Mavzu: oits. Reja: Kirish oits/oiv. Oiv ning yuqish yo`llari. Oiv yuqishining oldini olish chora-tadbirlari


OIV yuqishining oldini olish chora-tadbirlari


Download 69.44 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi69.44 Kb.
#1507428
1   2   3
Bog'liq
OITS

3. OIV yuqishining oldini olish chora-tadbirlari
OIV yuqishining oldini olish chora-tadbirlari.
OIV aniqlanganiga chorak asrdan ko`proq vaqt o`tdi. AQSh da OITS bilan kasallangan birinchi bemorlar ro`yxatga olinganiga 30 yil bo`ldi.
Ammo, hozirgi kunda, OIV ga qarshi ta`sir ko`rsata oladigan vaksina dunyo mamlakatlarining birontasida ishlab chiqilgani yo`q. Ma`lumotlarga ko`ra, OITS bilan kasallangan bir nafar bemorni davolash uchun bir yilda 20 million so`m mablag` sarflanadi. Davolash jarayoni esa bir necha yil davom etadi. AQSh da OITS bilan kasallangan bir nafar bemorni davolash uchun 50-75 ming dollar mablag` sarflanar ekan.
Yuqorida bayon etilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, mamlakatimiz aholisini, birinchi navbatda yoshlarni, OITS kasalligidan asrashning asosiy chorasi har bir odamni OIV yuqishidan himoya qilishdir.
Muhtaram Prezidentimizning “O`zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 2008 yil 26-dekabrdagi PK-1023-sonli Qarori aynan ana shu maqsadga qaratilgan.
Davlatimiz rahbarining mazkur qarorini bajarish uchun yurtimizning har bir fuqarosi, birinchi navbatda, maktablarning yuqori sinf o`quvchilari, kollej, litsey va oliy ta`lim muassasasi talabasi, shuningdek, yetuklik yoshidagi yigit va qiz, qolaversa o`rta va keksa yoshdagi erkak va ayol quyidagilarga amal qilishi lozim:
- birinchidan, OIV ning yuqish yo`llarini mukammal bilishi va doim yodida saqlashi;
- ikkinchidan, kundalik turmush jarayonida, OIV ning yuqish xavfi bo`lgan vaziyatlarga duch kelganda hech qanday his-tuyg`ularga berilmasdan, dadillik va shijoat bilan o`zining bilimi, tushunchasi, faolligi va fidoyiligini namoyon etib, xatarli vaziyatni bartaraf etishga harakat qilishi kerak. Bu bilan o`zini va boshqalarni OIV yuqishidan himoyalashga hissa qo`shgan bo`ladi. Masalan, sartarosh bir kishining soqolini olib, pokini zararsizlantirmasdan boshqaning soqolini olayotganiga duch kelganda yoki stomatolog bir kishiga ishlatgan asbobni almashtirmasdan, boshqa kishiga ham ishlatayotganini ko`rgan vijdonli odam, uning xatosini aytishi va bu xatoni bartaraf etishga hissa qo`shishi kerak.

Yuqorida bayon etilganlar asosida, OIV ning oldini olish masalasi, uning yuqish yo`llariga to`siq qo`yish (barham berish) orqali amalga oshirilishi lozim.
Bu vazifa quyidagi tartibda bajarilishi mumkin.
Birinchi, OIV ning jinsiy yo`l orqali yuqishining oldini olish.
Bu masalada AQSh, Yevropa mamlakatlarining mutaxassis shifokorlari, notanish shaxs bilan jinsiy munosabatda bo`lganda, himoyalanish g`ilofi (prezervativ)dan foydalanishni tavsiya etadilar. Bu bir tomondan to`g`ridek tuyuladi.
Ammo, bizning milliy urf-odatimiz, shariyatimiz, xalqimizning ma`naviy-axloqiy xususiyati (mintaliteti) ga ko`ra erkak yoki ayolning notanish shaxs bilan jinsiy munosabatda bo`lishi, sha`nimizga munosib emas. Agar yurtimizning har bir fuqarosi, yoshidan qat`iy nazar, millatimizning ana shu ma`naviy-axloqiy xususiyatiga amal qilsa, uning poymol bo`lishiga jur`at etmasa, OIV ning jinsiy yo`l bilan yuqish xavf-hatariga, yurtimiz aholisi o`rtasida mutloq barham berilgan bo`ladi.
Afsuski, ayrim yoshlar vaqtinchalik ko`ngilxushlik, kayfu-safo, ulfatbozlikka berilib, tuzatib bo`lmaydigan xatoga yo`l qo`yadilar, oqibatda kelajaklarini barbod qiladilar.
Ana shunday nosog`lom turmush tarziga moyilligi bo`lgan yoshlarga saboq bo`lishi uchun quyidagi misolni bayon qilish lozim topildi.
Respublikamiz viloyatlarining birida bo`lib o`tgan achinarli voqea haqida, “Xalq so`zi” gazetasining muxbiri Istam Ibrohimov (2009 yil 2-may) shunday ma`lumot bergan:
...Bo`lg`usi kelin-kuyov to`ydan avvalgi tibbiy ko`rikdan o`tganlaridan keyin, shifokor kuyov bo`lmish Mahmudjon bilan yolg`iz suhbatda, OIV infeksiyasi bo`yicha qayta tekshiruvdan o`tishi zarurligini aytdi. Keyinchalik yigitning o`ziga OIV yuqtirganligi ma`lum qilindi.
Mahmudjon avvaliga meni hech narsa, hech qanday kasallik bezovta qilayotgani yo`q deya, o`ziga OIV ning yuqtirganligini inkor qildi. So`ngra chuqur o`ylab olgach, ulfatlari bilan tongotar bazmlarda maishat qilishi, bunday kechalarda notanish ayollar ham qatnashganligi va ular bilan yaqin munosabat o`rnatgan paytlari ko`p bo`lganini yodiga oldi. U bo`lib o`tgan voqeani tan olgach, shifokordan bu haqda boshqalarga aytmaslikni iltimos qildi.
- Bu mumkin emas dedi, shifokor. Siz OIV ni yuqtirib olganingizdan bo`lg`usi qaylig`ingiz boxabar bo`lishi shart. Chunki qonunga ko`ra, har bir odam o`ziga OIV yuqtirganini bila turib, boshqa kishiga (ayni paytda qaylig`iga) virusni yuqtirishi jinoyat hisoblanadi, dedi shifokor.
Shu bois, Mahmudjon o`ziga OIV yuqtirganini bo`lg`usi qaylig`iga bildirishi shart. O`shanda bo`lajak kelin bo`lmish qiz, unga tur-mushga chiqishga rozi bo`lsa, nikohdan o`tishi mumkinligi ma`lum qilindi. Tasavvur qilaylik:
- birinchidan, bo`lg`usi turmush o`rtog`ining OIV bilan zararlanganligini bila turib, u bilan turmush qurishga qiz jur`at etarmikin?
- ikkinchidan, qiz rozi bo`lganida ham, uning ota-onasi, qavm-qarindoshlari rozilik berarmikinlar ?
- uchinchidan, yigitga nisbatan qizning muhabbati juda kuchli bo`lib, yuqoridagi ikkala to`siq ham bartaraf etilgan taqdirda, bu nikohdan sog`lom bola dunyoga kelarmikin…
- to`rtinchidan, nikohdan keyingi birinchi haftalardayoq kuyovdagi OIV ning kelinga ham yuqishi shubhasiz. Demak, ma`lum oylar-yillar o`tgach, ularning ikkalasida ham OIV infeksiyasi va OITS kasalligining vujudga kelishi muqarrar. Bu dardning injiqliklariga bardosh berisha olarmikin...
Bunday musibatga bardosh berishning iloji bo`larmikin...
Xulosa shuki, Mahmudjon sayoq yurib, ulfatbozlik, maishatbozlik, vaqtinchalik kayfu-safoga berilib, tuzatib bo`lmas xatoga yo`l qo`ygan. Yosh umrini, kelajagini o`zining o`ylovsizligi, nojo`ya xatti-harakati, nosog`lom turmush tarzi tufayli barbod qilgan. Uning taqdiri ayanchli, albatta. Biroq endi kech, pushaymonu afsus-nadomatdan foyda yo`q.
Ikkinchi, OIV ning parenteral yo`l orqali, ya`ni tibbiy va sartaroshlik asboblaridan hamda qon quyish orqali yuqishini o`z ichiga oladi.
Xulosa
Kasallikning yashirin davrida OIV, ya`ni virus tananing limfa tugunlarini va ularda ishlab chiqariladigan T-limfotsitlarning ichiga kirib, ularni zararlaydi. Shuningdek, virus suyaklarning ko`mik qismi-da ishlab chiqariladigan monotsitlarning ichiga kirib, ularni ham zararlaydi.
Sog` odamda T-limfotsitlar va monotsitlar qon tarkibida bo`lib, tashqi muhitdan organizmga kirgan mikrob, virus, zamburug` va boshqa infeksiyalarni yutib eritib yuboradi. Shu bilan odam organizmini yuqumli kasalliklardan asraydi. Ular himoya (immunitet) vazifasini bajaradi.
OIV esa limfa tugunlari, limfotsitlar va monotsitlarni zararlab, organizmning himoya (immunitet) xususiyatini kuchsizlantiradi va odamda immunitet tanqisligini vujudga keltiradi.
OIV sog` odamga yuqqanidan boshlab to organizmning himoya (immunitet) qobiliyatini kuchsizlantirgunicha o`tgan davr OIV infeksiyasining yashirin (inkubatsion) davriga to`g`ri keladi.
Kasallikning inkubatsion (yashirin) davrini qisqa (2-5 oy) yoki uzoq (8-10 yil) bo`lishi quyidagi holatlarga bog`liq:
- birinchidan, sog` odamga yuqqan virus (OIV) ning oz yoki ko`p bo`lishiga bog`liq. Bir martalik shpritsni bir kishiga ishlatish o`rniga 2-3 kishiga ishlatish yoki stomatologik, sartaroshlik asboblarini zararsizlantirmaslik tufayli yuqqan viruslar soni, nisbatan, kamroq bo`lishi mumkin. Kam miqdordagi viruslar ko`payib, immunitet tanqisligini vujudga keltirgunicha uzoq vaqt o`tadi. Demak, OITS ning yashirin davri uzoq bo`lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar





  1. Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. F.G`. Nazirov. Toshkent-2003.

  2. Odam anatomiyasi. E.Qodirov. Toshkent-2003.

  3. Anatomiya. A.S.Gusev. Moskva-1970.

  4. Hamshiralik ishi asoslari. Q.Inomov. Toshkent-2007.

  5. Xirurgiya. A.J.Hamrayev. Toshkent-2002.

  6. Xirurgiya va reanimatsiya asoslari. A.J. Hamrayev. Toshkent-2002.

  7. Bolalar kasalliklari. A.N.Buraya. Toshkent-1988.

Download 69.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling