Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet145/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Me’yordan xulqiy og‘ish va uning turlari. Psixologiya, sosiologiya, pedagogikada ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik “me’yordan xulqiy og‘ish” yoki “deviatsiya” (lot. “deviation” – “og‘ish”) deb ham nomlanadi.

“Me’yordan xulqiy og‘ish”ning mohiyatini anglash uchun dastlab “me’yor” tushunchasining lug‘aviy ma’nosini anglash maqsadga muvofiqdir.
Lug‘aviy jihatdan “me’yor” tushunchasi: asosiy o‘lchov, “qabul qilingan o‘lchovning o‘rtacha kattaligi; mavjud yoki yangi ob’ektlarni yaratishni baholash uchun andoza yoki o‘rnatilgan standart”127 ma’nolarini anglatadi. Shaxsning rivojlanishiga nisbatan “me’yor” tushunchasining qo‘llanilishi esa uning ruhiy, jismoniy hamda axloqiy jihatdan mo‘tadil rivojlanishini ifodalaydi.
Me’yordan og‘ish (lot. “defectus” kamayish, nuqson) bolaning mo‘tadil rivojlanishida buzilishlarni keltirib chiqaruvchi jismoniy, ruhiy, ixtimoiy yoki pedagogik nuqsonlar.

Ijtimoiy sub’ektlar, jumladan, o‘quvchilar o‘rtasida turli jihatdan “me’yordan og‘ish” holatlari kuzatiladi. Ular (30-rasm):

30-rasm. Me’yordan og’ishning asosiy turlari


Me’yordan og‘ish turlaridan bir jismoniy og‘ish sanaladi.


Jismoniy og‘ish shaxsning fiziologik o‘sishi va salomatligida kuzatilayotgan nuqsonlar bo‘lib, asosan, tibbiy ko‘rsatkichlar (tananing og‘irligi, bo‘yi, hajmi va hokazolar) bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
Odatda jismoniy og‘ish kasalliklar, ko‘rish va eshitish qobiliyatining buzilishi, tayanch-harakat apparatlarining nuqsonlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi128. Shunga ko‘ra, jismoniy og‘ish quyidagi holatlarning mavjudligi bilan belgilanadi:
kasallik, xastalikning kelib chiqishi (ruhiy va fiziologik funksiyalarning buzilishi);
imkoniyatning cheklanishi (aqliy yoki amaliy faoliyatni bajara olish qobiliyatining ma’lum darajada vaqtincha yoki umrbod yo‘qotilishi);
nogironlik (aqliy yoki amaliy faoliyatni bajara olish qobiliyatining deyarli yo‘qotilishi, ishga yaroqsiz bo‘lib qolish, to‘g‘ri fikrlay olmaslik).
Jismoniy og‘ishning yuzaga kelishiga muayyan omillar ta’sir qiladi. Ular: irsiy omillar;



127 Понятие нормы и отклонения в физическом, психическом, моторном и интеллектуальном развитии человека // https://katip39.ru/wp-content/uploads/2020/05/Ponyatie-normy-i-otkloneniya-v- fizicheskom-psihicheskom-motornom-i-intellektualnom-razvitii-cheloveka.pdf.
128 Понятие нормы и отклонения в физическом, психическом, моторном и интеллектуальном развитии человека // https://katip39.ru/wp-content/uploads/2020/05/Ponyatie-normy-i-otkloneniya-v- fizicheskom-psihicheskom-motornom-i-intellektualnom-razvitii-cheloveka.pdf.
ekologik vaziyat;
turmush darajasining pastligi;
oziq-ovqat mahsulotlarida kimyoviy unsurlar miqdorining yuqoriligi; nurlanish;
turli ko‘rinish hamda darajada jarohat olish;
aholining tibbiy madaniyatga ega emasligi yoki uning pastligi;
shaxsda o‘zining va atrofdagilarning salomatligiga nisbatan mas’uliyatning shakllanmaganligi.
Me’yordan og‘ishning yana bir turi – ruhiy og‘ish hisoblanadi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling