334
gibrid bulut platformasi undan foydalanadigan kompaniyada yaratiladi, ularni
boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa korxona bilan ommaviy bulutni yetkazib
beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulutning bir qismi ommaviy bulutga, bir
qismi xususiy bulutga tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi.
Misol sifatida
xususiy bulutli texnologiya to‘g‘risida yanada aniq tasavvurga ega bo‘lishga
yordam beradigan quyidagi asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
1.
Bulut –
bu nafaqat virtuallashtirish, negaki, server va infratuzilishni
virtuallashtirish uni informatsion bulut deb hisoblashning asosi hisoblansada,
virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarishni
amalga oshirish natijasida
tizim o‘z-o‘zidan qandaydir turdagi bulut bo‘lib qolmaydi. Texnik muhit bulut
texnologiyasi deb hisoblanishi uchun, informatsion tizim virtual mashina,
operatsion tizim yoki bog‘lovchi dasturiy ta’minot
konteyneri, yuqori bardoshli
operatsion tizim, grid-hisoblash dasturiy ta’minoti, saqlash resurslarini tahlil qilib
boruvchi dasturiy ta’minot, ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi vositalardan iborat
tashkil etuvchilarga ham ega bo‘lishi zarur.
2.
Bulut –
tejamkorlik manbai bo‘lishi shart emas. Bulutga pul mablag‘larini
tejovchi vosita sifatida qarash xam xato tushunchalardan biri hisoblanadi. Bulutda
ishlash tejamkor bo‘lishi mumkin, ammo bu juda xam majburiy bo’lgan atribut
hisoblanmaydi.
3.
Xususiy bulut faqat buyurtmachidagina joriy etilishi shart emas. Xususiy
bulut atamasi aniq bir joyda joylashganlikni emas, balki, bu texnologiyaning
konfidensiallik, resurslarga egalik qilish yoki mustaqil boshqarish mumkinligi kabi
xususiyatlarini aniqlab beradi. Ko‘plab bulut texnologiyalarni
yetkazib beruvchi
kompaniyalar lokal bo‘lmagan xususiy bulutlarni taklif etadilar, ya’ni, bulutda bir
nechta mijozlar birlashtirilganligiga qaramay, resurslarni yagona buyurtmachiga
ajratib beradi. “
Bulut” o‘zining qaerda ochilganligi,
unga kim egalik qilishi va
boshqarishga kim mas’ulligiga ko‘ra emas, balki, maxfiyligi uchun xususiy bulut
hisoblanadi. Masalan, xususiy ma’lumotlarga ishlov berish markazlari xosting-
provayderda joylashtirilishi yoki turli buyurtmachilar resurslarini birlashtirilib,
335
xususiy virtual tarmoqlar (
Virtual Private Network – VPN) orqali bir-biridan
ajratib qo‘yilishi mumkin.
4.
Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali xizmat.
Serverli virtuallashtirish – yirik yo‘nalish va shuning
uchun xam xususiy bulutlar
hisoblashning katta quvvatli harakatlantiruvchi omili hisoblanadi. Infratuzilma
sifatidagi xizmat ko’rsatish (
IaaS – Infrastructure as a Service ) ishlash
tamoyillarini tubdan o‘zgartirib yubormagan holda xususiy bulutlar
eng quyi daraja
resurslaridan foydalanish uchun juda qulay bo‘lgan sodda shaklda taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: