Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
Kichik maktab yoshi: Kichik yoshdagi bolalar, boshlang’ich sinf o’quvchilari
o’zoq vaqt bir joyda o’tirmasligi, tik turmasligi, o’zoq masofaga yurmasligi, og’ir buyumlarni ko’tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir kunda ish bajarmasligi kerak. Bo’larning barchasi bolaning umurtqa pog’onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qaddi-qomati bo’zilishiga sabab bo’ladi. Bolaning o’qish va tarbiyasiga jamiyat hamda oila munosabati ham muhim. O’qituvchi bilan ota-onalarning bamaslahat ish ko’rishi samarali natija beradi. Ta’lim-tarbiya gigienasi oldida turgan vazifalarni hal etishda faqat gigienik tadqiqotlar va aqliy mehnatni o’rganishgina emas, balki xronobiologik, psixologiya erishgan zamonaviy fiziologik yutuqlarning uyg’unligi asosida ham yondashish 14 lozim. O’quv faoliyati gigienasi oldida turgan aniq vazifalardan biri darslarga bo’lgan quyidagi talabalarni bajarish: darsni to’g’ri tashkil qilish; darslar va tanafuslarning qancha davom etishini oqilona belgilash; o’quv kuni va hafta davomidagi darslarning umumiy sonini me’yorlashtirish; darslarni hafta va kun davomida oqilona taqsimlash; ta’tillar vaqti davomiyligiga rioya qilishdan iborat. Bolaning 6-7 yoshida maktabga borishi eng qiyin birinchi bosqich hisoblanadi. Bu bolaning majburiy sistematik o’qitish jarayonining o’ziga xos tomonlaridan iborat: darslar davomiyligi o’quv yilining birinchi yarmida 30 minut, ikkinchi yarmida 35 minutgacha qisqartirilishi lozim; 2-3 darsdan so’ng har kuni ochiq havoda turli o’yinlardan iborat mashg’ulotlar o’tkaziladi; maktabda o’zaytirilgan kun guruhlariga qoluvchi 1-2-sinf bolalari uchun 1,5-2 soatli, kunduzgi uyqu va 3 mahal ovqatlanish uyushtiriladi; eng o’zun va og’ir o’quv choragi 3-chorak o’rtasida qo’shimcha ravishda bir haftalik ta’til beriladi. Bizning mamlakatimizda bolalar 7 yoshdan boshlab o’qitiladi. 7 yoshli bolalar uchun ham o’qishning dastlabki davri mas’uliyatli hisoblanadi. 1-sinf o’quvchisi uchun 45 daqiqali dars haddan ziyod og’ir hisoblanadi. Dastlabki davrda 1-sinf o’quvchilari uchun kuniga 4 soat dars ham og’irlik qiladi. SHu sababli ular uchun o’qish davrining dastlabki oylarida darslar sonini yangi talabalarga muvofiq cheklash fiziologik jihatdan asoslangan. O’quvchilarni maktabga moslashish davrida bosqichma-bosqich tartibga rioya qilishlari o’rinlidir. Bu qoidalarga muvofiq 1-chorakda 30 daqiqali 3ta dars, 2-chorakda 30 daqiqali 4 ta dars va 4-chorakda 35 daqiqali 4ta dars o’tilsa bas. O’quv mashg’ulotlarining bu tarzda uyushtirilishi 1-sinf o’quvchisida fiziologik ko’rsatgichlarning yuqori darajada bo’lishi bilan birga, fanlarni yaxshi o’zlashtirishini ham ta’minlashni ko’rsatadi. O’quvchilarning ishlash qobiliyatini yuqori darajada o’zoqroq paytgacha davom etishini ta’minlash va tarbiyaviy vazifalarni hal etishda darslarni to’g’ri tashkil etish, o’quv faoliyatining asosiy turlarini aniqlash, ularning davomiyligi va bir-biriga to’g’ri muvofiqlashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar diqqat-e’tibori faol holatda 15-20 daqiqa davom etadi. Kichik yoshdagi bolalarning bu o’quv mashg’ulotlari kam mehnat talab etmaydi. Katta psixofiziologik va ko’z zo’riqishi bilan kechadigan harakatsiz holatni o’zoq vaqt saqlab turish talab etiladi. 1 va 2 sinflarda o’zluksiz o’qish davomiyligi 8-10 minutni tashkil etadi, 3- sinfga kelib 15 daqiqagacha o’zayadi. Mustaqil o’qishni darsning eng qiyin qismi sifatida dars boshi va o’rtasida o’tkazish hamda so’zlab berish, suhbatlashish va navbatma-navbat olib borish lozim. Yozuv ishlarini bajarish darsning tez charchatadigan xususiyatidir. SHu boisdan dam olmasdan 3-5 daqiqa yozib borish eng ma’qul yo’li hisoblanadi. Aks holda bolalarning qaddi-qomati bo’zilishi mumkin, shu sababli buni doim e’tiborda tutish lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling