Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Amazon YEC2, Windows Azure, Google Cloud Storage, Parallels Cloud Server


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Amazon YEC2, Windows Azure, Google Cloud Storage, Parallels Cloud Server 
kabilarni bu turdagi infratuzilma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin
2. Platforma sifatidagi xizmat (Platform as a Service – PaaS)
foydalanuvchiga ilovalarni xizmatlar to‘plami sifatida (yaratilgan yoki sotib 
olingan) taqdim etuvchi xizmat ko‘rsatish bulutli modelidir. Xususan, bu platforma 
xizmatlar sifatida oraliq dasturiy ta’minot, xabarlar almashish, integratsiya, 
axborotlar saqlash, aloqa va shu kabi boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, 
xizmat sifatida ish joyi (Workplace as a Service – WaaS), ma’lumotlar (Data as a 
Service – DaaS), xavfsizlik (Security as a Service – SaaS) kabilar taqdim etilishi 
mumkin.
Afzalliklari. Yangi versiyalarini foydalanuvchiga sezilarsiz va osonlik bilan 
yetkazish. Odatda bu foydalanuvchining bulutda dasturiy ta’minot o‘zgarganligini 
katta uzgarishlarsiz his etishi yoki ideal ma’noda mutlaq his etmasligini bildiradi.
Kamchiliklari. Avvalgi xizmat modelida bo‘lgani kabi, markazlashtirish ishonchli 
xavfsizlik choralarini talab etadi. IBM Smart Cloud Application Services
Amazon Web Services, Windows Azure, Boomi, Cast Iron, Google App Engine 
kabilarni bu turdagi platforma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin.


337 
3. Dasturlar sifatidagi xizmat (Software as a Service – SaaS) kerakli dasturlar 
yetkazib berish qandaydir xizmat sifatida tushuniladi, ya’ni, provayderning 
ilovalari bulutda ishga tushiriladi va foydalanuvchining talablariga ko‘ra xizmat 
kursatish sifati ta’minlanadi. Iste’molchi bulutning bazaviy infratuzilmasi, shu 
jumladan tarmoq, serverlar, operatsion tizimlarni boshqarmaydi. Oxirgi 
foydalanuvchiga faqat kirish parametrlari (login, parol va shu kabilar) xavfsizligi 
va provayderning ilovalarni xavfsiz sozlash bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarish 
mas’uliyati yuklanadi, xolos. Ilovalar xizmati xam Internetda ko‘p ishlaydigan 
foydalanuvchilar uchun juda yaxshi tanish. Bu turdagi ilovalarning eng keng 
tarqalgan namunasi - GMail, Mail.ru, Yahoo Mail pochta xizmatlaridan iborat. 
Umuman olganda, minglab SaaS ilovalari mavjud va Web 2.0 texnologiyasi 
tufayli ularning soni kun sayin ortib bormoqda.
Afzalliklari. Apparat-daasturiy ta’minoti va mehnat resurslariga sarflanadigan 
sarmoyalarni qisqarishi, sarmoyalarni yo‘qotish riskining kamayishi, tizimning 
sezilarsiz-oson ko’rinishda yangilanishi.
Kamchiliklari. Avvalgi ikki modelda bo‘lgani kabi, markazlashtirish ishonchli 
xavfsizlik choralarini talab etadi.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling