Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Google.doc”, “Kalendar – Google calendar


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Google.doc”, “Kalendar – Google calendar” va Google presenter kabi 
xizmatlarga o‘xshash ko‘plab bulutli xizmatlardan foydalanish juda qulay va ayni 
vaktda bo’ldi. Bulutli texnologiyalardan foydalanish uzluksiz rivojlanib va 
muvaffaqiyatlarga erishib borayotganligining sababi juda oddiy: ularni qo‘llash 
turli-tuman antiqa imkoniyatlarga ega hamda infratuzilma tashkil qilish, xizmat 
ko‘rsatish va tashkilot xodimlarga sarflanadigan bir qancha xarajatlarni tejaydi. 
Masofadagi ma’lumotlarni qayta ishlash markazida ma’lumotlarga ishlov berish va 
axborotlarni saqlashga imkon beruvchi dasturiy-texnik ta’minot yetarli darajada 
soddalashtirilishi mumkin. Bunday masala va muammolarning deyarli barchasi 
xizmat ko’rsatuvchi provayder zimmasiga to‘liq yuklatiladi. Bunday yondashuv 
korxona kompyuterlarida turli operatsion tizimlar (Windows, Linux, MacOS va 
boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa ham ularni qandaydir ma’noda standartlashtirishga 
imkon beradi. Bulutli texnologiyalar kompaniyaning umumiy ma’lumotlariga 
kirishni va undan foydalanishni tashkilot ofisidan tashqarida yurgan, ammo 
Internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan xodimlar va mijozlar uchun xam birdek 
oson ta’minlab beradi. Foydalanish uchun ko‘plab qulayliklariga qaramay, bulutli 
texnologiyalar bir qator juz’iy kamchiliklarga ham ega. Jumladan
foydalanuvchining xizmatlarni yetkazib beruvchi global tashkilotga to‘liq 
bog‘lanib qolishi. Haqiqatan ham, bulutli xizmatlar yaratilishi tamoyiliga ko‘ra, 
korxona faoliyati xizmatlar provayderi va Internet provayderning qanday ish olib 
borishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Zamonaviy bulutli texnologiyalar nafaqat tayyor 
tarmoq va server qurilmalari, balki, asta-sekin ichki tizimlar (embedded cloud
bozoriga ham jadal kirib bormoqda. Turli xildagi qurilmalarni global tarmoqqa 
ulash va boshqarish g‘oyasi “buyumlar interneti” (Internet of Things – IoT) deb 
yuritiladi. Microsoft Windows embedded kompaniyasi bosh menenjeri Kevin 
Dallas fikriga ko‘ra, buyumlar interneti g‘oyasi ko‘p yillardan buyon mavjud 


333 
bulgan, ammo bunday tarmoqni amalga oshirilmaganligiga sabab - birgina 
bo‘g‘inning, ya’ni, bulutli texnologiyaning yaratilmaganligi edi.
Tarqatish modellari bo‘yicha bulutli hisoblash texnologiyalari xususiy, ommaviy 
va gibrid texnologiyalarga ajratiladi. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling