Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

1A1zP1eP5QGef12DMPTfTLmv7Divfna44 
Bitkoin-adres - bitkoinlar olish uchun kerakli bo‘lgan birdan bir 
informatsiyadir. Bitkoinni olish uchun qandaydir dasturiy ta’minotning keragi 
yo‘q, buning uchun adresni ko‘rsatish kifoya va yana shunisi ham borki, faqat 
to‘lovchigina tranzaksiyani tarmoqning boshqa qismiga jo‘natishga mas’ul bo‘ladi 
xolos. Keng aholi ommasi asta-sekin bitkoin, kriptovalyuta va bitkoin 
tushunchalarining asl ma’nosiga tushunib borayapti. Ammo xozirgi davrga qadar 
ko‘pchilik insonlar ushbu tizimning o’zi nima ekanligini va u nima uchun xizmat 
qilishini yaxshi tushunishmaydilar. Shuning uchun ham xozirgi kunlarni internet 
yaratilayotgan kunlar bilan solishtirish mumkin – unda ham jamiyatning ko‘pchilik 
a’zolari inqilobiy texnologiya haqida uning tamoillarini tushunmagan xolda 
eshitishgan va uning jamiyat xayotiga hamda iqtisodiyotga katta ta’sir qilishini 
aniq sezishmagan. Xozirgi davrda blokcheynning holati brauzerlar paydo 
bo‘lmasdan oldingi internet tizimining xolatiga o‘xshab ketadi. Blokcheyn tizimiga 
ham kelajakda internetdagidek qulay va tushunarli bo‘lgan interfeyslar ishlab 
chiqarilib, u shaffof xolatga keltirilsa, xuddi internet kabi undan ham keng 
miqyosda foydalaniladi. Klassik tizim bilan blokcheyn tizimining taqqoslanishi 
quyidagi chizma orqali amalga oshirilishi mumkn: 


75 
Blokcheyndan foydalanadigan eng birinchi iqtisodiyot tarmog’i sifatida bank 
faoliyatini keltirishimiz mumkin. Shuni yana bir marta ta’kidlashimiz kerakki, 
blokcheyn yangi, markazlashmagan, xavfsiz va shaffof yechim bo‘lib, uning 
yordamida ma’lumotlarni saqlash va ularni o‘zaro almashinish, ularning 
haqiqiyligini tekshirish mumkin hamda bu ishlar osongina amalga oshadi. Barcha 
ishlar foydalanuvchi tomonidan bajariladi, jarayonda uchinchi ishonchli tomonning 
ishtiroki talab qilinmaydi. 
Blokcheynning innovativligi 
va originalligi 
operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida xuddi shu uchinchi tomon ishtirokining 
zarur emasligi ekanligidadir. Xozirgi paytda blokcheyn texnologiyasining eng 
ma’lum va mashxur bo‘lgan ishlatilish sohasi kriptovalyutalar, kriptodevizlar va 
bitkoinga o‘xshash raqamli pullardir. Ammo ushbu texnologiya boshqa 
yo‘nalishlarda ham muvaffaqiyatli ravishda ishlatilishi mumkin. Xozirgi davrda 
biz blokcheyndan foydalanishning bir qancha yo‘nalishlarinigina bilamiz, xolos. 
Lekin uning imkoniyatlari biz tasavvur qilgandan ko‘ra ancha ko‘p va keng 


76 
miqyoslidir hamda kelajakda blokcheyn bir qancha kutilmagan yo‘nalishlarda ham 
ishlatilishi mumkin. Bitkoin blokcheynini yaratishdan asosiy (2009) maqsad, 
moliya olamiga yordam berish emas, balki uni boshqasiga almashtirish bo‘lgan. 
Bir qancha muddat o‘tganidan so‘ng, shu ayon bo‘ldiki, ushbu texnologiya 
banklarning biznes modelini buzib yuborishi mumkin va boshqa tomondan bu 
texnologiya bir vaqtning o‘zida ham imkoniyat, ham havf-xatar olib keladi. «Le 
MOND» jurnalida bank va moliya tizimida blokcheyn texnologiyasining 
qo‘llanilishi xaqida quyidagi ma’lumot berilgan: «Blokcheyn bu uberizatsiya 
(Uber, Airbnbva boshqalar)ning eng oliy ko‘rinishidir. Blokcheyn yordamida 
uberlashtirilgan xizmatlar ham ancha yaxshilanishi mumkin». Bitkoin paydo 
bo‘lishi va bu bilan bog’liq bo‘lgan ommaviy axborot vositalaridagi reklama 
ko‘pchilik insonlarda uning texnologiya olamiga, banklar faoliyatiga va boshqa 
turdagi moliyaviy muassasalarga ta’siri xaqida tasavvur xosil qildi. Albatta bu 
ajiotajdan moliya-bank sohasi mutaxassislari ham chetda qolishni istamadilar. 
Ayniqsa, blokcheyn texnologiyasining minimal sarf-xarajatlar bilan hamda 
markaziy boshqaruv organlariga murojaat qilmasdan turib, hisob-kitoblarni amalga 
oshirishi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg’otdi. Blokcheynning bank tizimidagi 
tavakkalchilikni kamaytirish, asosiy vositalarga talabni kamaytirish, tarmoq 
inforatuzilmasiga va kompyuter personaliga sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda 
ma’lumot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirishga imkon berishi tufayli 
bank operatsiyalari olamini o‘zgartirishga tayyorligi unga bo‘lgan qiziqishni 
yanada orttirdi. BancoSantander banki o‘zining 2015 yildagi Fintex 2.0 
ma’ruzasida quyidagilarni bildirdi: «Blokcheyn texnologiyasi shu vaqtdan boshlab, 
to 2022 yilgacha halqaro to‘lovlar uchun infratuzilmaga bo‘lgan xarajatlarni 
qisqartirish, savdo va kelishuvlarni soddalashtirish hisobiga 15 dan 20 
milliardgacha dollarni iqtisod qilishga imkon beradi». Bunday katta va tezlik bilan 
amalga oshiriladigan iqtisodiy samara olinishi hamda oddiy sxemalardan voz 
kechish imkoniyati bo‘lgani uchun juda ko‘pchilik banklar R3CEV (2015 yil ishga 
tushirilgan va moliyaviy sohada blokcheyn texnologiyalarni tadbiq qilish bo‘yicha 
70 ta yirik moliyaviy kompaniya hamda katta banklar kirgan konsorsium, 


77 
ko‘pincha uni R3 deb ham atashadi)ga qo‘shilib oldilar. Ularning asosiy maqsadi, 
bitkoin va uning blokcheyni ishtirok etmaydigan o‘z mustaqil bloklar zanjirini 
tashkil qilish edi. Bu ishlar natijasida 2016 yil aprel oyida R3 o‘zining Sordadeb 
nomlangan tizimini ishga tushirdi. Loyihalar hamdo‘stligi ko‘rinishida tashkil 
etilgan yuqoridagidan boshqa konsorsium esa 2015 yilning dekabrida 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling