Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
SaaSga Gmail, Google Docs, Netflix, Photoshop.com, Acrobat.com, Intuit
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Everything as a Service – EaaS)
- Huawei Tech Investment Tashkent
- Microsoft
SaaSga Gmail, Google Docs, Netflix, Photoshop.com, Acrobat.com, Intuit
QuickBooks Online, IBM Lotus Live, Unyte, Salesforce.com, Sugar CRM va Webex kabi tizimlarni misol sifatida keltirish mumkin. Rivojlanib borayotgan mobil ilovalar bozorining asosiy qismi SaaSning samarali yo‘lga qo‘yilganligi natijasidir. Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini eng yuqori rivojlanishi hisoblanayotgan bulutli hisoblash tizimlari yaqin kelajakda o‘tmishga aylanadi degan fikrlar xam mavjud. Kelajakda bulutli ilovalarga bo’lgan talab, hozirgidek, nafaqat bitta yetkazib beruvchining infratuzilish va platformasiga tegishli bo’ladi, balki turli xildagi bulutli xizmatlar yetkazib beruvchilarning kompleks infratuzilmalari va platformalariga bo’lgan talabning yanada ko’payishi kutilmoqda. Ehtimol, bulutli hisoblash tizimlarining rivojlanishi oxir-oqibat, xizmat sifatida barcha narsa 338 (Everything as a Service – EaaS) bo’lishi mumkin bo’lgan konsepsiyalarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkindir. O‘zbekistonda xam bulutli hisoblash texnologiyalaridan foydalanishning xolati va uning rivojlanish istiqbollari to’grisida xam bir fikr yuritib kuramiz. "O‘zbektelekom" milliy telekommunikatsiya operatori 2016 yilning avgust oyida yangi "UZCLOUD" ma’lumotlarni uzatish markazini ishga tushirdi. Mutaxassislarning fikricha, faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta axborot oqimlariga tezkor va samarali ishlov berilishini uzluksiz ta’minlanishiga bog‘liq bo‘lgan mahalliy kompaniyalar uchun birinchi bo‘lgan ushbu ma’lumotlar markazi respublikada katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ma’lumot markazining axborot saqlash hajmining joriy konfiguratsiyasi 1 petabaytli 160 bleyd-serverdan tashkil topgan va kelajakda serverlar sonini 10 petabaytgacha kengaytirish mumkin bo’ladi. Yaratilgan ma’lumotlar markazining asosiy afzalliklari - turli xatoliklarga nisbatan bardoshlilik va mehnat unumdorligining sezilarli ravishja oshishidir. Tizim O‘zbekistonda faoliyat ko’rsatadigan kompaniyalarlar uchun loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan. 2016 yilning noyabr oyida aynan shu yo‘nalishda Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "Bulutli hisoblash O‘zbekiston sammiti-2016" xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. 2017 yil 21 sentyabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Microsoft kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, bu hujjatda AKT sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo’nalishlari belgilab olindi. IaaS bulut texnologiyalaridan O‘zbekistonda avvallari xam foydalanilgan, bu esa tashkilotlarni resurs talab qiladigan mijoz va tarmoq IT-infratuzilmasini xamda ma’lumotlarga ishlov berish moddiy va dasturiy infratuzilmasini tashkil qilish muammolaridan holi etadi. IaaS infratuzilma autsorsingidan foydalanib, bulutli xizmatlar iste’molchilari ortiqcha xarajatlardan xalos bo‘ladilar. PaaS bulutli texnologiyalari O‘zbekistonning yetarlicha moddiy bazaga ega bo‘lmagan ishlab chiqaruvchi va xizmat kursatuvchi kompaniyalari loyihalarini amalga oshirishda foydalanilishi mumkin. SaaS turiga mansub bulutli texnologiyalar O‘zbekistonda endigina joriy qilinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu 339 birinchi navbatda, asosan chekka xududlarda, Internet tarmog‘iga ulanish tezligining pastligi bilan bog‘liq. Biroq kelgusi yillarda SaaS xizmatlari eng ko‘p talab qilinadigan xizmatlardan biriga aylanadi, chunki so‘nggi yillarda bulutli yechimlarning qo’llanilish kulami jahon bozorida jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda va butun dunyo bo‘ylab katta o‘sish sur’atlari ko’payishi aynan SaaS yo‘nalishida kuzatilmoqda. Ekspertlarning baholashlariga ko‘ra, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlat hukumati muassasalaridagi katta hajmli axborotlar eng takomillashgan yondashuvlarni talab qilganligidan aynan davlat sektorida SaaS xizmatlari uchun eng barqaror talab shakllanishi mumkin. Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda tashkil etilgan ma’lumotlar-markazida (data- center) o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bir qancha kompaniyalar xaqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan: Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling