Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
4 modda. OITS OIV kasalligini oldini olish soxasidagi davlat ta’minoti.
Davlat: Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning oldini olish chora- tadbirlari tug’risida aholini xabardor qilinishini, OITS OIV kasalligini oldini olish, tashxis qo’yish va davolash vositalari etkazib berilishini, shuningdek tashxis qo’yish, davolash va ilmiy maqsadlarda qo’llaniladigan tibbiy preparatlar, biologik suyuqliklar, organlar va tuqimalarning xavfsiz bo’lishi ustidan nazorat qilinishi; O’zbekiston Respublikasi xududida OITS OIV kasalligini tarqalishi ustidan epidemologik nazorat o’rnatilishini; OITS OIV kasalligini yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o’tkazishning xavfsiz, ismi-sharifi sir saqlangan xolda va anonim tarzda bo’lishini; Axoli tibbiy tekshiruvidan bepul o’tkazilishini va OITS OIV bemorlarni bepul davolanishini; OIV kasalligi muamolari bo’yicha tadqiqotlar rivojlantirilishni; OIV kasalligi tarqalishini oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mutaxasislar tayyorlanishni ta’minlaydi. 5 modda. OITS OIV kasalligini oldini olish faoliyatini moliyalash. OITS OIV kasalligini oldini olishga doir faoliyat davlat byudjeti mablag’lari, fondlar, yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyoriy badallari, boshqa manbalar xisobidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 6 modda. OITS OIV kasalligini yuqtirganlarning aniqlashni oqibatlari. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarida OITS OIV kasalligi aniqlangan taqdirda, ular qon, biologik suyuqlik, organlar va to’qimalarning donori bo’la olmaydilar. OITS OIV kasalligini yuqtirganlar tibbiy tekshiruv ostida bo’lishlari shart. O’zbekiston Respublikasi xududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarda OIV kasalligi aniqlangan taqdirda, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishlari mumkin. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling