniyati mavjud. Rasshifrovka qilish jarayoni – kalit ma’lum bo’lganda, shifr gammasini qayta generatsiyalash va uni shifrlangan ma’lumotlarga singdirishdan iboratdir. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling