Raximov X. “Valeologiya asoslari”


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/49
Sana13.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1353695
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
valeologiya asoslari

7 modda.  Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirganlik uchun 
javobgarlik. 
O’zida OITS OIV kasalligi mavjudligini bilgan shaxsning boshqa shaxsni 
ataylab shu kasallik virusini yuqtirish xavfi ostiga qo’yishi yoki uni yuqtirishi qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi. 
8 modda. Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalliliga yuqqan shaxslarning 
sog’ligiga etkazilgan zararni qoplash. 


69 
Tibbiyot xodimlari va xizmat ko’rsatish soxasi xodimlarining o’z xizmat 
vazifalarini lozim darajada bajarmaslikgi oqibatida odamning immunitet tanqisligi 
yuqqan shaxslarning sog’ligiga etkazilgan zararni qoplash qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
9 modda. OITS OIV bilan kasallangan shaxslarning hamda ular olia a’zolarni 
huquqlari va ijtimoiy muxofazasi. 
Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirgan hamda OITS bilan 
kasallangan shaxslar o’zlariga insoniy munosabatda bo’linishi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda bepul tibbiy yordam ko’rsatilishi va ijtimoiy ta’minlanishi 
huquqiga egadirlar. 
16 yoshga to’lmagan shaxslar har oyda eng kam oylik ish haqi miqdorida davlat 
nafaqasini olish va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nogirno bolalar 
uchun belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqga egadirlar. 
OIV kasalligini yuqtirgan yoki OITSga duchor bo’lgan bolalarning ota-onasi 
ularning o’rnini bosuvchi shaxslar yosh bolalari bilan statsionarda bo’lish hamda shu 
paytda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz 
nafaqasini olgan xolda ishdan ozod bo’lib turish huquqiga egadirlar. 
10 modda. OIV kasalligi yuqtirgan va OITSga duchor bo’lgan bemor 
huquqlarini kafolatlari. 
OIV kasalligini yuqtirgan va OITS-ga duchor bo’lgan bemorlarda OITS OIV 
kasalligi mavjudligiga asoslanib ular bilan mehnat shartomasini bekor qilish, ular 
ishga qabul qilinishlari (O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi 
belgilangan ro’yxatdagi ayrim kasbiy faoliyatlar bundan mustasno) ta’lim 
muassasalari hamda tibbiy yordam ko’rsatuvchi muassasalarga qabul qilishdan bosh 
tortish, hamda ularning boshqa huquq va qonunini manfaatlari cheklash, xuddi 
shuningdek ular oila a’zolarining turar joy huquqlari, boshqa huquq va qonuniy 
manfatlarini cheklash ta’qiqlanadi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling