Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

1-bosqich: Ikki ishtirokchi tranzaksiya shartlarini kelishib oladilar (masalan, 
pulni uzatish jarayoni, aktivlar, moliyaviy xujjatlar va xokazolar). 
2-bosqich: Jurnal tarmoq a’zolari tomonidan «skaner»lanadi. Ushbu 
jurnalning xronologiyasini taxlil qilish asosida tarmoq a’zolari sotuvchining 
haqiqatan ham e’lon qilingan aktivlarga yoki fondlarga ega ekanligiga ishonch 
xosil qiladilar. 
3-bosqich: Agar barcha ishlar joyida bo‘lsa, u xolda tranzaksiyalar 
tasdiqlanadi va blok zanjirining oxiriga qo‘shiladi. 
4-bosqich: Jurnal barcha tarmoq ishtirokchilariga tarqatiladi. Uning tarqoq 
xolatdaligi himoyasini ta’minlab beradi. Istalgan tranzaksiyani falsifikatsiya qilish 
uchun tarmoq (tugun)lari a’zolarining jurnallarini ham o‘zgartirish talab etiladi. Bu 
esa tabiiyki, mumkin emas.Muhokamaga oydinlik kiritish uchun quyidagi 
ta’kidlovni keltiramiz: «Bitkoinning blokcheyni birinchi marta bloklar zanjiri 
sifatida aniqlangan edi. Unda har bir tranzaksiya bloklardan biri bo‘lishi uchun 
shifrovka qilinadi. Keyingi tranzaksiya ham o‘z navbatida undan oldingi blok 
asosida shifrlanadi va xokazo – xuddi shu amallar ketma-ketligi bloklar zanjiri 
tushunchasiga yoki boshqa so‘zlar bilan aytganda, blokcheyn tushunchasiga olib 
keldi».Shunday qilib, ishonchli degan statusni olish uchun har bir kelishuv (yoki 
operatsiya) asimmetrik kriptografiya (ochiq yoki yopiq kalit) yordamida 
imzolanishi lozim. Shunday qilib, bitkoin turidagi blokcheynda tranzaksiyani 
amalga oshirish uchun uch xil ma’lumot kerak bo‘ladi: 
 Debet adresining shaxsiy kaliti 
 Kredit adresining umumiy kaliti 
 Tranzaksiyaning summasi 
Bitkoin adres ABSM (ASCII - American Standard Code for Information 


74 
Interchange) yoki ma’lumot almashinish uchun ishlatiladigan amerika standart 
kodi formatida ifodalangan. Bu kodlashtirish tizimida 58 ta alfavit raqamli 
simvollar mavjud. Ular raqamlar, katta va kichik harflar bo‘lib, bitkoinni 
yaratishda Satoshi Nakomoto I, i, O va o larni chiqarib tashlagan, chunki bir 
qancha shriftlarda ularning ko‘rinishi bir xil ekan. Ilk bora yaratilgan adres esa 
quyidagicha bo‘lgan: 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling