Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

1977 yil: RSA (abbreviaturasi Ronald Rayvest, Adi Shamir va Leonard 
Adleman nomlaridan olingan kompaniya. Bu insonlar birinchi bo‘lib ochiq kalitli 
kriptosistemani ixtiro qilganlar) shifrlash tizimining birinchi tavsifi yaratilgan va 
unda konfidensial ma’lumotlarni shifrlash uchun ochiq kalit ishlatilgan hamda 
ularni deshifrlash uchun esa yopiq kalitdan foydalanilgan.
1979 yil: Ralf Merkle (AQShlik kriptograf va nanotexnologiya bo‘yicha 
mutaxassis, 1974 yilda u Merkli deb nomlangan ochiq kalitli boshqotirma 
yaratgan) «Merkle daraxti» ning qisqartirish mexanizmini ixtiro qilgan. Bu 
mexanizm katta hajmli ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va ularni tekshirish uchun 
foydalaniladi. Undan tashqari, bu mexanizm bitkoin protokolida ham blokda 
joylashgan barcha operatsiyalarning Merkle ildizini hisoblash uchun ishlatiladi.
1990 yil: amerikalik matematik Devid Shaum markazlashgan va shaxsiy 
elektron valyuta DigiCash ni kriptografik protokollar asosida ixtiro qildi. 
1992 yil: Skott Vanstoun (Certicom) kichikroq kalitlardan foydalanadigan va 
imzo qo’yish hamda shifrlash operatsiyalarini RSA algoritmiga nisbatan tezroq 
bajaruvchi ECDSA (Elliptic curve digital signature algorithm) nomli algoritmini 
taklif qildi.


82 
1994 yil: Nik Sabo smart-kontrakt yoki aqlli shartnoma g’oyasini olg’a 
surdi.1996 yilning 18 iyuni: NSA «Qanday qilib valyuta ishlab chiqarish 
mumkin: anonim elektron pullar» deb nomlangan ma’ruza nashr qildi.
1997yilAdam Bek g’oya asosida ish bajarilishini tasdiqlash tizimi HashCas
ni ixtiro qildi (Pricing via Processing or Combatting Junk Mail). Keyinchalik esa 
Adam Bek bitkoin ixtirochisi Satosi Nakamotoning birinchi hamkori bo‘lib 
tanilgan. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling