Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Gibrid bulut (hybrid cloud) – bu infratuzilma yuqoridagi barcha ko’rsatilgan 
bulutli modellarini o‘z tarkibiga oladi (xususiy bulut va ommaviy bulut). Odatda, 


334 
gibrid bulut platformasi undan foydalanadigan kompaniyada yaratiladi, ularni 
boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa korxona bilan ommaviy bulutni yetkazib 
beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulutning bir qismi ommaviy bulutga, bir 
qismi xususiy bulutga tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi. Misol sifatida 
xususiy bulutli texnologiya to‘g‘risida yanada aniq tasavvurga ega bo‘lishga 
yordam beradigan quyidagi asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
1. Bulutbu nafaqat virtuallashtirish, negaki, server va infratuzilishni 
virtuallashtirish uni informatsion bulut deb hisoblashning asosi hisoblansada, 
virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarishni amalga oshirish natijasida 
tizim o‘z-o‘zidan qandaydir turdagi bulut bo‘lib qolmaydi. Texnik muhit bulut 
texnologiyasi deb hisoblanishi uchun, informatsion tizim virtual mashina, 
operatsion tizim yoki bog‘lovchi dasturiy ta’minot konteyneri, yuqori bardoshli 
operatsion tizim, grid-hisoblash dasturiy ta’minoti, saqlash resurslarini tahlil qilib 
boruvchi dasturiy ta’minot, ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi vositalardan iborat 
tashkil etuvchilarga ham ega bo‘lishi zarur.
2. Buluttejamkorlik manbai bo‘lishi shart emas. Bulutga pul mablag‘larini 
tejovchi vosita sifatida qarash xam xato tushunchalardan biri hisoblanadi. Bulutda 
ishlash tejamkor bo‘lishi mumkin, ammo bu juda xam majburiy bo’lgan atribut 
hisoblanmaydi.
3. Xususiy bulut faqat buyurtmachidagina joriy etilishi shart emas. Xususiy 
bulut atamasi aniq bir joyda joylashganlikni emas, balki, bu texnologiyaning 
konfidensiallik, resurslarga egalik qilish yoki mustaqil boshqarish mumkinligi kabi 
xususiyatlarini aniqlab beradi. Ko‘plab bulut texnologiyalarni yetkazib beruvchi 
kompaniyalar lokal bo‘lmagan xususiy bulutlarni taklif etadilar, ya’ni, bulutda bir 
nechta mijozlar birlashtirilganligiga qaramay, resurslarni yagona buyurtmachiga 
ajratib beradi. “Bulut” o‘zining qaerda ochilganligi, unga kim egalik qilishi va 
boshqarishga kim mas’ulligiga ko‘ra emas, balki, maxfiyligi uchun xususiy bulut 
hisoblanadi. Masalan, xususiy ma’lumotlarga ishlov berish markazlari xosting-
provayderda joylashtirilishi yoki turli buyurtmachilar resurslarini birlashtirilib, 


335 
xususiy virtual tarmoqlar (Virtual Private Network – VPN) orqali bir-biridan 
ajratib qo‘yilishi mumkin.
4.Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali xizmat. 
Serverli virtuallashtirish – yirik yo‘nalish va shuning uchun xam xususiy bulutlar 
hisoblashning katta quvvatli harakatlantiruvchi omili hisoblanadi. Infratuzilma 
sifatidagi xizmat ko’rsatish (IaaS – Infrastructure as a Service ) ishlash 
tamoyillarini tubdan o‘zgartirib yubormagan holda xususiy bulutlar eng quyi daraja 
resurslaridan foydalanish uchun juda qulay bo‘lgan sodda shaklda taqdim etiladi.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling