Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI.
Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalligining) oldini olish to’g’rsida. 1 modda. Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalligining) oldini olish tug’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari. Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish tug’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa hujjatlaridan iborat. Agar O’zbekiston Respublikasining halqaro shartomasida odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalliging) oldini olish tug’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, halqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi. 2 modda. Asosiy tushunchalar. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: OIV kasalligi-odamning immunitet tanqisligi virusi oqibatida kelib chiqqan o’ta xavfli yuqumli kasallik: OIV kasalligi yuqtirganlar-odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirgan shaxslar: OITS-orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi, oiv kasalligining terminal (so’nggi) bosqichi. 68 3 modda. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning OITS OIV kasalligi yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o’tish xuquqi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O’zbekiston Respublika xududida yashayotgan yoki turgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ismi sharifini sir saqlagan xolda ixtiyoriy ravishda OITS OIV kasalligi yuqqan-yuqmaganligi aniqlash maqsadida anonim tibbiy tekshiruvdan o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasining S.S. Vazirligi tomonidan belgilangan va u e’lon qilinishi lozim. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling