Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Foydalaniladigan adabiyotlar
Download 0.58 Mb.
|
Valeologiya asoslari (01)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6- ma’ruza Giyohvandlik va uning zararli оqibatlari.
- Giyohvand moddalarning tarixi.
Foydalaniladigan adabiyotlar.
E.A.Babayan, M.X.Gonopolskiy “Narkologiya” Tibbiyot oliygoxi talabalari uchun o’quv qo’llanma. Sh.A. Muratalibov "Psihologiyadan ma`lumotnoma". B.U.Yo’ldashev, Y.Z.Zulunov, M.M.Aliyev "Giyohvandlik umr kushandasi". S.S.Azizova "Farmakologiya" S.Qosimov "Giyohvandlik oqibati". A.Gabiani "Jar yoqasida giyohvandlik va giyohvandlar" "Giyohvandlik profilaktikasi bo`yicha uslubiy qo`llanma" Ibn Sino xalqaro jamg`armasi Internetdan olingan ma`lumotlar. 6- ma’ruza Giyohvandlik va uning zararli оqibatlari. Giyohvandlik, uning tarixi, оrganizmga ta’siri va zarari. Giyohvandlikning kеlib chiqish bеlgilari. Giyohvandlik asоsida kеlib chiquvchi kasalliklar. Naslga bo’lgan ta’siri. Giyohvandlikni оldini оlish. Tоksikоmaniya va uning ta’siri Giyohvand moddalarning tarixi. Giyohvandlikning tarixi juda qadim zamonlardan boshlanganligi haqida anchagina ma’lumotlar bor. Opiy bundan 600 yil avval qo’llanilgan, uning uxlatuvchik ta’siri eramizdan avval 18 asrda o’rta dengiz halqlariga ma’lum bo’lgan. Eramizdan oldin yashagan tabobatning otasi Gippokrat opiyni kasalliklarni davolash maqsadida qo’llagan. Eramizdan avvalgi IV asrda Aleksandr Makedonskiy ko’knori o’simligini Janubiy Osiyoga keltirgan. Opiydan tayyorlangan eritma Laudanumon deb nomlangan. Bu eritma yo’tal, uchburg’, uyqusizlik, og’riq, qon ketish, ozib ketish, quvvatsizlikda qo’llanilgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab giyohvand preparatlar murakkab jarroxlik ishlarida qo’llanilgan. Jarroxlik aperatsiyasidan so’ng og’riqni qoldirish uchun bemorga opiy berilgan. Kuchli ta’sir etuvchi antibiotiklar topilganiga qadar ichburug’ bilan og’rigan bemorlarni opiy berib davolangan. Giyohvandlikni ortib borishi munosabati bilan davolash muassasalarini giyohvand moddalar bilan ta’minlash borgan sari kamayib bormoqda. XIX asrning boshlarida Germaniyada Fridrix Sertyuner va Frantsiyada Arman Segen birinchi marta morfiy preparatini oladilar. Morfiyni ko’knori o’simligining ma’lum navidan ola boshladilar. Morfiy uxlatuvchilik xususiyatiga ega. XIX asrning 30 yillarida ikkinchi preparat opiy – kodein olinadi. Bu preparat og’riq qoldirish xususiyatiga ega. Vaqt o’tishi bilan opiy va uning preparatlarini Ovrupada keng tarqala boshladi. Osiyo mamlakatlari (Iroq, Pokiston, Hindiston, Yegipet va b) da nasha chekish opiy qabul qilish keng tarqalmoqda. Keyinchalik opiydan geroin ajratib olindi. Geroin opiyga qaraganda 48 marta kuchli. Ko’pgina kapitalistik mamlakatlar giyohvand moddalarni tabobatda qo’llash o’rniga uni qimmatga sotishni abzal ko’radilar. Giyohvand moddalardan tushayotgan juda katta pullar shu davlatni katta lavozimidagi kishilarini ham qiziqtirmay qolmadi. O’rta Osiyoda ham nasha chekish, giyohvand modda ko’knorini iste’mol qilish keng tarqalgan edi. Sobiq sovet davrida giyohvandlikdan birinchi o’rinni Turkmaniston, ikkinchi o’rinni Gruziya, uchinchi o’rinni O’zbekiston egallar edi. XX asrda giyohvand moddalarni iste’mol qilish, uni sotish juda tez rivojlanib ketdi. 1976 yil mart oyida Meksika politsiyasi AQSH chegarasi yaqinida 12,5 mln dollorlik 39 tonna Marixuannani qo’lga tushurgan. 1974 yilda AQSH da yonidan Marixuanna chiqqan yoki sotish bilan shug’ullangan 400 mingdan ortiq yosh yigitlar qamoqqa olingan. Shvetsiyada 18 yoshli o’spirinlarning har 100 tasidan 26 tasi giyohvand moddani iste’mol qilar ekan. AQSH dagi giyohvandlarning 49200 tasi geroin qabul qilar ekanlar. Yaponiyada so’nggi 7 yil ichida narkomanlarning soni yoshlar orasida 10 marta ko’paygan. Geroin vauning xom ash’yolarini ishlab chiqarishda Tailand – Birma – Laos mashhur “oltin uchburchak” hisoblanadi. Pokiston – Afg’oniston Eron mashhur “oltin yarimoy” hisoblanadi. Narkotik moddalarga o’rganib qolish yoshlar, o’smirlar orasida ko’p uchramoqda. Endi O’rta Osiyo mintaqasiga kelsak, narkotik moddalarni jumladan, opiy yetishturuvchilarning soni keyingi yillarda ko’payganligi va shuning uchun narkomanlar sonining ko’payganligi sir emas. Narkotik moddalar bilan shug’ullanish va tarqatish borasida Afg’oniston asosiy o’rinni egallamoqda. Dunyoda yetishtirilgan ko’knori o’simligini 70 foizi Afg’onistonga to’g’ri kelmoqda. Afg’oniston 1999 yilda 8 ming tonna ko’knori yetishtirgan va sotgan. Sir emas Afg’onistonda yetishtirilgan giyohvand moddalar Tojikiston va O’zbekiston orqali Rossiya va Ovrupa mamlakatlariga tarqatilmoqda. Bunday ishga qo’l urganlar narkotik moddalar qora dori, marixuanna, gashishlar odam bolasini, insoniyatni, jamiyatni, oilani vayron qilishni ko’ra bilib turib ham ayrim kimsalar qonunbuzarlik, sharmandalik yo’llaridan qaytmay turib turli yashirin yo’llardan foydalanib ish ko’rmoqdalar. O’zbekistonda 1992 yildan to 1999 yilning boshlarigacha bo’lgan davr ichida 100 dan ziyot xolatlarda 30 tonnadan ortiq narkotik moddalar ushlab qolingan. Yana bir ma’lumotga ko’ra, Surxondaryo, Tojikiston bojxonalarida tekshiruv olib borilganda ma’lum bo’ldiki, 1998 yilda 1000 kg, 1999 yilning yanvar oyining o’zida 800 kg narkotik moddalar ushlab qolingan. 1998 yilda Surxondaryo viloyatida tekshuruvlar o’tkazish natijasida narko’tik moddalar bilan shug’ullanuvchi 365 kishi ushlanib, ulardan 90 kg qora dori qo’lga tushurilgan. O’zbekistonda giyohvandlik bilan kurashish uchun “Sog’lom avlod uchun” dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada narkologik dispanserlar tashkil etilgan. Har yili “qora dori” operatsiyasi o’tkaziladi. Yaqinda Toshkentda BMT narkomaniya programmasi yuzasidan vakolat xonasi ochildi. O’zbekistonda narkomaniyaning oldini olish haqida turli xil anjumanlar o’tkazilib turiladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling