Raximov X. “Valeologiya asoslari”


Foydalaniladigan adabiyotlar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/49
Sana13.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1353695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
valeologiya asoslari

Foydalaniladigan adabiyotlar. 
1. Ananеv V.A. Davidеnkо D.N. «Оbshaya valеоlоgiya» SPB. BPA. 2000 
2. Brехman I.I. Valеоlоgiya – nauka о zdоrоvе. Mоskva, «FIS» 1999 g. 
3. Vaynеr Е.N. «Valеlоgiya», Mоskva, izda. «Nauka» 2001 g. 
4. Dubrоvskiy V. I. Spоrtivnaya mеdеtsina. Mоskva, «Vladоs», 2002 g. 
5. Kaznachееv V.R. Оsnоva оbshеy valеоlоgii. Vоrоnеj «Mоdеk» 1997 g 
2.MA’RUZA 
Ontogenez nazariyasi va salomatlik.
1. Ontogenez tushunchasi haqida ma’lumot. 
2. Organizmning parenteral yoki embrional va postparenterial yoki tugilgandan 
keyinga davrlarga bo’linishi. 
3. Embrionning taraqqiy etishi tug’risidagi tushuncha. 
4. Inson organizmi taraqqiyotining darvlarga xos bo’lgan salomatlik omillari va 
ko’rsatgichlari. 
5. «Xavfli» yoki zaif darvlar nazariyasi. 
6. «Xavfli» davrni tibbiyot soxasida, sport amaliyotida va pedagogikada hisobga 
olish zaruriyati. 
Individual rivojlanish yoki ontogenez tiriklikning eng muxim xossasidir. 
Ontogenez yunoncha onton - mavjudot, genezis - rivojlanish suzlaridan olingan. 
Bu atama birinchi marotaba fanga 1866 yilda nemis olimi E.Gekkel tomonidan 
kiritilgan.Ontogenezning 3 tipi fark kiladi: 
1. Lichinkali rivojlanish – bu ontogenez tuxum xujayrasida sarik modda kam 
bulgan organizmlarda kuzatiladi. Ularning lichinkasi etuk shakldan uz tuzilishi bilan 
fark kiladi.
2. Lichinkasiz rivojlanish – bu ontogenez tuxumda oziq moddalar kup bulgan 
organizmlar (baliklar, reptiliyalar, kushlar)da kuzatiladi, yosh oranizmlar uz 
tuzilishiga kura etuk organizmlarga uxshaydi. 
3. Ona kornida rivojlanish – bu tipdagi ontogenez odamda va yuqori sut 
emizuvchilarda uchraydi. Organizmning xamma xayotiy funktsiyalari ona organizmi 
orkali amalga oshadi.
Ontogenez ikki boskichda kechadi – parenteral yoki embrional va posparenteral 
yoki tugilgandan keyingi davr (postembrional). 
Embrional davr tuxum xujayrasini spermatazoid bilan qushilishi ya’ni, 
zigotaning xosil bulishidan boshlanadi. Embrional davr zigota, maydalanish, blastula, 
gastrula, xomila varakalarining xosil bulishi, gisto va organogenez davrlariga 
bulinadi. 
Zigota – jinsiy xujayralarning qushilishidan xosil buladigan, yangi sifatga (irsiy 
ma’lumotga) ega bulgan kup xujayrali organizmlarning bir xujayrali davridir. Zigota 
davri juda qiska davom etib, bunda sitoplazma moddalarining qayta taqsimlanishi, 
qutblanishi va oqsil sintezi kuzatiladi. Zigota xosil bulgandan bir necha soatdan keyin 
maydalanish bosqichi boshlanadi. Zigotaning keyingi rivojlanishi uning mitoz yuli 
bilan bulinishidan boshlanadi. Lekin bulingan xujayralar usmaganligi uchun xosil 
bulgan xujayralarning ulchami tobora maydalanib boradi. Maydalanish blastulaning 



xosil bulishi bilan tugallanadi. Blastula sharsimon shaklda bulib, uning devori bir 
kavat xujayralardan tashkil topadi va blastoderma deb ataladi. Blastulaning ichi 
suyuklik bilan tulgan buladi. Xomilaning rivojlanishi davom etib, xujayralarning 
bulinishi va joyining almashishi natijasida asta – sekin gastrula boskichiga utadi. 
Xomilaning ikki kavatli boskichi gastrula bulib, uning xosil bulish jarayoni 
gastrulyatsiya deyiladi. Gastrulaning tashki kavatini ektoderma, ichki kavatini 
endoderma deb ataladi. Ektoderma va endoderma xomila varakalari deb aytiladi. 
Gastrula ichidagi bushlikni birlamchi ichak deb ataladi. U tashkariga birlamchi ogiz 
orkali ochiladi. Keyinrok gastrulaning uchinchi kavati mezoderma ekto va 
endoderma urtasida xosil buladi. Odamda gastrulyatsiya, delyaminatsiya va 
immigratsiya bilan kechadi. Uchunchi homila varag’i – mezoderma ekto – va 
endoderma orasida hosil bo’ladi.
Odamda mezoderma birlamchi ichakdan yon o’simtalar – cho’ntakchalar 
(tselomik qopchiq) hosil bo’lishi hisobiga shakllanadi. Demakda, odamda 
mezoderma entrotsel yo’l bilan hosil bo’ladi. TSelomik qopchiqlar birlamchi 
ichakdan ajralib, ekto – va entoderma orasiga o’sib kiradi va mezodermaga aylanadi. 
Mezodermaning nerv nayi va xorda yonidagi qismi (dorzal qismi) segmentlar – 
somitlarga ajraladi. Mezodermaning ventral qismi esa tselomik bo’shliqni o’rab 
turuvchi vistserlar va parietal qorin pardasiga aylanadi. 
Gistogenez – to’qimalar, organogenez – a’zolar shakllanishi jarayonlari-dir. 
Ektodermadan nerv to’qimasi, terining epidermis qavati va uning hosilalari 
rivojlanadi. Endoderma nafas sistemasi, hazm qilish sistemasi, siydik – tanosil 
sistemasini qoplovchi epiteliyni, jigar va me’da osti bezini hosil qiladi. 
Mezodermadan hosil bo’lgan somitlar uch qismga: 1) miotom (mushak 
to’qimasi hosil qiluvchi), 2) sklerotom (tog’ay, suyak va biriktiruvchi to’qima hosil 
qiluvchi) 3) dermatom (teri biriktiruvchi to’qimasini hosil qiluvchi) larga bo’linadi. 
Organogenez asosan embrional davr oxirida yakunlanadi. Lekin a’zolarning 
shakllanishi va takomillashuvi postnatal davrda ham davom etadi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling