Hyperledger deb nomlangan tizimni ishga tushirdi. Bu tizimning yaratilishiga
Linux, IBM hamda Digital Asset Holdings kompaniyalarining notijorat
konsorsiumi turtki bergan edi. Ushbu loyihaga kirgan ishtirokchilar sifatida
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Accenture, ANZ Bank, Cisco, CLS, Credits,
Deutsche Börse, DTCC, Fujitsu Limited, IC3, IBM, Intel, J. – P. Morgan,
London Stock Exchange Group, Mitsubishi UFJ Financial Group, R3, State
Street, SWIFT, VMware, Wells Fargo, Sberbank va boshqalar. Keyinchalik
Fransiyada ham blokcheyn texnologiyalarining yangi variantlari va texnologiyalari
paydo bo‘ldi. Masalan, prezident Emmanuel Makronning 2016 yil iyun oyida
aytgan fikri bunga misol bo‘la oladi: «Yaqin orada biz blokcheynlarni
iqtisodiyotda
qo‘llash
bo‘yicha
katta
ishlarni
amalga
oshirishini
rejalashtirganmiz. Moliyaviy sohada ham blokcheynlar bilan tajriba qilish uchun
bir qancha yangi qonunlar yaratilishi ko‘zda tutilayapti». Ushbu tajriba bloklar
xosil qilish texnologiyasini demokratizatsiyalashtiradi va blokcheynni davlat
miqyosida ishlatishning ilk misoli bo‘ladi. Goldman Sachs kompaniyasi Fintech
taktikasini o‘zgartirishga qaror qildi. Xozirgi paytda kompaniya xodimlarining
uchdan biri ma’lumotlarni qayta ishlash va taxlil qilish bo‘yicha mutaxassislardan
iborat. Goldman Sachs kompaniyasining bosh direktori Lloyd Blankfeyn ham
endi ko‘proq bank haqida emas, balki bank biznes-texnologiyalari haqida gapira
boshladi. Ular platformalarining bir qismi ochiq boshlangich kodga aylantirildi va
bu bilan mahfiylik kultiga nuqta qo‘ydi. GoldmanSachsBloombergtexnologiyasi
bilan raqobat qiluvchi mahfiy elektron pochta tizimi Symphonyning rivojlanishini
ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bu texnologiyaning eng asosiy afzalligi – uning narxidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |