Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

RDP-mayning–Bulutli deb nomlangan texnologiyalarning keng miqyosda 
ishlatilishi kriptovalyutalar topishning RDP-mayning kabi kolletivizmga 
asoslangan turlari paydo bo’lishiga olib keldi. Uning quyidagi ijobiy 
tomonlari mavjud:
Juda qimmat turadigan mayner qurilmalarini sotib olishning shart 
emasligi; 
Hisoblash quvvatlarini arzonga ijaraga olish yoki ularni doimiy 
ishlatish uchun qo’lga kiritish; 
Mayninglik faoliyatini kam mablag’ sarf qilgan xolda amalga oshirish; 


261 
Kriptovalyutalarning RDP-mayning usuli kapital qo’yilmalarni asta-
sekin ko’paytirishni ko’zda tutadi. Pullarni bosqichma-bosqich 
ko’paytirish yoki olingan dividentlarni reinvestitsiya qilish ham 
mumkin.
Mayningning bulutli platformalarida boshlag’ich bonusni tekinga olish 
imkoniyati ham bor. Ushu bonus katta emas, ammo ishni boshlash uchun 
yetadi. Bu xolat esa reklama ro’lini o’ynab, mayning jarayoniga yangi 
kriptovalyutachilarni jalb qilishga yordam beradi. RDP-mayningda birlamchi 
bonusning miqdori bir ming dogikoin atrofida bo’ladi. Foydalanuvchi 
mayning faoliyatini boshlash uchun akkauntni faollashtirishi va bonusni 
hisoblash quvvatiga almashtirishi kerak. Shundan so’ng esa virtual pullarni 
ishlash jarayonini boshlash mumkin bo’ladi. Hisoblash quvvatining minimal 
hajmi bir AQSH dollarida tengdir. Mayning jarayonini boshlashdan avval
RDP-servisda qanday kriptovalyuta mayningi balan shug’ullanishingi zni hal 
qilib olishingiz kerak bo’ladi. O’z xoxishingizga ko’ra, bitkoin, dogikoin, 
bitcash, ethirium yoki laytkoinni tanlashingiz mumkin. Agarda yangi 
hisoblash quvvatlari sotib olsangiz, elektron hamyoningiz yanada tezroq 
virtual pullarga to’la boshlaydi. Virtual pullarni tizimdan chiqarib olish 
uchun foydalanuvchi o’zining virtual hamyoni nomerini ko’rsatishi kerak 
bo’ladi. Pullarni tizimdan chiqarish bir necha kun davomida amalga 
oshadi.Shuni ham qo’shimcha qilish lozimki, mablag’ sarf qilmasdan turib, 
virtual pullarni mayning qilish qonun bo’yicha ta’qiqlanmagan, ammo bunda 
keyinchalik firibgarlarning tuzog’iga tushib qolmaslik chora-tadbirlarini 
ko’rib qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi. Avvalo tegishli forumlar orqali u 
yoki bu mayning loyihasi haqida ma’lumotlar yig’ish va tegishli hulosalar 
chiqarish kerak bo’ladi. Shuni ham aytish kerakki, katta mablag’ sarf 
qilmasdan turib kriptovalyutalar generatsiya qilish uchun eng ma’qul variant 
bulutli taxnologiyaga asoslangan mayning hisoblanadi. Internetda ajratilgan 
bonus tufayli kriptovalyutalar mayningini boshlang’ich pul mablag’lari sarf 
qilmasdan turib boshlashga imkon beradigan bir qancha imkoniyatlar mavjud, 


262 
ular jumlasiga XMine, Multi-Coin, AroMine, BiteMiner va Bit-Lite larni 
kiritish 
mumkin. 
Bularda 
ham 
foydalanuvchi 
daromadi 
miqdorini 
ko’paytirish uchun o’z shaxsiy pullariga hisoblash quvvatlari sotib olishi ham 
mumkin. Agarda foydalanuvchi puldor bo’lsa, u kriptovalyutalar mayningi 
uchun biror bir sifatli dastur sotib olishi va solo-mayningni amalga oshirishi 
mumkin.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling