Mavzu: oits. Reja: Kirish oits/oiv. Oiv ning yuqish yo`llari. Oiv yuqishining oldini olish chora-tadbirlari


Download 69.44 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi69.44 Kb.
#1507428
1   2   3
Bog'liq
OITS

2.OIV ning yuqish yo`llari.
Mazkur virusni dunyoda birinchi bo`lib, ikki guruh olimlar, bir-birilari bilan bog`lanmagan holda, Fransiyada Paster nomidagi Parij instituti professori Lyuka Montan`e boshchiligidagi olimlar guruhi va AQSh da professor Robert Galo rahbarligidagi olimlar guruhi1983 yilda aniqlaganlar.
Fransiya olimlari virusni OITS bilan kasallangan bemorning limfa tugunlarida, AQSh olimlari esa virusni OITS bilan kasallangan bemorning qonidagi limfotsitlarda (oq qon tanachalarida) aniqlaganlar.
Bu ikki guruh olimlar tomonidan aniqlangan “odamda im-muntanqislik holatini” vujudga keltiradigan virusning genetik tuzilishi bir xil bo`lgani uchun, Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining maxsus qarori bilan, mazkur virusga “Odam immuntanqislik virusi” – “OIV” deb nom berildi.
Ma`lumotlarga ko`ra bu virus ko`p asrlar davomida maymun tanasida yashab, unda kasallik qo`zg`atgan. Lekin odamda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`lmagan. Tashqi muhitning ekologik o`zgarishlari ta`sirida virus mutatsiyaga uchrab, u odamda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`lgan.
Bu virus boshqa viruslar singari hujayraviy tuzilishiga ega emas. U nuklein kislota (DNK yoki RNK) va oqsil moddadan tashkil topgan.
Virus yashashi, rivojlanishi, ko`payishi uchun zarur bo`lgan ashyoni tekinxo`rlik bilan odam organizmidan, aniqrog`i, limfa tugunlari, T-Limfotsitlar va Monotsitlardan (oq qon tanachalaridan) oladi.
Virusning hajmi juda mayda: 100-120 nm. Bir tiyinlik tanga maydoniga–bir necha million virus joylashishi mumkin.
Virus juda tez ko`payib, bir kunda taxminan bir milliardgacha ko`payishi mumkin.
Virus tashqi muhit ta`siriga chidamsiz. U bilan zararlangan buyumlarni 100 darajada qaynatganda 15 minutda, 56 darajada isitganda 30 minutda o`ladi.
Virus dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar ta`siriga chidamsiz: u 70 foizli etil spirti, 5 foizli xloramin, 6 foizli peroksid vodorod, atseton ta`sirida shu zahotiyoq o`ladi.
Ammo, virus sovuq ta`siriga nihoyatda chidamli: u muzlatilgan qon zardobida 10 yilgacha saqlangani ma`lum.
Ta`kidlash lozimki, 2008 yil 10-dekabr kuni 2008-yilning Nobel mukofoti sovrindorlari taqdirlandi. Tibbiyot sohasida Fransiya olimlari Lyuka Montan`e va Fransuaza Barr OITS ni vujudga keltiruvchi virusning tarkibiy qismlarini aniqlashda qilgan xizmatlari uchun Nobel mukofoti sovrindori bo`lishdi.
OIV ning yuqish yo`llari.
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishda OIV ning yuqish yo`llarini mukammal bilish muhimdir. Chunki, virusning odamga qanday yo`llar orqali yuqishini bilgandagina har bir odam uni o`ziga yuqtirmaslik chorasini ko`rishi oson bo`ladi.
Avvalo, aytish kerakki, OIV sog` odamga, asosan, virus tashib yuruvchi, lekin vaqtincha kasallanmagan odamdan hamda OITS bilan xastalangan bemordan yuqadi.
OIV ning yuqish yo`llari quyidagilardir:
1.Jinsiy yo`l. OIV ni o`ziga yuqtirib, vaqtincha kasallanmagan , lekin sog` holatda virusni o`zida tashib yuruvchi odam (erkak yoki ayol) bilan jinsiy munosabatda bo`lish;
- shuningdek, OITS bilan kasallangan, lekin kasallik yengil kechayotgan bemor bilan uning kasal ekanini bilmagan holda jinsiy munosabatda bo`lish natijasida sog` odam o`ziga OIV ni yuqtirib olishi mumkin.
2. Parenteral yo`l. Bu OIV ning tibbiy va sartaroshlik asboblaridan hamda donor qoni va qon zardobidan yuqishini o`z ichiga oladi:
- bir martalik shpris bilan bir kishiga in`eksiya qilingach, uni kuydirib yuborish o`rniga, shu shpris va uning ignasidan, boshqa kishiga in`eksiya qilish uchun foydalanish;
- stomatologik, jarrohlik, travmatologik, ginekologik, LOR, ko`z, me`da-ichak va boshqa kasalliklarda ishlatiladigan tibbiy asboblarni shifokor bir bemorga qo`llagandan keyin sterillamasdan (zararsizlantirmasdan) boshqa bemorga ishlatishi;
- sartaroshlik pokisi bilan bir kishining soqolini olgandan keyin, uni zararsizlantirmasdan (dezinfeksiyalovchi eritmaga botirib qo`ymasdan) boshqa kishiga ishlatish;
- ayollarning kosmetik muolajalari: pirsing, tatuaj, manikyur, pedikyur asboblarini bir kishiga qo`llagandan keyin, zararsizlantirmasdan boshqa kishiga qo`llash;
-qiz bolaning qulog`ini teshadigan ignani zararsizlantirmasdan bir necha qizchalarni qulog`ini teshish uchun foydalanish;
- o`g`il bolani xatna qilganda, pokini zararsizlantirmasdan bir necha bolalarga qo`llash;
- donor odam qonini yoki qon zardobini OIV ni aniqlash bo`yicha laboratoriya tekshiruvidan o`tkazmasdan, og`ir kasallik bilan xastalangan yoki jarohatlangan boshqa bemorga davolash maqsadida quyish.
3. Vertikal yo`l. OIV ni o`ziga yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan ayol homilador bo`lsa, u o`zining qonidagi OIV ni homilasiga va chaqalog`iga quyidagi yo`llar orqali yuqtirishi mumkin:
- prenotal davrda, ya`ni homilaning ona qornida rivojlanish davrida, ona qonidagi virus kindik tomirlari (yo`ldosh) orqali homilaga yuqadi. Natijada, homila virus tashuvchi sifatida yoki OITS bilan kasallangan bemor holatida tug`iladi;
- ayol qonidagi virus chaqaloqning tug`ilish jarayonida, tug`ish yo`llarining jarohatlaridan chaqaloqqa yuqadi;
- OIV bilan zararlangan ayol o`zining bolasini yoki boshqa ayolning bolasini ko`krak suti bilan emizganida sut tarkibidagi virus bolaga yuqadi.
4. Ingliz mutaxassis shifokorlarining ma`lumotiga ko`ra “o`ta sevishgan erkak va ayol bir-birining lablarini so`rib o`pishganlarida” birining so`lagidagi va labining qon tomirlaridagi virus ikkinchisiga o`tishi mumkin.

Download 69.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling