Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Embirogenezning qaltis davrlari
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
Embirogenezning qaltis davrlari. Embriogenezning tashqi va ichki
ta’sirotlarga eng sezgir davri uning qaltis davri deb ataladi. Odam embirogenezning 3 ta qaltis davri tafovut etiladi: 1. implantatsiya (otalanishning 6-7 kuni); 2. platsentatsiya (homiladorlikning 2-haftasi); 3. homilaning tug’ilish davri. Postembionalning rivojlanishning to’g’ridan – to’g’ri va noto’g’ri xillari tafovut etiladi. Lichinkasiz va ona qornida kechuvchi ontogenezda to’g’ridan – to’g’ri, lichinkali ontegezda esa noto’g’ri postembrional rivojlanish kuzatiladi. Odamning postembironal ontogenezini quyidagi davrlarga bo’lib o’rganiladi: 1. Yuvenil davri (balog’atga etgunga bo’lgan davr). 2. Etuklik yoki pubertat davri (etuk, balog’atga etgan davr). 3. Qarilik davri. Odam ontogenezining davrlarga bo’linishi ayrim sistemalar: suyak, nerv, jinsiy sistemalarning shakllanishi, o’sishi, takomillashuvi bilan bog’liqdir. Odamda hayvonot olami vakillaridan farqli o’laroq yuvenil davri birmuncha uzoqroq kechadi. Chunki odam bu davrda faqat morfologik jihatdangina 9 takomillashmasdan, shaxs shakllanishi, sotsial muhitga moslashish kabi holatlarni ham boshidan kechiradi . Yuvenil davrining yana bir xususiyati tana uzunligi va masasining oshib borishi, ya’ni o’sishidir. Eng jadal o’sish bolaning tug’ilgandan keyingi birinchi yilida kuzatilib, bir yilda bola 20-25 sm ga o’sib, og’irligi uch marta oshadi. O’sish jarayoniga tashqi muhit omillari: ovqatning sifati, vitaminlar miqdori, kislorod, muhit harorati, yorug’lik kabilarning ta’siridan tashqari ichki sekretsiya bezlari gormonlarining ta’siri ham juda katta. Gipofizning oldingi qismida o’sishni jadallashtiruvchi somatotrop gormon (STG) sintezlanadi. Bu gormon asosan suyak va mushak hujayralariga ta’sir etib, ularning o’sishini ta’minlaydi. Gipofizning gipofunktsiyasida STG gormoni sintezlanishi natijasida pakanalik (nanizm) kelib chiqadi. Aksincha, STG ko’p miqdorda sintezlansa, gipofizlar gigantizm rivojlanadi. Jinsiy balog’atga etish bilan STG gormoni sintezlanishi susayadi. Agar gormon miqdori etuk organizmda ko’payib ketsa, ayrim a’zolarda patologik o’sish kuzatiladi va akromegaliya xastaligi kelib chiqadi. Akromegaliyada qo’l – oyoq va yuz suyaklari yiriklashib, o’sib ketadi. Qalqonsimon bez gipofunktsiyasi organizmdagi umumiy modda almashinu-vini susaytiradi, nerv sistemasi qo’zg’aluvchanligi pasayib ketadi, reflekslar hosil bo’lish jarayoni sekinlashib qoladi. Agar ana shu holat yosh bolalarda kuzatilsa, o’sish va balog’atga etish jarayonlari susayadi, tanadagi a’zolar proportsiyasi buziladi, ruhiy, aqliy rivojlanish orqada qoladi, ya’ni kretinizm xastaligi kuzatiladi. Keyingi yillarda bolalar va o’smirlarda o’sish rivojlanishning texlashuvi, ya’ni akseleratsiya kuzatilmoqda. Akseleratsiya homila davrida ham kuzatilmoqda. Buning natijasida organizmlarning o’sishi birmuncha erta to’xtaydi. Hozirgi vaqtda qiz bolalarning o’sishi 16-17 yoshda, o’g’il bolalarning o’sishi esa 18-19 yoshda to’xtamoqda. Akseleratsiya sabablarini aniqlovchi bir qancha nazariy dalillari fanda ma’lum. Ana shulardan biri ovqatlanishning yaxshilanishi, vitaminlarning etarli miqdorda qabul etilishi, ikkinchisi esa Er magnit maydonida radiatsiya darajasining ko’payishidir. Akseleratsiya tufayli odam bo’yining o’rtacha uzunligi erkaklar uchun 167-168 sm, ayollar uchun esa 156-157 sm deb qabul qilingan. Odam tug’ilgandan boshlab to 16 yoshgacha bolalik davri hisoblanadi, bu davrning o’zi bir necha davrlarga bo’linadi: CHaqaloqlik davri - tug’ilgandan 1 oylikgacha bo’lgan davr Emadigan davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha bo’lgan davr Maktabgacha tarbiya yoshi - 2 yoshdan 6 yoshgacha Kichik maktab yoshi - 7 yoshdan 11 yoshgacha O’rta maktab yoshi - 12 yoshdan 14 yoshgacha Katta maktab yoshi - 15 yoshdan 17 yoshgacha Oilada farzandning dunyoga kelishi ota-onaga bir olam quvonch baxsh etishdan tashqari, uning zimmasiga yangidan-yangi vazifalarni, yuklaydi, shu sababdan ota- onalar bolani parvarish qilish xaqida ko’p narsalarni bilib, o’rganib olishlari kerak. Inson farzandini tarbiyalash va voyaga etkazish juda ham mashaqqatli ishdir. Hayot shuni ko’rsatmoqdaki, bolalar o’limining 65-70 % farzand tug’ilgandan keyingi 10 birinchi oyda sodir bo’lmoqda. Bu esa yosh farzandning ona organizmidan keyin yashashga moslashishining qiyin bo’lganligi va bu davrda ayrim onalarning farzand tarbiyalash tug’risida bilimi hamda tajribasi bo’lmaganligining oqibatidir. Shuning uchun ham yosh onalar farzandining dastlabki 12 oy davomida tarbiyasiga va parvarish qilishiga katta e’tibor berishi lozim. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling