Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Interoperabel bilet – barcha turdagi transportga yagona bilet. 
Insoniy kapital– kishi va jamiyatning turli-tuman ehtiyojlarini 
qondirishda foydalaniladigan bilim, mahorat va tajribalar yig‘indisi. Ta’lim, 
sog‘liqni saqlash va boshqainvestitsiyalar kattaligi bilan o‘lchanadi. Bu atama 
amerikalik iqtisodchi G. Bekker (1930-2014 yillar)tomonidan kiritilgan va 
ushbu nazariya uchun u 1992-yilda Nobel mukofotini olgan. 
Institusional xulqinson tomonidan o‘zlashtirilgan jamiyat me’yorlari 


531 
bilan belgilanadigan axloqiy qoidalardir. Etika (axloq-odob)ga oid jamiyat 
me’yorlari ustunlik qiluvchi institusionallashtirish darajasi qanchalik yuqori 
bo‘lsa, insonning aniq tanlash ishidagi maqsadi jamiyat maqsadi bilan 
shunchalik ko‘pmos keladi. 
Internet-panel bu bo‘lajak respondentlarning muntazam ravishda
shakllanib boradigan va Yangilanib turuvchi ma’lumotlari bazasidir. Internet-
panelning vazifasi–respondentlar haqida kerakli bo‘lgan ijtimoiy-demografik 
ma’lumotlarni yig‘ish va uning yordamida aniq tadqiqotga kerakli bo‘lgan tanlovni 
amalga oshirishdir. 
Intellektual domen nomi intellektual faoliyat natijalari, fuqarolik 
muomalasi ishtirokchilarining, tovarlarva hizmatlarning xususiy alomatlarini 
aks ettiruvchi vositalari va intellektual faoliyatning boshqa natijalarini o‘z 
ichiga oluvchi yoki ularni boshqacha tarzda ifodalovchi domen nomi.
Intellektual mulk buintellektual faoliyat natijalari va xo‘jalik 
aloqalari ishtirokchilarining individuallashtirish vositalaridir. Intellek tualmulk 
obyektlariga ixtirolar, foydali modellar, sanoatnamunalari, tovar belgilari
hizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari, tijorat nomlari va belgilari kiradi. 
Bundan tashqari, bu ro‘yxatga adabiy, badiiy va ilmiy asarlarni, 
xonandalarning ijro faoliyatini, fonogramma va radioeshtirishlarni kiritish 
qabul qilingan). Intellektual mulk “adabiy va badiiy mulk” va “sanoat mulki” 
tushunchalariga nisbatan umumlashtiruvchi tushuncha hisoblanadi. 
Internet do‘kon– bu internet-biznes tuzilmasi bo‘lib, B2C (business to 
customer), ya’ni «biznes-iste’molchi» yondashuvini amalga oshiradi. Internet-
kompaniyalarning biznes-strategiyasi reklama va elektron tijoratdan daromad 
olishga qaratilgan bo‘ladi

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling