Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


DSA algoritmi xesh-funktsiya sifatida SHA


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

DSA algoritmi xesh-funktsiya sifatida SHA algoritmini ishlatishni ko’zda 
tutadi. Bu algoritmning ko’rsatgichlari mahfiylashtirilmagan, DSA algoritmi 
AQSH da ham raqamli imzoning standarti sifatida ishlatiladi. U faqatgina 
elektron raqamli imzoni xosil qilish uchungina ishlatilib, ma’lumotlarni 
shifrlash uchun ishlatilmaydi. Kalitdan foydalangan xoldagi istalgan shifrlash 
algoritmini kalitlarning barcha qiymatlarini tanlash usuli orqali rasshifrovka 
qilish mumkin. Ammo bunda rasshifrovka qilish uchun zarur bo’lgan 
komp’yuter quvvati kalit uzunligi oshishi bilan exponentsial ravishda 
ko’payadi. Kriptografik tizimning ishonchliligi uning eng kuchsiz qismi 
xususiyati bilan aniqlanadi. Shuning uchun shifrlash tizimining har bir 


215 
qismini – algoritmni, shifrlashni qo’llash usulini va kalitlardan foydalanish 
siyosatini ishlab chiqishda juda hushyor bo’lish talab etiladi.
5.3. Elektron tijoratda elektron imzodan foydalanish 
Elektron raqamli imzoni hosil qilish, uni tekshirish, raqamli valyutalar 
bilan ishlash kabi bir qancha kriptografik operatsiyalar (o’zgartirishlar
hamda chegaralangan ma’lumotlar ustida bajariladi. Shuning uchu ham katta 
hajmdagi (masalan, 125 megabaytli ma’lumot) fayllarga elektron raqamli 
imzo qo’yishdan avval undan xesh-funktsiya hisoblanadi va shundan so’ng 
uning qiymatiga elektron raqamli imzoni hisoblaydilar. Undan tashqari, 
parollarni ham ma’lumotlar bazasida ochiq xolda emas, balki xeshlangan 
xolda saqlash maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib,Xesh – istalgan 
uzunlikdagi ma’lumotlar massividan oldindan aniqlangan uzunlikdagi 
qandaydir qiymat olish uchun amalga oshiriladigan o’zgartirishdir. Xesh-
funktsiyani tushunish uchun eng oddiy misol nazorat yig’indilarini 
hisoblashdir (kontrol’nie summi). Xeshlashning dasturiy va kriptografik 
turlari mavjud. Kriptografik xesh dasturiy xeshdan ikki xossasi bilan 
farqlanadi: orqaga qaytmaslik va kolliziyalardan ozodligi. Kalitsiz xesh 
funktsiyalar ikki guruhga bo’linadilar: kuchli xesh-funktsiyalar va kuchsiz 
xesh-funktsiyalar. Kuchsiz xesh funktsiya deb, quyidagi shartlarni bajaruvchi 
bir tomonlama H(x) funktsiyaga aytiladi: 
1) X argument istalgan uzunlikdagi bitlar qatori bo’lishi mumkin; 
2) H(x) funktsiyaning qiymati aniq uzunlikka ega bo’lgan bitlar qatori 
bo’lishi lozim; 
3) H(x) funktsiyaning qiymatini hisoblash oson bo’lishi kerak; 
4) Har qanday aniq x uchun hisob-kitoblar vositasida H(x

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling