Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Hyperledger deb nomlangan tizimni ishga tushirdi. Bu tizimning yaratilishiga 
Linux, IBM hamda Digital Asset Holdings kompaniyalarining notijorat 
konsorsiumi turtki bergan edi. Ushbu loyihaga kirgan ishtirokchilar sifatida 
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Accenture, ANZ Bank, Cisco, CLS, Credits, 
Deutsche Börse, DTCC, Fujitsu Limited, IC3, IBM, Intel, J. – P. Morgan, 
London Stock Exchange Group, Mitsubishi UFJ Financial Group, R3, State 
Street, SWIFT, VMware, Wells Fargo, Sberbank va boshqalar. Keyinchalik 
Fransiyada ham blokcheyn texnologiyalarining yangi variantlari va texnologiyalari 
paydo bo‘ldi. Masalan, prezident Emmanuel Makronning 2016 yil iyun oyida 
aytgan fikri bunga misol bo‘la oladi: «Yaqin orada biz blokcheynlarni 
iqtisodiyotda 
qo‘llash 
bo‘yicha 
katta 
ishlarni 
amalga 
oshirishini 
rejalashtirganmiz. Moliyaviy sohada ham blokcheynlar bilan tajriba qilish uchun 
bir qancha yangi qonunlar yaratilishi ko‘zda tutilayapti». Ushbu tajriba bloklar 
xosil qilish texnologiyasini demokratizatsiyalashtiradi va blokcheynni davlat 
miqyosida ishlatishning ilk misoli bo‘ladi. Goldman Sachs kompaniyasi Fintech 
taktikasini o‘zgartirishga qaror qildi. Xozirgi paytda kompaniya xodimlarining 
uchdan biri ma’lumotlarni qayta ishlash va taxlil qilish bo‘yicha mutaxassislardan 
iborat. Goldman Sachs kompaniyasining bosh direktori Lloyd Blankfeyn ham 
endi ko‘proq bank haqida emas, balki bank biznes-texnologiyalari haqida gapira 
boshladi. Ular platformalarining bir qismi ochiq boshlangich kodga aylantirildi va 
bu bilan mahfiylik kultiga nuqta qo‘ydi. GoldmanSachsBloombergtexnologiyasi 
bilan raqobat qiluvchi mahfiy elektron pochta tizimi Symphonyning rivojlanishini 
ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bu texnologiyaning eng asosiy afzalligi – uning narxidir. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling