Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Xususiy bulut (private cloud) – korxonaning ichki bulutli infratuzilishi va 
xizmatidir. Odatda bunday bulutli informatsion tuzilma shaxsiy yoki korporativ 
tarmoq doirasida joylashgan bo’ladi. Tashkilot unga tegishli bo’lgan bulutni 
mustaqil boshqarishi yoki bu masalani tashqi pudratchiga topshirishi mumkin. 
Infratuzilma buyurtmachi binosida yoki tashqi operatorda, yoki qisman 
buyurtmachi va qisman operator binosida joylashtirilishi xam mumkin.
Ommaviy bulut (public cloud) - bunday infratuzilmadagi bulutli hisoblash 
xizmatlaridan keng xalq ommasi foydalanishi mumkin, bunda kerakli boshlangich 
ma’lumotlar uni yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladi va korporativ 
tarmoqdan tashqarida joylashtiriladi. Bunday bulut foydalanuvchilari informatsion 
bulutdagi bazaviy ma’lumotlarni boshqarish yoki unga xizmat ko‘rsatish 
imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar, informatsion xizmatlarning sifati bo’yicha barcha 
mas’uliyat bulut egasiga yuklatiladi. Mijoz esa foydalanayotgan dasturiy-texnik va 
informatsion resurslar uchun ulardan foydalanishiga bogliq ravishda qandaydir 
miqdorda haq to‘laydi. Foydalanuvchilarga boshqa bu xildagi elektron platformali 
yechimlarda erishish mumkin bo‘lmagan va katta ko‘lamli kengayuvchanlik 
imkoniyatiga ega biznes-tizim yoki veb-saytdan foydalanish imkoniyatlari 
tushunarli tarzda va imkon qadar qoniqarli narxlarda taklif etiladi. Bunday bulutli 
platformalarda ishlash imkoniyatini taqdim etuvchilarga Amazon YEC2, Amazon 
Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft 
Office Web kabi onlayn-xizmatlarini misol sifatida keltirish mumkin. Ta’kidlash 
joizki, ommaviy bulutda foydalanuvchi bulutli tizimni past va cheklangan darajada 
nazorat qilganligi tufayli, qat’iy xavfsizlik choralarini va me’yoriy talablarga mos 
kelishlikni ta’minlab bera olmaydi. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling