Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Microsoft, JPMorgan, Chase, Toyota, Merck


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Microsoft, JPMorgan, Chase, Toyota, Merck va boshqa katta kompaniyalarni 
kiritish mumkin. Shuning bilanbir qatorda bitkoinlarni to’lov vositasi sifatida qabul 
qiladigan yirik kompaniyalar soni ham ortib bormoqda. Misol sifatida 
quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
 Blog va saytlar yaratish platformasi WordPress 
 Aviabiletlar qidirish sayti Expedia 
 PayPal to’lov tizimi 
 Yer yo’ldosholi televidenie provayderi Dish Network 
 Latiya aviakompaniyasi AirBaltic 
 Xaydovchilar chaqirish on-line servisi Wheely 
 Legal Prime GS Consulting yuridik firmasi 
 On-line supermarket Yulmart 
Davlatlar tomonidan ham blokcheyn texnologiyalarga qiziqish ortgani bilan 
kriptovalyutalarning qonuniy jihatdan boshqariluvini yo’lga qo’yish jarayoni ancha 
past darajada. Masalan, Uzbekiston, Rossiya, Qozog’ston va boshqa hamdo’stlik 
mamlakatlarida 2018 yil holatida kriptovalyutalarning statusi umuman aniqlangan 
emas. Ularning konstitutsiyalarida kriptovalyutalarga o’xshash pul surrogatlarining 
pul aylanishida ishlatilishi qat’iyan ma’n etilgan. Ammo kriptovalyutalardan 
foydalanish asosida yotgan blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ma’n etilgan 
emas. Lekin ba’zi mamlakatlarda nolegal tranzaktsiyalarga qarshi kurash olib 
borish uchun kriptovalyutalardan foydalanish mumkinligi bildirilgan va uni 
qonuniylashtirish zarurligi bir qancha mamlakatlarda tan olingan. Agarda “barcha 
qonuniy ravishda ma’n etilmagan amallardan foydalanish mumkin” degan 
mantiqiy qoidadan foydalansak, u xolda ICO ishtirokchilari qonunni buzmaydi 
deb o’zimizni ovuntirishimiz mumkin, albatta. Ammo tomonlar orasida 
tushumovchilik kelib chiqqanda, ularning o’z qonuniy xuquqlarini himoya 
qilishlari katta muammo bo’lib qolishi mumkin. Ya’ni tokenlarni 
kriptovalyutalarga sotib olish tomonlar orasidagi o’zaro kelishuvday bo’lib, o’zaro 
kelishmovchilik kelib chiqqan taqdirda shartnomani bajarmaslik uchun yetarlicha 


300 
xuquqiy asos topish mumkin bo’ladi. Shuning uchun ham bizda xozircha 
kriptovalyutalardan faol foydalanishga shoshilmagan ma’qul.
Keyingi paytlarda ko’plab kompaniyalar tomonidan ICO ga qiziqish tobora 
ortib borayotgani tufayli Status deb nomlangan Singapur blokcheyn-startapi 
tokenlarini joylashtirishda Ethereum platformasi ishida buzilishlar ro’y berdi. 
Kriptovalyutalarni o’rganishga bag’ishlangan ilmiy-izlanish Smith + Crown on-
line resursi xozirgi vaqtdaICO tashkil qilayotgan yoki 2017 yil noyabrigacha bu 
ishni amalga oshirmoqchi bo’lgan 50 kompaniya haqida ma’lumot bergan. Buning 
ma’nosi shundaki, ICO lar atrofida moliyaviy puffak xosil bo’lmoqda va agarda 
bu puffak yorilsa, ushbu segmentgai investorlarning kriptovalyuta va tokenlarga 
bo’lgan qiziqishi sezilarli ravishda kamayishi mumkin. ICO larga bo’lgan katta 
qiziqish unchalik hayratlanarli emas, chunki ICO lar startap biznesga venchur 
investitsiyalarga nisbatan tezroq va qulayroq xolatda yaxshigina kapital jalb qilish 
va tezda birjaga chiqishga imkon beradi. Haqiqatan ham klassik usuldagi 
investitsiyada yangishga capital jalb qilish uchun siz investorlar uchun taqdimot 
qilishingiz kerak, birjaga kelib, maslahatchilar yollashigiz lozim, aktsiyalar 
emissiya qilishingiz zarur, emissiya esa maxsus organlar tomonidan nazorat 
qilinadi va xakozo. Bu qiyinchiliklarni aylanib o’tib, investitsiyalar uchun kerakli 
bo’lgan mablaglar’ni xozirda boshqarilmaydigan kriptovalyutalar bozoridan jalb 
qilish juda ham oson yo’l albatta. Lekin bu ishlarning havfli tomonlari ham bor. Bu 
xududni terra incognito deb bilib, qonun bilan to’qnashib qolmaslik uchun 
extiyotkorlik bilan ish olib borish lozim bo’ladi. Istalgan xuquqiy yoki jismoniy 
shaxs, agar ularning ishonchini qozona olmasangiz, sizni “kompaniya meni bu ish 
bilan bog’liq tavakkalchiliklar va risklar bilan to’liq tanishtirmagan” deb, 
kompaniyani firibgarlikda ayblab, sudga berishi mumkin. “Kriptovalyutalar yuqori 
darajadagi riskka ega bo’lgani uchun, xozircha ularga pul tikmagan ma’qul, 
chunki kompaniyaning sizga qandaydir daromad berishi ichun hech qanday 
huquqiy asos mavjud emas” deb maslahat ham beradilar. Lekin ko’pchilik 
ekspertlarning fikriga ko’ra, uzoq muddatli perspektivada kriptovalyutalar bozori 
o’sishda davom etadi, blokcheyn texnologiyasi esa an’anaviy moliyada yanada 


301 
kengroq miqyosda qo’llanilaveradi. Xozirda esa kriptovalyutalar olamida 
investorlar va kompaniyalar orasida hech qanday qonunchilikda ko’zda tutilgan 
xuquqiy asos bo’lmagani tufayli, investorlarning juda katta miqdordagi daromad 
olishlariga imkon yaraladi hamda firibgarlik uchun ham katta imkoniyat paydo 
bo’ladi. Xozigi davrda ICO larda mayda investorlarniong pullari aylanayapti, 
keyinchalik esa bu soxaga banklar, fondlar va davlat jalb qilinishi tufayli 
kriptovalyutaga qiziqish yanada ortadi. Xozircha kriptovalyutalar kursining bir 
oshib va bir kamayib turishi tabiiy bir xoldir.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling