Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Ayupovrx-DEL-@tfi.uz 
Bu yozuvdan insonlar sizning xaqiqiy manzilingiz qanday ekanligini 
osongina bilib oladilar, avtomat dasturlar esa xuddi shu elektron manzilni sizniki 
sifatida qabul qiladilar. 
ICQ peydjerlari xam juda yuqori darajadagi xavf tug’diradigan servislardan 
biri hisoblanadilar. Bu yerda oddiy ma’lumot almashinishdan tashqari, o’ta xavfli 
dasturlar ko’rinishidagi fayllarni xam almashinish mumkin. Bunda fayllar bilan 


254 
ishlash qoidalari elektron pochta orqali biriktirilgan fayllarni qabul qilish qoidalari 
singari bo’lishi mumkin. Shuning uchun xam jo’natilgan fayllarni antivirus 
dasturlar yordamida tekshirmasdan turib, aslo ochmang. Muloqot tizimlaridagi 
insonlar bilan muloqot qilganingizda, ularni real insonlarmi yoki qalbaki 
ma’lumotlar asosida ishlaydigan insonlarmi yoxud firibgarlarmi – aniqlab oling. 
O’z xaqingizdagi ma’lumotlarni esa imkon darajasida boshqalarning bilishiga yo’l 
qo’ymang. Muloqot tizimlari bilan bog’liq potentsial xavflaridan yana biriga 
sizning IP-adresingizning aniqlanilishi mumkinligidir. Bu adres orqali sizga 
tashqaridan ta’sir o’tkazilishi mumkin. Shuning uchun ICQ da ishlaganda IP-
adresingizni ko’rsatishni ma’n etuvchi belgichani o’rnating.
6.4. Elektron tijoratda xavfsizlikni ta’minlovchi tavsiyalar 
Yuqorida aytilgan barcha ma’lumotlarni jam qilgan xolda foydalanuvchining 
internetda ishlash xavfsizligi darajasini oshirish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya 
etish talab qilinadi: 

Eng yangi antivirus bazasiga ega bo’lgan antivirus dasturlarni kompyuterga 
o’rnatish va uning yordamida yangi va eski faylllarni tekshirib chiqish; 

Foydalanilayotgan operatsion tizimlarning yangi versiyalari bo’yicha 
ma’lumotlarni bilish va ularga yangilangan himoya imkoniyatlarni qo’shib 
qo’yish; 

Operatsion tizimni shunday sozlash lozimki, unda tarmoqda xavfsiz ishlash 
imkoniyatalari ta’minlansin; 

Iloji boricha eski operatsion tizimlardan voz kechish va yangilarini ishlatish; 

Doimiy ravishda tarmoqda ishlash bo’yicha amaliy dasturlarni yangilash
shu jumladan, internet-brauzerni, pochta dasturlarini va boshqalarni; 

Kompyuter viruslari, xavfli dasturlar va tarmoq xujumlari boshqa 
vositalarning ta’sirini minimallashtirish maqsadida elektron pochtani
brauzerni va pochta mijozlari servislarining ko’rsatgichlarini sozlash 
(nastroyka qilish); 


255 

Ishonchga sazovar bo’lmagan manba’lardan (noma’lum web-saytlardan, 
elektron pochta orqali jo’natilganlar, telekonferentsiya va muloqot 
tizimlaridan) olingan fayllarni kompyuterga joylashtirmaslik va ularni 
saqlamaslik. Shubxali faylllarni darxol yuqotish; 

Pochta ma’lumotlari olinmaganligi xaqidagi ma’lumotlarda buning sababiga 
e’tibor bering va agar bu ma’lumotlar kompyuteringizdagi fayllarda virus 
mavjudligiga ishora qilgan taqdirda tegishli antivirus amallarni bajaring; 

Imkoniyat boricha tizimda parollarni (internet bilan ulanish, elektron 
pochtaga kirish va boshqalar uchun kerak bo’lgan login va parollarni
saqlamang yoki ularni tez-tez o’zgartirib turing; 

Doimiy ravishda juda muxim ma’lumotlarning rezerv nusxalarini olib 
qo’ying; 

Yoningizda doimo tizimni yuklash disklari bo’lsin va agarda 
kompyuteringiz virus bilan zararlangan bo’lsa, tizimni disk orqali ishga 
tushirib, antivirus orqali tekshiring; 

Eng foydali bo’lgan va aqlga muvofik bo’lmagan takliflar ko’pchilik 
xollarda firibgarchilik bo’lib chiqadi; 

Moliyaviy piramidalar bilan ishlash ko’pchilik xollarda kattagina 
mablag’larni osonlik bilan yo’qotishga olib keladi. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling