Raximov X. “Valeologiya asoslari”


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/49
Sana13.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1353695
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
Bog'liq
valeologiya asoslari

Toksikomaniya. 
 
Toksikomanlar yuridik jihatdan narkotik preparatlarga kirmaydi, lekin unga 
o’rganib qoladi. Toksikoman preparatlar guruhiga: a) psixoleptik (seduksen, elenium, 
tezepam, trioksazin, meprobanat); b) psixonaleptik (sidinofen, atsefen) va b) boshqa 
stimulyatolarga (fenamin, benzidrik, kofe, choy)kiradi. 
Nerv sistemaning qo’zg’aluvchanligini oshirish uchun yoki charchaganda, 
ishchanlik qobiliyat kamayganida, uyquni qochirish uchun fenomin yoki 
benzdrinpreparatlarini qabul qilib, ko’pincha narkomaniya rivajlanadi. Ba’zan odam 
kofe yoki achchiq choyni ichib taksikoman bo’lib qolishi mumkin. Kofe yoki achchiq 
choy ichmasa uyqusizlik, bosh og’rig’i, qo’rqinchli tush ko’rish, qaltirash xolatlari 
sodir bo’lish mumkin. Achiq choy (chivir) ichgandan 30 – 40 minut o’tgach “mast 
bo’lish” yaxshi kayfiyatni ko’tarilish qo’zg’aluvchanlikning ortishi kuzatiladi. Ish 
qobiliyatining ortishi, charchog’likning qolishi mumkin. Chivirni surunkali qabul 
qilish oqibatida uyqu, psixikaning buzilishi, qiziqishni kamayishi vujudga keladi. 
Polinarkomaniya. 
Polinarkomaniya ikkita undan ortiq narkotik moddani qabul qilishdir. Odam 
alkogol bilan birga narkotik modda qabul qilishi mumkin. Masalan alkogolizm Q 
chekish Q morfinizm, yoki alkogolizm Q nashavandlik Q tamaki chekish. Ba’zilar 
alkogolni ichida so’ng tamaki chekadi, undan so’ng uyqudori ham qabul qiladi. 
Polinarkmanlar og’ir bemorlar hisoblanadilar. Narkotik moddalar bilan uyqu dorisini 
ichganda bo’g’inlarda qattiq og’ri, qaltirash, ishtaxaning pasayishi, psixoz yuzaga 
keladi. Bemorlar ta’sirchan, tajavuzkor, xotirasi sust, ishchanlik qobilyati pasaygan 
bo’lib qoladilar. Ba’zan narkomanlar alkogol bilan nasha chekadilar. Bunday 
bemorlar ingraydi, baqiradi, qo’rqadi, o’zini o’zi o’ldirmoqchi bo’ladilar. Opiy bilan 
uyqu dori ichsa haddan tashqari hursandlik, sergaplik va boshqalar vujudga keladi, 
so’ng tajavvuzkor bo’lib qoladilar.
Psixostimulyator vositalarga: “ekstazlar”, kokain, galyutsionagenlar kiradi. 
Ekstazlar – keyingi vaqtlarda ko’proq qo’llanila boshlandi. Ko’proq ekstaz qabul 
qilinganda tana harakati faollashadi, xarorat oshadi va issiqlikka chalinib sodir 
bo’lishi mumkin. 
Kokain qabul qilinganda yurakda aritmiya sodir bo’ladi, odam to’satdan o’lib 
qoladi. 
Gallyutsionagenlar kanopga o’xshab kayf beradi. Bu moddalar psixozni 
keltirib chiqaradi.
Uchuvchi moddalarga – kimyoviy erituvchilar, benzin, kley, bo’yoqlar va 
boshqalar kirib, ularni xidlashadi. Bu moddalar bosh miya jigar, o’pka xujayralarini 
o’ldiradi. 
Tamaki tarkibidagi nikotin va spirtli ichimliklar tarkibidagi etanol – etil spirti 
xam narkotik moddalarga kiradi. Bu moddalar ta’siridan ham odam kayf qiladi. 


51 
Alkogolni istemol qilishganda turli darajadagi zaharlanish vujudga keladi. 
Birinchi darajadagi mast bo’lishda qo’zg’olish, eyforiya, tetiklik, harakatlarning 
tormozlanish xolatlari sodir bo’ladi. Bunda qizarish, pulsni tezlashuvi, ishtaxani 
ochilishi, bazi hollarda jinsiy faoliyatning ortishi kuzatiladi. 
Odam sahiy, tetik sergap, maqtanchoq bo’lib qoladi. Miya po’stlog’idagi nerv 
markazlar tormozlanadi. 
Ikkinchi 
stadiya 
markaziy 
nerv 
sistemasining 
tormozlanishi 
bilan 
xarakterlanadi. Bunda umumiy quvvatsizlik, fikrlash tempini kamayishi, nutqning 
buzilishi, muskul xarakatlarining kordinatsiyasining buzilishi va boshqalar vujudga 
keladi.
Uchinchi daraja ongning chuqur buzilishi, xushdan ketish bilan xarakterlanadi. 
Komada yoki xushidan ketganda yuzi qizarishi so’ng ko’karib ketishi sodir bo’ladi. 
Ko’z qorachig’i keskin torayadi, nafasi sekinlashadi, pulsi susayadi, yurak sekin 
uradi. 
Shuni aytish kerakki, narkomanlarda jigar xastaligi ko’plab uchraydi. Sababi 
narkotik mahsulotlarni ko’knoridan tayyorlashda turli xil kimyoviy erituvchilardan – 
atseton, erituvchilardan toluol, benzol, sirka angidridni kabilardan foydalaniladi. Ular 
organizm uchun, ayniqsa jigar uchun hujayra va to’qimalari uchun o’ta zaharli 
hisoblanadi. Bu moddalar bir tomondan jigarni ishdan chiqarishi bilan jigar 
xastaligini keltirib chiqaradi. Jigarda zaharli modda 1,5 foizgacha saqlanadi. 
Narkotiklarda ko’pincha gepatit (toksik) – sariq kasallikni keltirib chiqaradi. Yuqumli 
A, B turdagi gepatit kasalligini sog’ayishini uzaytirib yuboradi. Narkotiklar bundan 
tashqari jigardagi oqsil sintezini jigarda qonning ivishida qatnashish funktsiyasini 
buzadi. Muskul tonusi pasayadi. Ba’zan epilepsiya vujudga kelib, siydik ayrish 
ixtiyorsiz bo’ladi. Odam qusadi, ichki organlari zarar ko’radi. Og’ir mastlikdan so’ng 
odam xech narsani eslamaydi. Alkogol odam organizmida 8 – 20 kungacha saqlanib 
turadi. Bunday bemorlar og’ir zaharlangan hisoblanadi. 
Nazorat savollari. 
1. Giyohvand moddalar tariхi haqida ma’lumot bеring. 
2. Giyohvand moddalarning olish usullari haqida nima bilasiz? 
3. Qora dori (opiy) olish usulini bilasizmi? 
4. Kanopning turli navlaridan olinadigan prеparatlar organizmga qanday ta’sir etadi. 
5. Morfiy prеparatini ta’siri haqida nima bilasiz? 
6. Kokoinli va nasha narkomanligi haqida ma’lumot bеring. 
7. Toksisomaniya nima? 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling