Raximov umarning turizm sifatini boshqarish fanidan mustaqil ish uchun


Download 32.92 Kb.
bet1/2
Sana24.06.2023
Hajmi32.92 Kb.
#1653789
  1   2
Bog'liq
Документ (4) copy


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNVERSITETI


TU84-GURUH TALABASI
RAXIMOV UMARNING
TURIZM SIFATINI BOSHQARISH FANIDAN
MUSTAQIL ISH UCHUN
YOZGAN INSHOSI

TOSHKENT
MAVZU:MEHMONXONA XIZMATLARINI STANDARTLASH JARAYONLARI

1.Standartlash jarayonining turlari.
2.Xizmatlarni sertifikatlashtirish jarayoni
3.Mexmonxona xizmatlari.

.Mehmonxona xizmatlarini standartlash jarayonlari
Standartlashtirish jarayonida standartlashtirish obyektiga doir normalar, qoidalar, talablar, shartlar ishlab chiqiladi va normativ hujjat tarzida rasmiylashtiriladi. Normativ hujjatlarning turlari Standartlashtirish halqaro mehmonxonai (ISO) tomonidan tuzilgan ISO MEK 2 qoʼllanmasida tavsiya etilgan. Bular standartlar, texnik shartlar, qoidalar toʼplamlari, reglamentlardir.
Standart – muayyan kelishuvga koʼra ishlab chiqilgan, e‘tirof etilgan organ tomonidan tasdiqlangan, ma‘lum sohada oqilona tartib oʼrnatishga yoʼnaltirilgan normativ hujjat. Standartda faoliyatning har xil turlari yoki ularning natijalariga doir umumiy yoki koʼp karra qoʼllaniladigan umumiy prinsiplar, qoidalar, shartlar belgilanadi. Standart fan, texnika va amaliy tajribaning umumlashtirilgan natijalariga asoslanishi, jamiyat uchun mumkin qadar koʼproq foyda keltirishga yoʼnaltirilishi lozim.
ISO MEK 2 qoʼllanmasi standartlashtirish boʼyicha halqaro tajribani umumlashtirib, standartlarning qoʼllash mumkin boʼlgan quyidagi turlarini tavsiya etadi:
• asosiy standart keng amal qilish sohasiga ega bo‗ladi yoki ma‘lum soha uchun umumiy qoidalarni o‗zida jamlaydi. Asosiy standart bevosita standart sifatida qoʼllanishi yoki boshqa standartlarga asos boʼlib xizmat qilishi mumkin;
terminologik standart, qoida tariqasida, muayyan ta‘rif, ayrim hollarda esa –izoh, illyustratsiya va h.k. beriladigan atamalarga nisbatan amal qiladi. Misol uchun, quyidagi atamalar standartlashtirilishi mumkin: mehmonxona xizmati, umumiy ovqatlanish xizmati, mehmonxona, restoran, kafe, bar va h.k.;
• sinov uslublari standarti har xil sinovlar va ular bilan bogʼliq harakatlar uslubikasi, qoidalari, taomillarini belgilaydi;
• xizmat, jarayon, mahsulot standarti xizmat, jarayon, mahsulotning oʼz maqsadiga muvofiqligini ta‘minlash uchun ular qanoatlantirishi lozim bo‗lgan talablarni belgilaydi;
• muvofiqlik standarti mahsulot yoki tizimlarning ular qoʼshiladigan joylardagi muvofiqligi bilan bogʼliq talablarni belgilaydi;
• ochiq ifodalarga ega boʼlgan, standartni identifikatsiya qilmaydigan standart xizmat yoki jarayonni muayyanlashtirish uchun miqdorlar yoki boshqa koʼrsatkichlar koʼrsatilishi lozim boʼkgan tafsilotlar roʼyxatidan tashkil topadi. Qoida tariqasida, bunday ma‘lumotlar ishlab chiqaruvchi yoki iste‘molchi tomonidan shartnoma munosabatlarida muayyanlashtiriladi.
Texnik shartlar hujjati xizmat (mahsulot, jarayon) qanoatlantirishi lozim boʼlgan texnik talablarni belgilaydi. Texnik shartlar hujjatida, zarur holda, mazkur talablarga rioya qilingan-qilinmaganligini aniqlash tartib-taomillari koʼrsatilishi lozim. Qoidalar toʼplami – loyihalash, tayyorlash, xizmat koʼrsatish, foydalanish texnik qoidalari yoki tartib-taomillarini tavsiya etuvchi hujjat.
Reglament – majburiy huquqiy normalar ifodalangan va hokimiyat organi tomonidan qabul qilingan hujjat. Inson faoliyatining barcha sohalarida halqaro savdo va halqaro hamkorlikning rivojlanishi obyektiv tarzda milliy standartlarni muvofiqlashtirish (uygʼunlashtirish), xalqaro standartlar ishlab chiqish va ularni amalda keng qoʼllashni taqozo etdi. Sifatni boshqarish sohasidagi jahon tajribasi 1987 yil martda qabul qilingan va 1994 yilda yangilangan ISO 9000-9004 halqaro standartlar paketida jamlangan. ISO 9000 standartlari oʼz klassik variantida sanoat uchun ishlab chiqilgan edi. Biroq, ularda bayon etilgan sifat tizimlari falsafasi universaldir. Shu bois, hozirda turli faoliyat sohasidagi korxonalar va mehmonxonalar bu metodologiyadan faol foydalanmoqdalar. SHuni qayd etish kerakki, chet elda minglab mehmonxonalar va restoranlar oʼz sifat tizimlarini milliy va halqaro sertifikatlashtirish tizimlarida roʼyxatdan oʼtkazadilar. Bu ularga raqobat kurashida muayyan ustunliklar beradi. ISO 9004-2 «Sifatni umumiy boshqarish va sifat tizimi elementlari. 2-qism. Xizmatlar boʼyicha rahbar koʼrsatmalar» halqaro standartining qabul qilinishini xizmatlar sifatini boshqarish sohasida jahon tajribasi erishgan yutuq deb hisoblash mumkin.
Mehmonxona xizmatlarini sertifikatsiyalash jarayonlari

«Sertifikatlashtirish» soʼzi lotinchadan tarjimada «toʼgʼri bajarilgan» degan ma‘noni anglatadi. Xizmat «toʼgʻri koʼrsatilganligi»ga ishonch hosil qilish uchun u qaysi talablarga javob berishi lozimligini va bu muvofiqlikning ishonchli dalillarini qanday olish mumkinligini bilish kerak. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish bunday dalillarni olishning umumiy e‘tirof etilgan usulidir.
Amaldagi tasnif boʼyicha muayyan toifa talablariga korxonalarning muvofiqligini sertifikatlashtirish mehmondoʼstlik sanoatida ixtiyoriy sertifikatlashtirishning eng koʼp tarqalgan misolidir. Jahon turistik mehmonxonai 1989 yilda ishlab chiqqan va mintaqaviy komissiyalar tomonidan ma‘qullangan «Tasniflash standartlariga asosan mehmonxonalarni tasniflash. mezonlarini halqaro miqyosda uygʼunlashtirish» loyihasi mehmonxonalarni ixtiyoriy sertifikatlashtirishning rivojlanishida muhim bosqich boʼldi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan shartnoma narxlarida va xavfsizlik majburiy sertifikati olinganidan keyingina amalga oshiriladi.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish tartibi quyidagilarni oʼz ichiga oladi:

1) sertifikatlashtirishga ariza berish;
2) ariza yuzasidan qaror qabul qilish, shu jumladan sertifikatlashtirish sxemasini tanlash;
3) tekshirish o‗tkazish uslubikasini ishlab chiqish;
4) sertifikatsion tekshirish oʼtkazish;
5) muvofiqlik sertifikati hamda muvofiqlik belgisini qoʼllashga litsenziya berish, muvofiqlik ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirishga shartnoma tuzish;
6) sertifikatlashtirilgan xizmat normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish.
Inspeksiya nazorati sertifikatni bergan organ tomonidan sertifikatning amal qilish muddati mobaynida, lekin yilda kamida bir marta, davriy va rejadan tashqari tekshirishlar shaklida amalga oshiriladi. Inspeksiya nazorati natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada nazorat natijalariga baho beriladi va berilgan sertifikatni amalda qoldirish imkoniyati haqida xulosa chiqariladi. Dalolatnoma sertifikatlashtirish organida saqlanadi, uning nushalari esa xizmatlar koʼrsatuvchi korxonaga va inspeksiya nazoratida qatnashgan mehmonxonalarga yuboriladi. Belgilangan qoidalarni buzish holatlari aniqlangan taqdirda sertifikatning amal qilishi toʼxtatilishi yoki tugatilishi mumkin.


Download 32.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling