523
bevosita interfaol sotish Yangi biznes-modelini ifoda etadi. Kitob do‘konlari
elektron kitoblarni vositachilar yordamisiz bevosita xaridorlarga sotib,
ushbu
biznes-modelni amaliyotda qo‘llaydi. Sarmoyadorlar o‘z bitimlarini yuqori
komission foizlarni undiradigan universal chakana brokerlarga murojaat
qilmasdan, bevosita Internet orqali arzon moliyaviy
axborotdan foydalanishlari
mumkin. Agar biznes-model faqatgina Internetga asoslangan bo‘lsa, u holda uni
sof o‘yinchi deydilar.
Bilim– ma’lum qiymatga ega axborotlashgan mahsulotlar yig‘indisi.
Tayanch bilimlarga ta’lim muassasalarida o‘rgatiladigan axborotlashgan
mahsulotlar ta’alluqlidir.
Bilimlarni boshqarish – bu bilimni identifikatsiya qilish, bilimni
boshqarish, bilimni rivojlantirish va undan foydalanishdir.
U bilimlarni qanday
olish, uni tarqatish, o‘zgartirish, undan foydalanish hamda firma uchun zarur
amaliy ustunliklarni uzluksiz topish bilan shug‘ullanadi.
Bilimlar kapitali – bu kompaniyaning bilimlarni egallash, ishlab
chiqish va ulardan foydalanish uchun sarflagan sarmoyalaridir.
Bilimlar
kapitalining muhim tarkibiy qismi kompaniyaning intellektual mulki
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: