Mavzu: oits. Reja: Kirish oits/oiv. Oiv ning yuqish yo`llari. Oiv yuqishining oldini olish chora-tadbirlari


Download 69.44 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi69.44 Kb.
#1507428
  1   2   3
Bog'liq
OITS


Mavzu: OITS.


Reja:
Kirish

  1. OITS/OIV.

  2. OIV ning yuqish yo`llari.

  3. OIV yuqishining oldini olish chora-tadbirlari.

Xulosa
Foydalanilgan adabyotlar

Kirish

Keyingi yillarda anesteziologiya va reanimatologiya usullarini takimillashtirish bo'yicha qator yangi nazariy va amaliy ma’lumotlarga ega bo'lindi.Tibbiyot bu sohasining keskin rivojlanib borishi darslikni qayta ishlab, zarur to'ldirishlarni kiritish uchun asos bo'ldi. Darslikning 2- nashrini yaratishda I- nashri yuzasidan o'qituvchi va talabalaming bildiriIgan fikrlari, talab va istaklari hisobga olindi; darslik namunaviy dastur asosida qayta ishlanib yangi ma’lumotlar bilan to idirildi, ayrim mavzular qayta yozildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining „Tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini takomillashtirish" to'g'risidagi 2009- yil 21 maydagi 1114-sonli qarori shifoxonagacha bo'lgan shoshilinch tibbiy yordam tizimini yaxshilash vazifalarini belgilab berdi. Bu o'z navbatida tibbiyot oliy o'quv yurtlari zimmasiga umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlashda anesteziya va reanimatsiyaga oid amaliy ko'nikmalarni aynan talabalik yillarida o'rgatish majburiyatini ham yuklaydi. Shular asosida Davlar Ta’lim Standartlari talabidan kelib chiqib, darslikda ekstremal holatlarda malakali anesteziologik, reanimatsion va shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish uchun umumiy amaliyot shifokorining anesteziya va reanimatsiyaning zarur amaliy ko'nikmalarini egallashiga oid mavzularga keng o'rin berildi.




1. OITS/OIV
OIV - оdam immuntanqislik virusi;
OIV yuqtirganlar – odam immuntanqislik virusi bilan zararlanganlar;
OIV infeksiyasi - odamga OIV yuqishi natijasida vujudga keladigan o`ta xavfli yuqumli kasallik;
OITS – Odam immunitet tanqislik sindromi, OIV infeksiyasining terminal (og`irlashgan) davri.
OIV infeksiyasi kasalligi va OITS keyingi 30 yil davomida jahonning barcha mamlakatlari aholisi o`rtasida tarqalib, yildan-yilga to`xtovsiz ko`payib, millionlab odamlar sog`lig`i va umriga zomin bo`lmoqda.
Ma`lumotlarga qaraganda, 2008 yil oxirida yer yuzida OIV infeksiyasi, OITS bilan kasallangan odamlar soni 30 milliondan oshgan.Ularning ko`p qismi Afrika, Amerika qit`asiga, Yevropa, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga to`g`ri keladi.
O`zbekiston Respublikasi dunyodagi OIV/OITS eng kam tarqalgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Shunday bo`lsada, bu bedavo dard bilan xastalanganlar soni ko`payishining oldini olish uchun mamlakatimiz hukumati xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan tartib-qoidalar doirasida, OIV/OITS tarqalishining oldini olishga qaratilgan keng ko`lamli chora - tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Buning boisi shundaki, dunyo mamlakatlarida OIV ni o`ziga yuqtirganlar va OITS bilan kasallanib, hayotdan ko`z yumayotganlar soni to`xtovsiz ko`payib borayotgani, bizning mamlakatimiz va xalqimiz tinchligi va osoyishtaligiga ham xavf-xatar solayapti. Chunki, respublikamiz jahonning ko`plab mamlakatlari bilan chambarchas aloqada. Hamyurtlarimiz xorijga borib-kelishayapti, xorijliklar yurtimizga kelib ketayapti. Shuning uchun, doim-hushyor, ogoh bo`lishimiz lozim. Bu masalada beparvolik, e`tiborsizlik, mas`uliyatsizlikka aslo yo`l qo`yib bo`lmaydi.
OIV – odam immuntanqislik virusiga qarshi dunyoning hech qaysi mamlakatida vaksina ishlab chiqarish usuli bugungi kungacha topilgan emas. Bu borada jahonda ko`plab ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari izlanish olib bormoqdalar, ammo hozircha natija yo`q. OIV yuqishi natijasida yuzaga keladigan OIV infeksiyasi va OITS kasalligini davolash masalasi ham dunyo miqyosidagi o`ta murakkab muammo bo`lib qolmoqda. Masalan, AQSh da OITS bilan kasallangan bir nafar bemorni davolash uchun 50-75 ming dollar mablag` sarflanar ekan.
Ko`rinib turibdiki, OIV infeksiyasi kasalligi dunyoda global muammo hisoblanadi. Shu bois, asosiy e`tibor OIV yuqishining oldini olishga qaratilishi lozim. Buning uchun har bir odam, o`smirlik yoshidagi maktab o`quvchisidan tortib, to keksa yoshdagilargacha, OIV ning yuqish yo`llarini mukammal bilishi zarur. Infeksiyaning yuqish yo`llarini yaxshi bilgan odam, albatta virusni o`ziga yuqtirmaslik chorasini ko`radi. Virusni o`ziga yuqtirmaslik chorasi-ni ko`rish bilan birga, bu haqda u o`zining yaqinlariga ham tushuntiradi, ularni ogoh qiladi.
Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tomonidan 1988 yilda “1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash”kuni deb belgilangan.
O IV - odam immuntanqislik virusi. Uning sog` odamga yuqishi tufayli, OIV infeksiyasi kasalligi va uning terminal (og`ir) davri OITS – orttirilgan immunitet tanqislik sindromi vujudga keladi.


Mazkur virusni dunyoda birinchi bo`lib, ikki guruh olimlar, bir-birilari bilan bog`lanmagan holda, Fransiyada Paster nomidagi Parij instituti professori Lyuka Montan`e boshchiligidagi olimlar guruhi va AQSh da professor Robert Galo rahbarligidagi olimlar guruhi1983 yilda aniqlaganlar.
Fransiya olimlari virusni OITS bilan kasallangan bemorning limfa tugunlarida, AQSh olimlari esa virusni OITS bilan kasallangan bemorning qonidagi limfotsitlarda (oq qon tanachalarida) aniqlaganlar.
Bu ikki guruh olimlar tomonidan aniqlangan “odamda im-muntanqislik holatini” vujudga keltiradigan virusning genetik tuzilishi bir xil bo`lgani uchun, Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining maxsus qarori bilan, mazkur virusga “Odam immuntanqislik virusi” – “OIV” deb nom berildi.
Ma`lumotlarga ko`ra bu virus ko`p asrlar davomida maymun tanasida yashab, unda kasallik qo`zg`atgan. Lekin odamda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`lmagan. Tashqi muhitning ekologik o`zgarishlari ta`sirida virus mutatsiyaga uchrab, u odamda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`lgan.
Bu virus boshqa viruslar singari hujayraviy tuzilishiga ega emas. U nuklein kislota (DNK yoki RNK) va oqsil moddadan tashkil topgan.
Virus yashashi, rivojlanishi, ko`payishi uchun zarur bo`lgan ashyoni tekinxo`rlik bilan odam organizmidan, aniqrog`i, limfa tugunlari, T-Limfotsitlar va Monotsitlardan (oq qon tanachalaridan) oladi.
Virusning hajmi juda mayda: 100-120 nm. Bir tiyinlik tanga maydoniga–bir necha million virus joylashishi mumkin.
Virus juda tez ko`payib, bir kunda taxminan bir milliardgacha ko`payishi mumkin.
Virus tashqi muhit ta`siriga chidamsiz. U bilan zararlangan buyumlarni 100 darajada qaynatganda 15 minutda, 56 darajada isitganda 30 minutda o`ladi.
Virus dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar ta`siriga chidamsiz: u 70 foizli etil spirti, 5 foizli xloramin, 6 foizli peroksid vodorod, atseton ta`sirida shu zahotiyoq o`ladi.
Ammo, virus sovuq ta`siriga nihoyatda chidamli: u muzlatilgan qon zardobida 10 yilgacha saqlangani ma`lum.
Ta`kidlash lozimki, 2008 yil 10-dekabr kuni 2008-yilning Nobel mukofoti sovrindorlari taqdirlandi. Tibbiyot sohasida Fransiya olimlari Lyuka Montan`e va Fransuaza Barr OITS ni vujudga keltiruvchi virusning tarkibiy qismlarini aniqlashda qilgan xizmatlari uchun Nobel mukofoti sovrindori bo`lishdi.

Download 69.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling