Ravnaqbank korporativ boshqaruv samaradorligi
Bank strategik maqsadlarga to‘liq erishish uchun bir-birini to‘ldiruvchi quyidagi asosiy maqsadlarga erishishni ta’minlaydi
Download 23.84 Kb.
|
RAVNAQBANK KORPORATIV BOSHQARUV SAMARADORLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 100,0 mlrd. so‘m
Bank strategik maqsadlarga to‘liq erishish uchun bir-birini to‘ldiruvchi quyidagi asosiy maqsadlarga erishishni ta’minlaydi:
Bank bozor mavqeyining ijobiy dinamikasini ta’minlash va uning quyidagi mavqeyini mustahkamlash: faoliyat miqyosi bo‘yicha o‘rtacha bank orasida yetakchi mavqeyini egallash; faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha sardorlik mavqeyini egallash. Bankning aksiyadorlar kapitaliga aksiyadorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va ustav kapitali miqdorini 100,0 mlrd. so‘m gacha yetkazish; Bank mijozlari uchun elektron to‘lovlar va elektron hisob-kitob qilish tizimlarining rivojlanishida xorij bozorlari yetakchilarining strategiyalarga tayanish yo‘li bilan innovatsion-texnologik rivojlanishiga erishish; Xizmatlar sifati darajasiga nisbatan harajatlarni kamaytirish strategiyasini oqilona qo‘llash; Fondlash tarkibini va resurslarga boy mijozlarni jalb qilishni kengaytirish hisobiga resurslar bazasini ko‘paytirish; Xodimlar bilan ishlash usullarini yanada takomillashtirish – jamoada ishlash, korporativ madaniyat, motivatsiya, o‘rta boshqaruv bo‘g‘inni o‘qitish; Zamonaviy marketing usullari va PR ni joriy etish va rivojlanishi – bankning nufuzini, omma bilan aloqa qilish tizimini, bankning strategik maqsadlariga muvofiq marketing strategiyalarini shakllantirish. XALQARO REYTING «Ravnaq-bank» AJ Standard&Poor`s xalqaro reyting tashkilotining kredit reytingiga ega. Standard&Poor`s xalqaro reyting tashkiloti 2021 yilning 7 dekabrida «Ravnaq-bank» AJga «B/B-» darajasida uzoq va qisqa muddatli kredit reytingini tasdiqlagan. Prognoz - «Negativ». MILLIY REYTING «Ahbor – Reyting» reyting agentligi «Ravnaq-bank» AJga «Barqaror» prognozi bilan «uzB+» kredit reytingini bergan. Prognoz - «Barqaror». Mazkur reyting bankning kredit berish qobiliyati o‘rtacha darajada ekanligini anglatadi, «uzB+» reytingga ega bo‘lgan bank hozirgi kunda o‘z moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarib kelmoqda. Xodimlar boshqaruvi tizimi bank mutaxassislari qobiliyatini o‘stirish, ish faoliyatini intensifikatsiya qilish (jadallashtirish), ularning innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishlari, vakolat va mas’uliyatlarini oshirish bo‘yicha yangi qarorlar qabul qilishni talab qiladi. Kadrlar siyosatining asosiy maqsadi – bankni yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash va peshqadam jamoani shakllantirishdan iborat. Bu maqsadlarni joriy etish uchun bank quyidagi ishlarni amalga oshiradi: Yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash: • xodimlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, istiqbolni rejalashtirish, xodimlarni tanlash tizimini tashkil etish; •zahirani tashkil etish, xodimning xizmat darajasini ko‘tarib borish; • xodimlarning kasb o‘quvini tashkil etish. Motivatsiya tizimni takomillashtirish: •bank taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi xodimlarni rag‘batlantirish va mansabini ko‘tarish; •bank tarkibini optimallashtirish, uslubiy ishlar darajasini oshirish; •xodimlar bilan ishlash strategiyasini ishlab chiqish. Korporativ madaniyatni rivojlantirish: •kompleks dastur asosida korporativ madaniyatni oshirish uchun xodimlarni axborot bilan ta’minlash; •bank ijtimoiy-ruhiy muhitini yaxshilash. Kadrlar siyosatini optimallashtirish va uning mexanizmlarini takomillashtirish bevosita har bir xodimning sifatli va samarali ish yuritishi, mehnat faoliyatini yaxshilashi, malakasini oshirishi va shuningdek boshqaruv xodimlari zahirasini shakllantirish bilan bog‘liq. 2017 yil davomida xodimlar bilan ishlash bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan yuqori malakali xodimlarni tanlab olish, ilg‘or jamoani shakllantirish va bank-moliya sohasidagi o‘quv muassasalari bitiruvchilari – yosh mutaxassislarni ishga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan komissiya tomonidan 2017 yilda o‘rta maxsus va oliy ma’lumotga ega 11 nafar yosh mutaxassislar ishga tanlab olindilar. «Ravnaq-bank» XATBning kadrlar siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vazifalari yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, motivatsiya va korporativ madaniyat tizimini rivojlantirishdan iborat. Bank tomonidan Toshkent moliya instituti va Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari safidan yosh mutaxassislarni ishga jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yuqori malakali xodimlarni tanlab olish va ilg‘or jamoani shakllantirish maqsadida bank 2017 yilda oliy va o‘rta maxsus ta’limga ega 20 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Sinditsirlangan kredit berish Markazi, Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini tayyorlash Milliy markazi, O‘zbekiston taraqqiyoti Xalqaro moliya-iqtisod markazi va boshqa o‘quv markazlarida hozirgacha 24 nafar xodim o‘qitildi. Bugungi kunda bank tizimida xodimlarning mehnat qilishlari uchun barcha sharoitlar mavjud, ta’til vaqtida dam olish va salomatlikni tiklashni tashkillashtirish tizimi tashkil etilgan. Ish beruvchi, xodim va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan imzolangan jamoatchilik shartnomasi asosida samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda. Download 23.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling