Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
Patogenezi. OITSning virus odam organizmiga kirib T-limfotsitlar xelperlarga
zararli ta’sir qiladi, natijada T-xelperalarning faoliyati susayadi va keyin ular halok bo’ladi. Ma’lumki, T-limfotsitlar xelperlar-odam organizmi immun sistemasida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Sog’lom organizmning immun sistemasi odatda atrof muhitdagi va odam ichidagi har xil mikroblar, viruslar, zamburug’lar va sodda bir hujayrali jonivorlarning hujayralaridan saqlab shu bilan birga xatarli o’sma (rak) hujayralarining juda murakkab va ishonchli himoya vositasidir. OIV aynan shu T-limfotsit-xelperlarga hujum qiladi, ularni qirib, organizmda immunitet tangligi holatiga sabab bo’ladi. Natijada ilgari zarar qilolmayotgan har xil saprofit mikroorganizmlar hujumga o’tadilar va turli-tuman kasalliklar rivojlanishiga sabab bo’ladi. SHu kabi ilgari ko’paya olmayotgan rak hujayralari ham bunday qulay vaziyatda tez sur’at bilan ko’paya boshlaydi. OIV genomi T-limfotsit hujayra tsitoplazmasi ichiga kirgach, virus RNK-sidan axborot teskari transkriptaza yordamida DNK-ga kuchirib yoziladi. Keyin hosil bulgan bir zanjirli DNK usha ferment yordamida o’zini ikkinchi zanjirini hosil qiladi. Bu chiziqli oraliq DNK yadroga kuchiriladi, bu joyda halqa shaklini oladi va hujayra DNK-siga joylashib DNK-provirusga aylanadi. Boshqa sekin yuquvchi viruslar kabi OIV-ni provirusi tashuvchi sifatida odam organizimida uzoq vaqt kasallikni kilinik belgilarisiz saqlanadi. OIV provirusi fa’olashgandan keyin OITS patoginezi haqida gapirish mumkin. Provirusni fa’olashtiruvchi omillar turli xil antigenlardir. Antigen tasiri ostida virus kupayadi. SHunday qilib, T-xelperlar virusga xizmat qiladi. Organizmda T-limfotsitlar soni kamayib ketadi, qolganlar-ning faoliyati susayadi. Klinikasi. OITS-ning klinik rivojlanishi bir necha davrlarga bo’linadi: 1.Kasallikni yashirin (inkubatsion) davri, 2-3 haftadan 1-2 oygacha va ayrim ma’lumotlarga qaraganda 3-5 yilgacha davom etishi mumkin. Kasallik jinsiy yo’l bilan yuqsa yashirin davri qisqa bo’ladi. Gomoseksualistlarda yashirin davr 8 yilgacha davom etadi. 60 2.Kasallik boshlanishidan oldingi davr 1 oydan 6 oygacha bo’lib nospetsefik ko’rinishda kechadi. Bu davr o’z navbatida 3 bosqichdan iborat: a. O’tkir lixoradka bosqichi. b. Belgisiz bosqichi. c. Limfoadenopatiyaning kuchayish bosqichi. 3. Kasallikning o’tkir rivojlangan davri. Bu davr esa o’z navbatida uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda tana o’z massasini 10% yo’qotadi, teri va shilliq qavatlarning ustki qismi zamburug’ virus va bakteriyalar bilan zararlanadi. Ikkinchi bosqichda tana massasi 10%dan ko’p yo’qotadi, noma’lum diareya yoki lixoradka 1 oygacha davom etadi, o’pka tubirkulyozi, ichki organlarni bakteriya, virus, zamburug’lar bilan zararlanishi Kaposhe sarkomasining vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Uchunchi bosqichda yuqoridagi kasalliklarning og’irlanishi pnevmoniya, hazm qilish sistemasining kandidoz, Kaposha sarkozasining kuchayishi, markaziy nerv sistemasining zararlanishi. 4. Kasallik tugallanish davri. OITSning klinikasi har turli opportunistik (yondosh) infektsiya va invaziyalar hamda xatarli o’sma kasalliklarning simptomlari bilan xarakterlanadi. YA’ni OITSning o’ziga xos alohida simptomlari yo’q. Organizmda qanday mikroorganizmlar hujumga o’tgan bo’lsalar, o’shalar qo’zg’atadigan kasalliklar simptomlari paydo bo’laveradi. OITSning yaqqol ko’zga tashlanadigan simptomlari paydo bo’lgunga qadar prodroma alomatlari ko’rinadi. Prodroma isitma, diareya, limfoanlenopatiya, darmon qurish, anemiya, dipressiya, teri va shilliq pardalarda har turli yiringli kasalliklar rivojlanishi va bemorning azob chekishi bilan ta’riflanadi. Bemorning darmoni qurishi, vazni kamayishi, terlashi bilan bir qatorda limfa tugunlarining kattalashuvi OITSning dastlabki belgilari hisoblanadi. OITS umuman asta-sekin boshlanadi. SHu sababdan inkubatsion davr bilan prodroma alomatlari boshlangan kunni aniqlash qiyin. Ikkinchi tomondan, prodroma qachon tugashi va kasallikning asosiy simptomlari boshlanishini bir-biridan ajratish ham qiyin. Bu davrning keyingi bosqichlarida yuqoridagi ko’rinishlarga og’iz bo’shlig’ida zamburug’lari paydo bo’lishi, temirtki, umumiy qichima, teri kasallikgi va Kaposha sarkomasi kabi xafli kasalliklar qo’shiladi. OITSning shu ko’rinishlarining hammasi kasallikning o’tkir, klassik manzarasi namoyon bo’lishiga olib keladi, bu holat bemorda T-hujayrali immun tarmog’ining tanqisligi bilan bog’langan. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling