Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2. Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) va ulardan foydalanish
macOS, iOs, Yandex, Microsoft lar haqida, balki yordamchi servislar,
ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash bilan shug’ullanadigan kompaniyalar, big data va analitika bilan shug’ullanadigan kompaniyalar haqida ham ketmoqda. Shunday qilib, sun’iy intellektni qo’llash bo’yicha jahon miqyosida bir qancha yillarga davom etadigan trend hosil bo’lgan va bu sohaga investitsiya qilish yaqin 15-20 yillar davomida foydali bo’lib qoladi. Shuning uchun ham yaqin yillarda meditsina, kosmonavtika, iqtisodiyot, robotlashtirish, transport va boshqa soxalarda sun’iy intellektning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga guvoh bo’lishimiz mumkin. 9.2. Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) va ulardan foydalanish Globallashuv jarayonlarining oxirgi qisqa davrida asosiy harakatlantiruvchi mexanizmlaridan biri bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida davr talabiga mos keluvchi yangi yo‘nalishdagi raqamli texnologiyalar yaratilmoqda. Bu texnologiyalar kompyuter tarmoqlari klassik modellaridan 331 yetarlicha darajada farq qilishi bilan birgalikda, ayrim hollarda aynan o‘xshash tamoyillar asosida ish yuritadi. Bulutli hisoblash texnologiyalari g‘oyasi o‘tgan asrning oxirlarida paydo bo‘lgan bo‘lsada, raqamli elektron aloqa vositalarining shiddat bilan rivojlanib borishi va elektron tizimlar foydalanuvchilarining talablari uzluksiz o‘sib borishi natijasida 2007-2008 yillardan boshlab ommaviylashib, tezkorlik bilan rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Bulutli hisoblash (ingl. Cloud computing) odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini masofaviy internet elektron xizmati ko‘rinishida taqdim etadi. Shunday yo‘l bilan foydalanuvchiga “virtual” ko‘rinishdagi hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi o‘zining masalalariga qanday kompyuter qanday qilib ishlov berayotganligi, xamda bu ish qanday turdagi operatsion tizim boshqaruvida amalga oshiralayotganligi kabi bir qancha savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida, bu savollarga javob izlashning zarurati xam bo‘lmaydi. Ish yuritilishida o‘xshashlik va umumiylikni topgan xolda bulutli texnologiyalarni “meynfrem” texnologiyalar (mainframe) bilan taqqoslash mumkin. Ammo “bulut”ning “meynfrem”dan tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqlari mavjud, xususan, “bulut” hisoblash quvvatlarining nazariy jihatdan cheklanmaganligidir. Dastlab vujudga kelgan bo‘lgan raqamli ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid- hisoblash birmuncha keng tarqalgan edi. Dastlabki davrda bu yo‘nalish texnik vosita protsessorining bo‘sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va hisoblash quvvatlarini ixtiyoriy ravishda ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati sifatida qaralgan edi. Grid-hisoblash xamda bulutli hisoblash arxitekturasi qo‘llanilayotgan tamoyillariga ko‘ra xam bir qancha o‘xshash jihatlarga ega. Shu bilan bir vaqtda, masofaviy hisoblash resurslaridan foydalanish uchun yetarlicha moslashuvchan platformaga ega bo‘lganligi tufayli, bulutli hisoblash modeli eng istiqbolli texnologiya deb tan olingan. Hozirgi kunda yirik bulutli hisoblashlar ma’lumotlarga ishlov berish markazlariga joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Ular bir vaqtning o‘zida millionlab foydalanuvchini minglab ilova va resurlar bilan ta’minlab beradilar. Xususiy kompaniyalarga katta kompyuterlar, ERP, CRM yoki boshqa turdagi qo‘shimcha qurilmalar sotib olish xamda sozlashni 332 talab etuvchi turli serverlarni saqlab turish o‘ta qimmatga tushib ketadi va shuning uchun xam korxonalar uchun bulutli texnologiyalardan foydalanish juda qulay raqamli elektron vosita hisoblanadi. Individual foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zining qulayligiga ko‘ra Google kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan “Xujjatlar – Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling