Ravshanova gulchera maxammatovna


Download 5.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana08.09.2023
Hajmi5.88 Mb.
#1674555
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
ravshanova gulchera maxammatovna

Yuqorida keltirilgan xulosalarga asoslanib, dissertant quyidagi tavsiyalarni 
bergan: 
- Ta’lim muassasalarida imtihon va attestatsiya jarayonlarini inson omilini 
cheklagan holda zamonaviy аxborot kommunikatsiya vositalari (kompyuterlar) 
yordamida o‘tkazish; 
- har bir o‘quv xonalarini kompyuter va planshetlar bilan ta’minlash orqali 
darslarni turli media va multimedialardan foydalanib ta’lim berishni tashkil etish; 
- har bir o‘quv xonalarida ovozli videokuzatuv tizimini joriy etish va bu orqali 
ota-onalar va tegishli tashkilotlar tomonidan ta’lim jarayonlarini online kuzatib 
borish, o’qituvchi hamda murabbiylarning bilimi va tajribasini online baholash 
tizimini joriy etish; 
- axborotlashgan jamiyatdagi o’qituvchi va murabbiylarning o’z ustida 
ishlashlari uchun haftada bir marta kompyuter savodxonligi, kitobxonlik, shaxsiy 
rivojlanish bilan shug’ullanishi uchun sharoit va vaqt yaratib berish; 
https://buxdu.uz


22 
- ta’limning axborotlashgan jamiyat funksional rivojlanishidagi ahamiyatini 
istiqbolda yaratiladigan yangi o‘quv adabiyotlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarga 
kiritish; 
- mahalla fuqarolar yig’inlarining jamiyatning rivojlanishidagi beqiyos rolidan 
kelib chiqib ta’limning axborotlashgan jamiyat sharoitida funksional rivojlanishida 
shahar va qishloqlardagi axborot resurs markazlari va kutubxonalar faoliyati va 
qamrovi tizimini takomillashtirish; 

umumta’lim maktablarining joylardagi raqamli va innovatsion 
texnologiyalarni rivojlantiruvchi, tarqatuvchi markazlar va xablar sifatidagi rolini 
belgilash, ularning huquqiy-me’yoriy bazasini yaratish; 
- “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini amalga oshirish ishlarini 
jadallashtirish maqsadida ta’lim sohasida axborotlashgan jamiyat negizida ilmiy 
ishlarni kuchaytirish lozim.
https://buxdu.uz


23 

Download 5.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling