Raximov X. “Valeologiya asoslari”
OITSning klinik belgilari
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
OITSning klinik belgilari.
Kasallikning o’tkir rivojlanish davrida 25-50% bemorlarda 3 kundan to 10 kungacha tana harorati 39 0 dan yuqorida bo’lib angina, bezgak ko’zatiladi, bo’yin limfa bezlari, jigar va taloq kattalashadi, terisiga toshma toshadi. Bemorda kasallik bir necha turda rivojlanadi: 61 1. Kasallikning o’pka to’rida bemorda pnevmotsistli zotiljam rivojlanib, o’pkaning ikkala bo’limi o’tkir yallig’lanadi, kasallik og’ir kechadi, nafas olish susayadi, nafas olganda ko’krak qafasi og’riydi. 2. OITSning me’da-ichak kasalligi turida surunkali ich ketish, og’iz bo’shlig’ida, qizil o’ngachda o’tkir yallig’lanish va ovqatning yaxshi o’tmasligi ko’zatiladi. Bemorning vazni kamayadi, ko’krak qafasida og’riq paydo bo’lib ichidan qon ketadi. 3. OITS kasalligida markaziy asab sistemasi zararlansa, bemorning asabi bo’zilib eslash qobiliyati susayadi. Bemorni xolsizlanish, bosh og’riq, ko’ngil aynishlar bezovta qiladi va muskullarida atrofiya ko’zatiladi. Bemorlarning kaftida, barmoqlarida va oyog’ida sezuvchanlik yo’qoladi. 4. Teri kasalligi turida-Sarkoma Kaposha (terining rak kasalligi) ko’zatiladi. Sarkoma Kaposha kasali 1872 yilda dermatolog M.Kaposha tomonidan aniqlanib yozilgan. Bu o’ta hafli kasallik bo’lib hisoblanadi. Kasallikning endimik turi Afrikada 1960 yilda ko’zatilgan. Afrika xududida bu kasallik amerikaga nisbatan ko’proq uchraydi. Kasallikning epidemik formasi 1980 yilda OITS bilan kasallangan yosh gomoseksualist erkaklarda ko’zatilgan. Bemorning terisida, limfa bezlarida, me’da-ichak va o’pkasida dog’lar yoki bo’rtmachalar toshmalar paydo bo’ladi. Bu suvli bo’rtmachalar to’qima va suyakkacha chuqurlashib boradi, hamda qattiq og’riq bo’lib, qon ketadi. Sarkoma Kaposha kasalligiga davo topilmagan. 5. YUrak mushaklari shikastlanish turi. 6. Buyrak kasalligi turi. 7. To’sh va qovurg’a suyaklarining qon ishlab chiqarish faoliyati har xil xavfli rivojlanish turi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling