Yo‘llarni rekonstruksiya qilishda tayyorgarlik ishlari Ko‘pchigan yo‘l bo‘laklarini qayta qurish
Download 2.18 Mb.
|
1 2
Bog'liqqwerty
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘l qoplamasi qatlamini regeniratsiya qilishda sifatni ta’minlash
- Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishda mashina va mexanizmlar tarkibini optimallashtirish
Avtomobil yo’li qurilishini tashkillashtirish - samaradorlikni oshirish, ya’ni ishlab chiqarish resurslaridan foydalanib tabiatni muhofaza qilish va ishlar sifatiga qo’yilgan talablarga rioya qilgan holda, qo’yilgan vazifalarni rejada belgilangan muddatlarda bajarishga erishish maqsadida ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir. Chora-tadbirlar majmuiga ko’p hollarda oqimli (potok) bo’ladigan qurilishni aniqlash va amalga oshirish usuli, odatda, pudrat usulida ishlaydigan brigadalar tarkibini aniqlash, mashinalar soni va ularning qurilish jarayonidagi ishtirokini, ya’ni ularning makon va vaqtda mosligini hisoblab chiqish kiradi. Ishlab chiqarish masalalarini hal qilish qurilishni tashkillashtirishni tartibga soladigan asosiy hujjatlar, shuningdek, moliyaviy ta’minot, kadrlar masalasi, quruvchilar jamoasining maishiy masalalari (turar joy, ovqatlanish, ishchilarni ish joyiga yetkazish), ob’ektlardagi doimiy va vaqtinchalik ishlarga ishchilarni joylashtirish, ularning dam olishi va boshqa ijtimoiy masalalarning hal qilinishidan iborat. Avtomobil yo’li qurilishi bo’yicha ishlarni tashkillashtirish murakkab hisoblanadi va qator hollarda elektron-hisoblash mashinalarini qo’llashni talab etadi. Avtomobil yo’llari qurilishiga oid ishlar katta hajmdagi materiallarning sarflanishini talab qiladigan ishlarga kiritilib, bunda ko’p materiallarni nafaqat avtomobil transporti, balki boshqa turdagi transportda ham yuzlab va minglab kilometr masofalarga tashib keltirish zarur bo’ladi. Materiallar va yarim tayyor mahsulotlarni zavodlar hamda liniyalarga o’z vaqtida yetkazib berish, barcha ishlab chiqarish va yordamchi, ayniqsa, transport va liniya bo’linmalaridagi aniq ishlar loyihalashtrilgandek qurilishni tashkillashtirish va ishlarni tejamli bajarishni ta’minlaydi. AQShda har qanday ishlab chiqarish faoliyatining asosiga qisqagina “aniq vaqtida” talabi qo’yiladi, chunki bu har qanday ishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ishlarni tashkillashtirishning asosiy talabidir. Avtomobil yo’llari qurilishiga oid barcha ish turlari ularni tashkillashtirish xususiyatlari, qo’llaniladigan vositalar va maqsadiga ko’ra tayyorlash, transport va qurilish-montaj ishlariga bo’linadi. Tayyorlash ishlari - qurilish tashkilotining ishlab chiqarish korxonalari tomonidan tayyorlab beriladigan materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallarni tayyorlash hamda saqlash ishlarini o’z ichiga oladi. Transport ishlari - barcha materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallarni qurilayotgan yo’lga hamda yo’l bo’ylab yotqiziladigan joylarga tashish ishlarini o’z ichiga oladi. Qurilish-montaj ishlari - tayyorgarlik ishlari, yo’l poyi, sun’iy inshootlar, yo’l to’shamasini qurish, yo’llarni obodonlashtirish uchun yo’l, bino va inshootlarni jihozlash ishlarini o’z ichiga oladi. Ish hajmlarini bir tekis va takror taqsimlashga ko’ra qurilish- montaj ishlari liniyaviy va jamlanganturlarga bo’linadi. Butun yo’l bo’ylab bir tekis taqsimlangan va ba’zi uchastkalarda o’rtacha qiymatidan biroz farqlanadigan ish hajmlari liniyaviy deb ataladi. Liniyaviy ishlarga uncha katta bo’lmagan ko’tarma va o’ymalarda yo’l poyini ko’tarish, yo’l to’shamasini qurish, kichik ko’prik va quvurlarni qurish, to’siqlar va belgilarni o’rnatish ishlari kiradi. Yo’l qurilishida liniyaviy ishlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Ayrim uchastkalar yoki maydonlarda uchraydigan ishlar jamlangan deb ataladi. Ularga baland ko’tarmalarni, chuqur o’ymalarni ko’tarish, yo’l va transport xizmati binolarining yirik majmualarini qurish kiradi. Jamlangan ishlar katta hajmi, ishlab chiqarishdagi murakkabligi va sermehnatliligi bilan liniyaviy ishlardan farq qiladi hamda ko’pincha, ularni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlarini jalb qilishni talab etadi. Mexanizatsiya - ish unumdorligini oshirish va qurilish jarayonlarini intensifikatsiyalashning hal qiluvchi omilidir. Hozirgi kunda katta quvvatga 18 ega, demakki, yanada unumdor qurilish va yo’l mashinalarini, universal, mobil, ishchi uskunasi almashtiriladigan, katta yukli avtomobillar, avtobetonqorishtirgichlar, gidravlik boshqaruvga ega kranlarni ishlab chiqarishni ko’paytirish zarur. Shuningdek, kichik mexanizatsiya vositalari va mexanizatsiyalashtirilgan asboblar keng qo’llanmoqda, bu esa ish unumdorligini oshirish va qurilish sifatini yaxshilashga, qo’l mehnatini yengilashtirishga yordam beradi. Ishlarni to’gri tashkillashtirishni faqat kompleks mexanizatsiyalashtirilgan holda ko’rish zarur, bunda hamma asosiy va yordamchi jarayonlar hamda operatsiyalar mashinalar bilan, aniqrog’i, unumdorligi va asosiy parametrlari bo’yicha bir-biriga bog’liq bo’lgan mashinalar komplekti bilan bajariladi. Kompleks mexanizatsiyalashtirish - barcha sermehnat va og’ir texnologik jarayonlarni mashinalar komplekti yordamida bajarilishini ko’zda tutadi. Mashinalar komplektidan foydalanish belgilangan ish sur’atini, eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni, ishlar va mahsulotlar sifatining amaldagi standartlarga javob berishini ta’minlaydi. Avtomatlashtirish - qurilishni mexanizatsiyalashtirishning yanada yuqori bosqichidir. Avtomatlashtirilgan (qisman avtomatlashtirish) va avtomatik jarayonlar (kompleks avtomatlashtirish) mavjud. Qisman avtomatlashtirishda texnologik jarayonning faqat ayrim operatsiyalari avtomatlashtirilib, yakuniy mahsulotni olish uchun insonning ishtiroki talab qilinadi. Avtomatik jarayonlarda texnologik jarayonlar avtomatik tarzda bajariladi, inson esa faqat avtomat qurilmalarining sozligini kuzatib boradi. To’liq avtomatlashtirishda texnologik jarayonni EHM boshqaradi Yo’l qurilishini industrializatsiyalashtirish bu, kompleks mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlarni, yig’ma, shu jumladan, zavodda tayyorlangan, qurilish mavsumini uzaytirishga va hatto ishlarni yil mobaynida bajarishga imkon beruvchi konstruktsiyalardan foydalaniladigan ilg’or usullarni qo’llaydigan qurilishdir. Yo’l qurilishini industrializatsiyalashtirish og’ir jarayonlarning kattagina qismini liniyaviydan statsionar sharoitga o’tkazishni ko’zda tutadi (jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, konveyerlashtirish, mahsulotning zavodda tayyorlanganligi, ishlab chiqarishning aniqligi). Masalan, avtomobil yo’llarining beton qoplamalari uchun temirbeton plitalarni, ko’priklar, binolar konstruktsiyalarining elementlarini ishlab chiqarish. Industrializatsiyalashtirish natijasida ish unumdorligi ortadi, qurilish muddati va qiymati qisqaradi, kapital mablahlar samaradorligi oshadi. Avtomobil yo’llari katta masofadagi deyarli tor tasmada taxminan bir turdagi ishlarning taqsimlanishi bilan ajralib turadi. Bunda barcha qurilish bo’linmalari ketma-ket harakatlanadi, shuning uchun ishlarning bu usuli oqimli deb ataladi. Avtomobil yo’llari qurilishini oqimli tashkillashtirish usulida bo’linmalar texnologik ketma-ketlikda uzluksiz va parallel tarzda harakatlanib, yo’l inshootlari yoki elementlari quriladi. Bunda bir uchastkada ishini bajarib bo’lgan mashinalar zvenosi texnologiya talablariga binoan boshqa uchastkaga 20 o’tadi. Qurilish bo’linmalarining ishlari bir-biri bilan hamda qurilishning ishlab chiqarish va yordamchi bo’limlari bilan uzviy bog’liq. Qurilish oqimining barcha bo’linmalar bilan bog’liqlikdagi sxemasi berilgan. Barcha harakatlanadigan bo’linmalar kerakli ish jarayonlari va operatsiyalarni ketma-ket bajara turib, yo’l bo’ylab suriladi va ma’lum bir vaqt - smena, ikki-uch smena va hokazo oralig’ida yo’lning to’liq tugallangan uchastkalarini topshiradi. Ishlab chiqarishni ilmiy tashkillashtirish yutuqlari mashinalar saroyini oqilona taqsimlagan holda oqimlarni yaxshilash masalasini ko’tarishga imkon beradi. Oqim g’oyasi sanoatdan olingan bo’lib, yo’l qurilishiga o’tkazilgan. Farqi shundaki, sanoat konveyerida mahsulot ish joylari bo’ylab asta-sekin bir xil tezlikda harakatlanadi, yo’l qurilishida esa yo’l emas, balki mexanizatsiyalashtirilgan bo’linmalar ma’lum tezlikda yo’lda harakatlanadi. Yer ishlari Transport xo’jaligi Qurilishni boshqarish Katta ko’prikla r va boshqa inshoot lar Yo’lni jihozlash Trassani tiklash ishlarni ajratish Jamlang an ishlar Kichik ko’priklar va quvurlar Yo’l to’shama si Yo’l mashinalari bazasi Konlar va relsli yo’llar Temirbeton konstruksiyalar zavodi Yo’lning yarim tayyor mahsulotlari zavodlari 21 Ishlarni bajarayotgan, bir-biri bilan bog’liq bo’linmalar oqim deb ataladi. Tarkibi va maqsadiga ko’ra oqimlar yakka, ixtisoslashtirilgan va ob’ektli oqimlarga bo’linadi. Yakka oqim - inshootning biron-bir bitta elementini bajaradi, masalan, asosning qo’shimcha qatlami, asos yoki qoplama yoki hatto qoplamaning bir qatlami yoki yo’l poyini qurishdagi ayrim ishlar. Ixtisoslashtirilgan otsim - yo’l yoki inshootning, masalan, yo’l poyi, yo’l to’shamasi kabilarning bir qismi ko’rinishidagi umumiy qurilish mahsuloti bilan birlashtirilgan yakka oqimlarning yig’indisidir. Ob’ektli oqim - ixtisoslashtirilgan (yo’l poyi, quvurlar, ko’priklar, yo’l to’shamasi qurilishi bo’yicha) oqimlarning yig’indisi bo’lib, avtomobil yo’lining to’liq tugallangan uchastkasi ularning birgalikdagi mahsuloti hisoblanadi. Har bir yakka oqim alohida qamrovlardan iborat bo’lib, ularda ixtisoslashtirilgan bo’linmalar - mashinalar zvenosi - ma’lum ish jarayonlari va operatsiyalarini bajaradi. Qamrov - ixtisoslashtirilgan mashinalar zvenosi berilgan ish jarayoni yoki ish operatsiyasini yoki ularning texnologik jihatdan bo’linmas majmui bajariladigan yo’l masofasini ishg’ol qiladigan ishlar uchastkasidir. Yakka oqimning unumdorligi uning smenadagi tezligi bilan, ya’ni smena qamrovining uzunligi bilan belgilanadi. Smena qamrovining uzunligi, shunga muvofiq butun oqimning ham tezligi zvenodagi mashinalarning unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi. Oqimlarning tarkibi va tezligini tayinlash uchun loyihalarda andozaviy texnologik kartalar va ishlarning kalendar jadvali bo’lgan qurilishni tashkillashtirish bo’limlari beriladi Texnologik karta - berilgan yo’l inshooti yoki elementini qurish uchun zarur bo’ladigan jarayonlar texnologiyasini bayon qiladigan loyiha hujjatidir. Yo’l qurilish tashkiloti ishlarni tashkillashtirish loyihasiga asosan ishlarni bajarish loyihasini (PPR) tuzadi, unga mavjud resurslarni hisobga olgan holda ishlarni tashkillashtirish loyihasining qoidalari va andozaviylar asosida ishlab chiqilgan, ish joyiga bog’langan texnologik ishchi kartalar hamda detalli ish jadvallari kiritiladi. Yo'llarning sifati va xavfsizligini oshirish O'zbekistonning transport salohiyatini ochishga yordam beradi. Yo'l tarmog„i joriy imkoniyatlar talablariga javob beradi, ammo uning xavfsizligini ta'minlash kerak. Qurilish ketma-ketligi barcha yo'l qurilish ishlarini uch davrga bo'lish asosida o'rnatiladi: tayyorgarlik, asosiy va yakuniy. Tayyorgarlikda davri, qurilish tashkiliy va texnik tayyorgarlik qurilish tashkiloti loyihasi tomonidan belgilangan dastlabki bo'limlarda uni joylashtirishni ta'minlash uchun amalga oshiriladi. Asosiy davr, barcha qurilish ishlari amalga oshiriladi. Yakuniy davrda bazalar va boshqa vaqtinchalik inshootlar tugatilib, yerlar qayta tiklanadi. Yo'l qurilish ishlarining barcha turlari quyidagilarga bo'linadi: xarid qilish - qurilish sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va ehtiyot qismlarni tayyorlash va saqlashni o'z ichiga oladi (tosh tayyorlash, asfalt-beton tayyorlash, ko'prik konstruktsiyalari, quvurlarni ishlab chiqarish, yo'l sharoitlari); transport - yo'l materiallari avtomobil, temir yo'l yoki suv transportida tashiladi. Ushbu ishlar guruhiga materiallar va yarim tayyor mahsulotlarni omborlarga, fabrikalarga, oraliq bazalarga va to'g'ridan-to'g'ri yotqizish joylariga etkazib berish kiradi; qurilish-montaj ishlari - yo'llarning ko'ndalang profilining barcha elementlarini qurish, yo'l sharoitlarini tartibga solish, binolar va yo'l infratuzilmasi inshootlarini qurish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Bir xilligi va takrorlanishi bo'yicha yo'l qurilish ishlari chiziqli va kontsentratsiyali bo'linadi. Chiziqli - hajmlari ob'ekt bo'ylab teng taqsimlangan ishlar. Bularga quyidagilar kiradi: tuproq ishlari, poydevor va qoplamalar, suv o'tkazgichlari, kichik himoya devorlari va boshqalar. Kontsentratsiyali - kichik maydonda to'plangan katta mehnat zichligi (ko'priklar, katta qazishmalar va qirg'oqlar, bir necha darajadagi yo'l kesishmalari, yuqori oqimli suv o'tkazgichlar). Chiziqli ishlarni tashkil qilish uchun ikkita usul qo'llaniladi: liniyali va alohida tashkil etish. mos ravishda Ushbu usul etarli uzunlikdagi barcha chiziqli ob'ektlarda yo'l qurilish ishlarini bajarish uchun ishlatiladi. Kompleks liniyali usuli butun qurilish davrida uzluksiz va bir xil ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Agar yo'l uchastkasining uzunligi etarli bo'lmasa va oqimning tarqalish va qulash davrlari uning vaqtidan oshsa. Samarali ish, keyin ish usul bilan amalga oshiriladi. Alohida har bir qurilish jarayoni mustaqil ravishda amalga oshiriladigan tashkilot. Xuddi shunday, konsentratsiyalangan ishlari ham amalga oshiriladi. Umuman qurilishni tashkil etishda u keng tarqalgan va murakkab bo'lmagan chiziqli ikki qatlamli, kichik va o'rta ko'priklar va quvurlarni yotqizishdan bir yil oldin chiziqli usulida o'rnatish va qoplamani alohida qurish usuli barcha ishlarning qamrb oladi. Yangi yo'l qurilishida, shuningdek, etarli uzunlikdagi rekonstruksiya bilan chiziqli usuli quyidagilarni nazarda tutadi: barcha qurilish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashgan bo'linmalar (kolonnalar, otryadlar, brigadalar) tomonidan bajarish; ularni zarur resurslar, shu jumladan yo'l bo'yidagi ko'chma qurilmalarda ishlab chiqarilgan resurslar bilan ta'minlash; ixtisoslashtirilgan bo'linmalarning qurilayotgan yo'l marshruti bo'ylab birin-ketin harakatlanishi, belgilangan o'rtacha oqim tezligi bilan to'liq tayyor yo'lni ortda qoldiradi. Oqimning asosiy vaqt parametrlari quyidagilardir: qo'lga olish, uchastkalar, xaritalar, o'rnatish joylari (ish turiga qarab). Asosiy vaqt parametri - har bir smenada bajarilgan tayyor yo'lning uzunligi bo'yicha hisoblangan oqim tezligi (oqimning asosiy ko'rsatkichi). Oqim tezligi texnologik loyihalash vaqtida o'rnatiladi. Texnologik loyihalash jarayonida kompleks mexanizatsiyalash asosida yo'l qurilish ishlarini ishlab chiqarishning eng zamonaviy texnologiyalari qabul qilinadi. Har bir ixtisoslashtirilgan ishda yordamchi mashinalar va mexanizmlarning mahsuldorligi bog'langan etakchi mashina ta'minlanadi. Mashinalar to'plamini tanlash samaradorligi ish o'lchov birligini (1km, 1m3 , 1t va boshqalar) bajarish qiymati bilan baholanadi. Kalendar jadvallari va qurilish rejalarini tuzishda yo'l qurilishining xususiyatlarini hisobga olish kerak. Ular hududning topografiyasiga "biriktirilgan" bo'lishi kerak, ishning harakatchanligini, qurilish materiallari, konstruktsiyalari va mahsulotlarini katta miqdorda etkazib berishni hisobga olishi kerak. Qurilishning turli davrlari va muayyan ish sharoitlari bo'lgan barcha hududlar uchun rejalari tuzilishi kerak. Hozirgi kunda Respublikamizni avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilishda xorijiy tajribalarni qo'llagan holda ishlar olib borilmoqda. Ishlarni bajarish jarayonida chet el banklari hisobidan yo'llarni rekonstruksiya qilinmoqda. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O'zbekistondagi xalqaro avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilishga yordam beradi. “G'uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo'lining 87 km qismini sementbeton qoplamasi bilan rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi. OTB ishtirokida A-380 “G'uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo'lining 228-315 km (87 km) qismini sement-beton qoplamasi bilan rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi. Ta'kidlanish kerakki, ushbu loyiha doirasida 2 tasmali asfalt va beton qoplamali avtomobil yo'li 4 tasmali sement va beton qoplamali avtomobil yo'liga o'tkazilmoqda. Loyiha natijasida: - avtomobil yo'lining o'tkazuvchanlik qobiliyati 3 barobarga oshadi; - yo'l qoplamasining xizmat qilish muddati 30 yilga yetkaziladi; - Buxoro-Xiva, Buxoro-Nukus yo'nalishlarida turizm oqimi 2,5 barobarga oshadi. Shuningdek, O'zbekiston hududidan o'tadigan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) transport yo'lagiga kirgan ikkinchi xalqaro transport yo'lagining xalqaro tranzit tashuvchilari uchun jozibadorligi oshishiga erishilishi ko'zda tutilmoqda. Ma'lumot uchun, mazkur yo'l E-40 raqamli Yevropa hamda AN-63 raqamli Osiyo avtomagistralining O'zbekiston hududidan o'tadigan muhim xalqaro yo'lagidir. Osiyo taraqqiyot banki O'zbekiston avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilish va yangilash uchun 273,8 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratishni ma'qulladi. OTB mablaG'lari Surxondaryodagi Darband - Denov yo'lining 106 kilometrini yangilashga yo'naltiriladi. Shuningdek, ular yordamida sARES-2 koridoriga (o'rta yer dengizi va Sharqiy Osiyo) kiruvchi A380 (G'uzor - Buxoro - Nukus - Beyneu) avtomobil yo'lining 87 kilometrini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanadi. Loyiha doirasida yo'llar kengaytiriladi va rekonstruksiya qilinadi, bunda safar vaqtlari va avtomobillarni ta'mirlash xarajatlarini qisqartirish ko'zda tutilgan. Piyodalar uchun infratuzilma, jumladan, avtobus bekatlari yaxshilanadi. Shuningdek, yo'l harakati xavfsizligi ta'minlanadi, yo'l belgilari yangilanadi. Darband va Denov shaharlari yaqinida yo'l qismidagi yukni kamaytirishga yordam beradigan harakatda tortish tizimlari o'rnatiladi. Nazorat savolla Rekonstruksiya loyihasi transport vositalarining harakat tezligini oshirishga qaratilgan bo'lib, yo'lni yo'l o'tkazaolish qobilyatini xavfsiz harakatini ta'minlash va muhandislik jihozlarini yaxshilashga qaratilgan bo'lishi kerak. Agar texnik-iqtisodiy asoslash ma'lumotlari, mavjud yo'l yoki uni ayrim bo'laklari transport foydalanish ko'rsatkichlari oshgan harakat jadalligitalablariga to'g„ri kelmasa, yo'lni ayrim bo'lagini yoki butunlay uzunlgi bo'yicha qayta qurish (rekonstruksiya qilish) qarori qabul qilinadi. Harakat jadalligini tezda ortishi magistral yo'llarga xos bo'lib, unda har yili 7-14% ga orta boradi. Keyingi yillarda yengil avtomobillarni ko'payib borishi magistral yo'llarida mavso'miy tranzit oqimlarini keltirib chiqaradi, buning natijasida jadallik yanada 20-30% ga oshishi kutiladi. Bu xolda qisqa vaqt ichida tirbandlik paydo bo'ladi va mavjud yo'lni tubdan qayta qurishni talab qiladi. Yo'lni va yo'l inshoatlarini xolatini baxolash Yo'lni va yo'l inshoatlarini xolatini baxolash uchun katta xajmdagi asosiy birlamchi ma'lumotlarni quyidagi ko'rsatgichlar, o'lchamlar va tavsiflarni yig„ish va taxlil qilish lozim: I. Yo'l to'g„risida umumiy ma'lumotlar: - yo'lni tituli va raqami, uni qaysi xududda joylashgani; - yo'lni uzunligi va toifasi; - yo'l-iqlim mintaqasi; - boshqaruv organi va xizmat qiluvchi tashkilot; - so'ngi 12 oy ichida yo'l xolatini baholash darajasi; II. Geometrik o'lchamlari va tavsiflari: - yo'l sirtini qatnov qismini asosiy mustahkamligi va mustahkamlangan tasma sini eni; - yo'l yoqasini eni, shuningdek mustahkamlangan yo'l yoqasini mustahkamlanishi, turi va xolati; - bo'ylama nishablar; - qatnov qism va yo'l yoqasini ko'ndalang nishabi; - rejadagi egrini radiusi va virajni nishabi; - ko'tarmani balandligi, o'ymani chuqurligi va ularni yonbag„ir qiyaligi, yo'l poyini xolati; - yo'l yuzasini rejada va profildagi ko'rinishlik masofasi; III. Yo'l to'shamasi va qoplamani tavsiflari: - yo'l to'shamasini konstrukitsiyasi va qoplama turi; - yo'l to'shamani va qoplamani mustahkamligi va xolati (qanday. Ko'rinishi, joylashishi va buzilgan joylani tavsiflang); - qoplamani bo'ylama rovonligi; - qoplama ko'ndalang rovonligi; - g„ildirakni qoplama bilan ishlatish koeffitsiyenti va g„adir – budurligi; IV. Sun'iy inshootlar: - joylashgan o'rni, turi, uzunligi va ko'priklarni gabariti, yo'l o'tkazgichlar, estakada, tunnellar; - ko'priklarni, yo'l o'tkazgichlarni va estakadalarni yuk ko'tarishi; - bardyurni balandligi va qanchaligi; - ko'prikka kelish yo'lini xolati va turi; V. Yo'lni jixozlash: - km ni ko'rsatuvchi belgi va signal ustunchalari; - yo'l belgilari, va ularni dislokatsiyasi, ularni xolati va ularni joylashishi qoida va me'yorga to'g„ri kelishi; - yo'lni chiziqli belgisi, uni xolati, hamda ularni me'yor va qoidalarga mos kelishi; - to'siqlar ularni konstruksiyalari, joylashgan o'rni, uzunligi, holati va ularni o'rnatilishini me'yor va qoidalarga mosligi; - yoritish; - avtomobil yo'llarini temir yo'llar bilan kesishishi va tutashishi, ularni turlari, joylashish o'rni va me'yor qoidalariga to'g„ri kelishi; - avtobus bekatlari, pavilonlar, damolish maydonchalari, avtomobillarni turish va to'xtashi uchun maydonchalar, ularni o'lchamlari hamda ularga me'yoriy qoidalarga mosligi; - tezlikni oshirib o'tish tasmasi va qatnov qismini qo'shimcha tasmasi, ularni o'lchamlari; Respublikaning geografik joylashuvini hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Ayni vaqtda, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda yo‘l qurilishi sohasida loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki mablag‘larini jalb qilgan holda ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq tezyurar pulli avtomobil yo‘llari qurish bo‘yicha loyihalarni tayyorlashga kirishildi. Shu bilan birga, respublikada yo‘l qurilish ishlari sifatini oshirish va tarmoqqa investitsiyalar jalb etilishiga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar va kamchiliklar mavjud. Jumladan, yo‘l tarmog‘iga investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning yo‘qligi xarajatlarning asosiy moliyaviy yukini Davlat budjetiga yuklagan holda ishlarni moliyalashtirishning muqobil manbalaridan foydalanish imkonini bermayapti. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan nazorat va xo‘jalik funksiyalarining, shu jumladan buyurtmachi va pudratchi vakolatlarining birga olib borilishi boshqaruvning samarali tizimini yaratish va yo‘l-qurilish ishlari bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish imkonini bermayapti. Bugungi kunda avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi" DUK buyurtmachi hisoblanadi. Ushbu ishlarni esa qo‘mita tarkibidagi boshqa korxonalar pudrat asosida bajarishadi. Bajarilgan ishlarni qabul qilish ham shu direksiya zimmasida. Ishlatilgan materiallar va bajarilgan ishlarning sifati esa Transport vazirligi huzuridagi yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘l ishlari bo‘yicha “Buyurtmachi”, “Pudratchi” va “Sifat inspeksiyasi” bitta vazirlik tasarrufidagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatning yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalar va eng yaxshi xorijiy tajribalarni joriy etish asosida loyiha va yo‘l qurish ishlari sifatini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi PQ-4035-son qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasiga (FIDIC) kirishi bo‘yicha takliflar tayyorlash belgilangan. Shuningdek, ushbu qarorda 2019 yildan boshlab yo‘l xo‘jaligi sohasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda va qurilish-montaj ishlarini bajarishda ish hajmi va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ularni qabul qilishni "hajm usuli" orqali amalga oshirish belgilandi. Qurilish ishlari sifatini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni qo‘llash - nafaqat yuqori sifatli qurilish ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha masalalarni hal qilishni tartibga soladigan sifat menejmenti tizimini yaratishga balki uni amalda qo‘llashga imkon beradi. Buning uchun konsalting xizmatlari bozorini rivojlantirish kerak. Avtomobil yo‘llari sifatini boshqarish sohasida Davlat va xususiy sherikchilik asosida ishlarni tashkil qilishda ham buning ahamiyati katta. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi PF-5890-son farmoni asosida yo‘l-qurilish ishlari bo‘yicha konsalting xizmatlari (texnik nazorat) autsorsing shartlari asosida xalqaro amaliyotga, shu jumladan FIDIC qoidalariga muvofiq mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Butun dunyoda ishlab chiqarish quvvatlarini, shuningdek ijtimoiy soha binolari va inshootlarini qurishda xorijiy kreditorlar, investorlar, buyurtmachilar va pudratchilar xalqaro standartlar va shartnomalar (bitimlar) shakllaridan foydalangan holda ishlashni afzal ko‘rishadi. Ushbu shartnomalar FIDIC hujjatlariga asoslangan. Xalqaro Injener-Konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) faoliyatida qurilish va sanoatni rivojlantirishning zamonaviy amaliyotiga nisbatan ushbu tashkilot tomonidan muhandislik sohasini unifikatsiya qilish va standartlashtirish orqali rivojlantirishga ko‘maklashish uchun yaratilgan va konsolidatsiyalangan uslubiy asos katta ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan Federatsiya doimiy ravishda investitsiya loyihalari ishtirokchilariga shartnomalarni tayyorlash va ishlarni tashkil qilishda yordam beradigan bir qator uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalarni tayyorlaydi, nashr etadi va tarqatadi. FIDIC tomonidan nashr etilgan materiallar tarkibiga shartnoma hujjatlari standartlari va buyurtmachi bilan konsultant o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, yangi qurilish sohasida injener-konsultantlar, loyiha buyurtmachilari va xalqaro agentliklar uchun ma’lumotlar, namunaviy malaka anketalari, turli konferensiyalar, seminarlar va boshqalar kiradi Xalqaro Injener-Konsultantlar federatsiyasining rivojlanish tarixi ushbu kasbning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. 19-asrning boshlarida Yevropada qurilish loyihalarining tobora murakkablashib borishi va ularni amalga oshirishda ishtirokchilar sonining ko‘payishi sababli, buyurtmachi tomonidan mustaqil ravishda yollangan maslahatchi muhandis kasbi paydo bo‘la boshladi. Mustaqil InjenerKonsultantlar qurilayotgan loyihalarga egalik huquqiga ega bo‘lmagan va tadbirkorlar va qurilish kompaniyalari bilan shartnomaviy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan kasb egalaridir. Ular o‘zlarining muhandislik bilimlari va tajribalarini buyurtmachiga sotadilar va pudratchilar hamda yetkazib beruvchilarning eng yaxshi tanlovini ta’minlaydilar. 20-asr boshlarida injener-konsultantlik institutining jadal rivojlanishi bilan ularning faoliyatini muvofiqlashtirish zarurati tug‘ildi. Shu maqsadda bir qator mamlakatlarda injener-konsultantlar milliy assotsiatsiyalari tashkil etildi. 1903 yilda Germaniyada injener-konsultantlar uyushmasi, 1904 yilda Daniyada, 1905 yilda - AQShda, 1908 yilda - Buyuk Britaniyada, keyin Belgiya, Gollandiya, Shvesiya va Fransiyada tashkil topgan 1913 yilda Belgiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi davomida birinchi injener-konsultantlar kongressi bo‘lib o‘tdi, unda Xalqaro injenerkonsultantlar federatsiyasi tashkil etildi (FIDIC - fransuz tilida Federatsiya nomining qisqartmasi). Dastlab FIDIC injener-konsultantlar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha yagona xalqaro uslubiy bazani yaratishga qaratilgan edi. Shuni ta’kidlash kerakki, turli mamlakatlarda injener-konsultantlar faoliyatini tartibga soluvchi bir qator masalalarni hal qilishda turli xil yondashuvlar mavjud edi. Hozirgi kunda FIDIC 100 ga yaqin milliy assotsiatsiyalar va ko‘plab amaliyotchi Injener-konsultantlarni birlashtirgan. FIDIC ning bosh qarorgohi Jenevada (Shveysariya) joylashgan. Federatsiyaning qurilish jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish sohasidagi faol ishi tufayli hozirgi paytda xalqaro qurilishda keng qo‘llaniladigan jahon amaliyotida FIDIC metodikasi rivojlandi. FIDIC metodologiyasi keng ma’noni anglatib amalga oshirilayotgan loyihalarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish usuli hisoblanadi: - tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish uchun tender hujjatlarini tayyorlash; - loyiha bo‘yicha ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish; - tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun tender savdolarini tashkil etish va o‘tkazish; - ishlab chiqarish. FIDIC metodikasi so‘zining tor ma’nosi qurilish loyihalarini amalga oshirish qoidalarini (shartlarini) o‘z ichiga olgan belgilangan shakldagi huquqiy hujjatlari (shartnomalari) dan iborat. FIDIC ning standart shartnoma hujjatlari soddaligi va to‘liqligi tufayli qurilishning barcha ishtirokchilarining o‘zaro murakkab munosabatlarini aks ettirib, tezda butun dunyo bo‘ylab sanoat va qurilish loyihalarida keng qo‘llanila boshladi. Shuni aytish kifoya: barcha yirik xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Yevropa komissiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom banki va boshqalar), shuningdek yirik davlat va xususiy buyurtmachilar va investorlar loyihalarini amalga oshirishda ushbu metodologiya va unga qo‘shib qo‘yilgan shartnomaviy hujjatlar qo‘llaniladi. Shularni hisobga olgan holda, zamonaviy qurilish amaliyotida FIDIC haqli ravishda loyihalarni tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi asosiy qonun chiqaruvchi hisoblanadi. XX asrning 60-yillaridan boshlab Federatsiya qurilishning turli sohalarida shartnomalarni unifikatsiyalash sohasida muhim ishlarni amalga oshirmoqda. Hammasi bo‘lib FIDIC homiyligida to‘qqizta andazaviy shartnomalar ishlab chiqilgan Andozaviy shartnomalarning qulayligi va ustunlik tarafi shundaki, barcha taraflarning (Buyurtmachi, Injener va Pudratchi) majburiyatlari, o‘z vakolatlarini boshqaga qisman yoki to‘la topshirilishi, to‘lovlar, muddatlar, yozishma va hujjatlar taqdim etilishi kabilar aniq shartlar bilan belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birgalikda qurilish jarayonidagi vaziyatlar va geotexnik jarayonlardan ko‘riladigan zararlar, loyihaga kiritiladigan o‘zgartirishlar va o‘zgartirishlar natijasida xosil bo‘ladigan qo‘shimcha yoki iqtisod qilingan mablag‘lar xaqida ham aniq shartlar belgilangan. Qisqa qilib aytganda, FIDIC ning andozaviy shartlari qurilish davrida uchraydigan deyarli barcha savollarga yoki muammoli vaziyatlarga javob beradi. O‘z navbatida tomonlar muammoli vaziyatlarda bir-birlari bilan kelisha olmagan holatlari uchun ham nizolarni hal qilish chora-tadbirlari va bu jarayonlar haqida ham alohida bandlar keltirilgan. Albatta, har bir loyihaning amalga oshirilayotgan davlatning iqtisodiysiyosiy holati, iqlim va geografik joylashuvi, transport oqimini tarkibi va miqdori kabi omillar asosida o‘ziga xos yoki maxsus shartlari bo‘ladi. Shularni hisobga olgan holda FIDIC ning andozaviy shartlari shartnomaning umumiy shartlari deb yuritiladi va umumiy shartlarda ko‘zda tutilmagan yoki ulardan boshqacharoq shartlar shartnomaning maxsus shartlari deyiladi. Albatta shartnomaning maxsus shartlari umumiy shartlardan ustun turadi. FIDIC shartnomasiga quyidagilar kiradi: pudrat shartnomasi (umumiy, maxsus shart-sharoitlar), tenderga ariza (pudratchining taklifi), qabul qilish xati, spesifikatsiyalar, chizmalar va qo‘shimcha hujjatlar. Bunda qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonlarini texnik nazorat qilish, muhim texnik qarorlar qabul qilish, to‘lov jarayonlarini nazorat qilish ishlari mustaqil Sonsultant (Injener) kompaniyalarga yuklanadi. Sonsultant (Injener) kompaniyalar “Buyurtmachi” va “Pudratchi” bilan tuzilgan shartnomalar texnik talablarini belgilashda va loyiha yechimlarini ekspertiza qilishda ham bevosita ishtirok etadi. O‘zbekistonda ham Injener-konsultantlar va quruvchilar uyushmasi (O’IKQU) nodavlat va notijorat tashkilot sifatida Adliya vazirligi tomonidan 2007 yil 24 dekabrda ro‘yxatga olingan. Lekin, a’zolik badallarining to‘lanmasligi, qonuniy moliyalashtirish manbalarining yo‘qligi va boshqa ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra ushbu tashkilot faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi. O‘zbekiston muhandis-konsultantlar uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ3939-sonli qaroriga muvofiq qonuniy qayta tashkil etildi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi •loyiha, injiniring va konsultatsiya xizmatlarini rivojlantirish; •uyushma a’zolarini istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatga jalb etish; •uyushma a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish; •xalqaro moliya institutlari hisobidan moliyalashtiriladigan muhandislarkonsultantlar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarining malakasini oshirish; •oliy ta’lim muassasalari bilan ularning o‘quv dasturlariga loyihalash va qurilish sohasidagi eng yangi yutuq va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish; •xorijiy muhandislar uyushmalari bilan hamkorlik qilish, sifatli loyihalashtirish ishlarini, shu jumladan, xorijda amalga oshirish uchun konsorsiumlar shakllantirish. 2008 yil oxirida “Toshg‘uzor - Boysun – Qumqo‘rg‘on” yangi temir yo‘l liniyasida №2 va №3 ko‘priklar ochildi. Ikki ko‘prikning umumiy uzunligi 567 metr, balandligi mos ravishda 24 metr va 41 metrni tashkil qiladi. Ko‘priklar dengiz sathidan 1302 metr va 1341 metr balandlikda joylashgan. Ushbu ko‘priklarning qurilishi Yaponiya va O‘zbekiston ko‘prik quruvchilarining hamkorligi samarasidir. Tender, loyihalash va shartnoma hujjatlarini tayyorlashni Japan Transportation Consultants Inc kompaniyasi mahalliy muhandis-dizaynerlar tomonidan xalqaro Injener konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida amalga oshirildi. Bundan tashqari, avtomobil yo‘llarini xorijiy moliya institutlari mablag‘lari evaziga qayta qurish va ta’mirlash bo‘yicha 2009 yildan boshlab 10 dan ortiq loyihalar FIDIC metodikasi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirildi. Aslida ushbu shartnoma shartlarini mahalliy pudratchi va buyurtmachi o‘rtasidagi loyihalarda ham qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Sababi, ushbu shartlar yordamida ish sifatini nazorat qilish, loyiha jarayonini boshqarish va moliyaviy jarayonni nazorat qilish orqali loyihalarni sifatli va o‘z belgilangan muddatida yakunlash mumkin. Ko‘pincha infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi asosiy muammolardan biri qurilish sifatini nazorat qilishning yetarli tashkil etilmayotganligi hisoblanadi. Masalan, Loyihachi va Pudratchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar, sifatsiz qurilish materiallarining ishlatilishi, texnologik qoidalarga va normativ hujjatlarga amal kilmaslik holatlari uchraydi. Albatta, mahalliy loyihalarda buyurtmachining vakili (texnik kuzatuvchisi) qurilish-montaj ishlarini har bir bosqichini nazorat kilishga jismonan ulgurmaydi. Xuddi shu shaklda sifat inspeksiyasining inspektorlari ham viloyatlar kesimida 2 yoki 3 mutaxassisdan tashkil topgan va shu viloyatdagi barcha qurilish-montaj ishlarini har bir boskichini nazorat qilishning imkoni yo‘k. Ammo shunga o‘xshash ko‘plab xatolar va sifatsiz ishlarni bartaraf kilishning eng optimal va samarali usullaridan biri qurilish ishlariga (loyihalarga) uchinchi mustaqil tomonni jalb kilishdir. Butun dunyoda bunday tomon “Konsalting” (Injener-konsultantlar) deb atalib, ularning vazifasi shartnomalarni bajarish talablariga rioya etilishini to‘liq nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Global miqyosda konsalting ishi FIDIC tashkiloti tomonidan muvofiqlashtiriladi. Mustaqil Injener (konsultant) paydo bo‘lishi tufayli manfaatlar to‘qnashuvidan uzoqlashish mumkin. Odatda, Injenerlar ko‘p yillik tajribaga va sohada obro‘- e’tiborga ega bo‘lgan yirik firmalarning vakillari hisoblanadi. Shuning uchun ular pora olishi va loyihada haqiqiy vaziyatni yashirishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Injener mamlakat miqyosida konsalting xizmatlarini davom ettirishi uchun eng muhimi obro‘si (reputatsiyasi) hisoblanadi. Ko‘pincha shartnoma summasining 2 dan 5% gacha “konsalting” (injenerlar) xizmatlariga sarflanadi. Lekin loyihani amalga oshirish sifatining kafolati, o‘z muddatida amalga oshirilishi orqali sarflangan mablag‘ni to‘liq oqlaydi. Bunday shartlar asosida pudratchi qurilish-montaj ishlarini kalendar reja asosida bajarishga astoydil harakat qiladi va buyurtmachi ham mablag‘larni belgilangan muddatda o‘tkazishga harakat qiladi. Aks holda, ikki taraf ham kechikkan kunlar uchun qo‘shimcha mablag‘ yo‘qotishiga to‘g‘ri keladi. Bunday shartlar o‘z navbatida ikki tomonni o‘zlariga yuklatilgan shartlar (vazifalar) ni o‘z vaqtida bajarishga undaydi. Har bir infrastruktura ob’ekti qurilishining belgilangan muddatda bajarilishi Respublika iqtisodiyotiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda avtomobil yo‘llarini qurishda asosan ShNQ 3.03.06-08 asosiy normativ hujjat hisoblanadi. Ushbu standartda yo‘l ishlari sifatini nazorat qilish va qurilish jarayonidagi talablar keltirib o‘tilgan. Shu asnoda ShNQ 3.03.06-08 ni boshqa GOST, O`zDST, MShN (MQN, IQN) hujjatlari talablari ham to‘ldiradi. Bundan kelib chiqib mahalliy loyihalar uchun ShNQ, GOST, O`zDST, MShN (MQN, IQN) va mamlakatimiz hududidagi qonun hujjatlarni talab va texnik shartlarini inobatga olgan holda milliy andozaviy shartnoma shartlarni ishlab chiqish kerak. Bu kabi milliy andozaviy shartnoma shartlarni ishlab chiqish va uni tadbiq etish tajribasi Yevropa davlatlarida keng tarqalgan. Bunga misol tariqasida quyida Germaniya va Angliyada ishlab chiqilgan shartnomalarni keltirish mumkin: -VOB – “Vergabe und Vertragsordnung für Bauleistungen” (Germaniya); -JCT – “Joint Contract Tribunal Limited” (Angliya); -ICE – “Conditions of contract” (Angliya); -NEC/ECC – New engineering contract/ Engineering and construction contract (Angliya). Bir so‘z bilan aytganda, tartibga solingan shartnoma shartlari qurilish sohasida kelib chiqadigan turli muammoli vaziyatlarni oldini oladi, vaziyatga haqqoniy baho berishda yordam beradi, tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab beradi va ishlar sifati, jadalligini oshiradi. Bu o‘z navbatida, ushbu sohaning rivojini ta’minlaydi va mamlakat taraqqiyotini o‘sishida sezilarli darajada yordam beradi. Ushbu FIDIC tizimining kamchiliklaridan biri shundaki, shartnomani bajaradigan malakali mutaxassislarning mavjudligini nazarda tutadi. Mamlakatimizda bunday mutaxassislar hali ko‘p emas. Albatta, ushbu tizimga avtomobil yo‘llari sohasidagi barcha qurilish - montaj va boshqa shartnomalarni birdan o‘tkazib bo‘lmaydi. Eng avvalo, soha vakillari orasida ushbu tizimda ishlab kelayotgan va aynan FIDIC tomonidan o‘tkaziladigan seminar treninglarda qatnashib sertifikatlarga ega bo‘lgan mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish kerak. Shakllangan ro‘yxat asosida ushbu mutaxassislarni yanada chuqurroq bilimga va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun ularni chetda intensiv kurslarda o‘qishini moliyalashtirish zarur. So‘ngra ushbu mutaxassislar mamlakat hududida viloyatlar kesimida seminar va treninglar tashkil etib Pudratchi, Loyihachi va Buyurtmachi vakillariga yangi tizimni to‘liq tushuntirishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, har bir soha vakili chuqur FIDIC bilimlariga ega bo‘lishi shart emas. Lekin uning umumiy prinsiplari, oltin qoidalarini va eng asosiy ishlatiladigan bo‘limlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Har bir loyihada “Contract Specialist- Shartnoma mutaxassisi” va “Construction Claim Engineer- qurilish da’volari bo‘yicha Injener” to‘liq bilimga ega bo‘lishi shart. Shu bilan birgalikda mamlakat miqyosida injener konsultantlar reestrini shakllantirib, Injener-muhandislar assotsiatsiyasi tomonidan ularga O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun ruxsatnomalar berilishi kerak. Har bir Injenerkonsultantlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonaning mahalliy xodimida ushbu guvohnoma bo‘lishi lozim. Ushbu guvohnomani olish uchun mutaxassis birlamchi kriteriyalarga javob berishi va imtihonlardan o‘tishi va har uch yilda attestatsiya topshirishi kerak (Latviya tomonidan tartibga solingan tizimni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi). Mahalliy injener-konsultantlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar orasida sog‘lom raqobatni kuchayishi asosida o‘z mutaxassislari yanada kuchliroq tayyorlash va reestrga kirgan a’zolarini ko‘paytirish maqsadida ular o‘z xodimlarini FIDIC bo‘yicha va texnik bilimlarini oshirishga harakat qilishadi. Bugungi kunda o‘zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish loyihalari xorijiy moliya institutlari ko‘magida amalga oshirilayotganligi va xorijiy kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar texnik talablari xalqaro injener-konsultantlar uyushmasi FIDIC nizomlari asosida tuzilganligi sababli yo‘l qurilish materiallari va bajarilayotgan ishlarning sifatini baholash maqsadida, AASHTO(AQSh), EN(Yevropa), BS(Buyuk Britaniya), DIN(Germaniya) kabi xorijiy standartlarni qo‘llash zaruriyati tug‘ilmoqda. Bu o‘z navbatida milliy standartlar bilan xorijiy standartlarni «uyg‘unlashtirish» ga ham xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, bu yo‘llarda investitsiya dasturi bo‘yicha yuqori aniqlikda ishlaydigan o‘lchov vositalari va laboratoriya jihozlari olib kelindi. Bu laboratoriya jihozlari yordamida sifatni nazorat qilish qurilish jarayonlarining hamma bosqichlarida amalga oshirilmoqda. Bu esa, zamonaviy avtomobil yo‘llarida mustahkam va ko‘p xizmat qiladigan yo‘l konstruksiyalarining qurilishida asosiy omil bo‘lmoqda. Bugungi kunda yo‘l qurilish materiallari va bajarilayotgan ishlarning sifatini baholash bo‘yicha o‘tkazilayotgan sinovlarda mahalliy mutaxassislar ham kerakli barcha sinov uslublari va uskunalardan foydalanish ko‘nikmalarini egallab, ularni qo‘llashda yetarlicha tajribaga ega bo‘ldilar. Ushbu tajriba amaldagi mavjud standartlar bilan xorijiy standartlardagi o‘xshash hamda bir-biridan prinsipial ajralib turadigan sinov uslublarini tahlil qilishga imkoniyat yaratdi. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling