Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
-rasm. Korrektsiyalashning ustuvor tamoyillari
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchi
- Pedagogik
- O‘quvchining individual xususiyatini inobatga olish tamoyili.
- Yuqoridan pastgacha” tuzatish tamoyili (L.S.Vыgotskiy).
27-rasm. Korrektsiyalashning ustuvor tamoyillariTuzatish va rivojlanish birligi. Unga ko‘ra pedagogik tuzatishning zarurligi haqidagi qaror faqat o‘quvchi shaxsi rivojlanishining ichki va tashqi sharoitlarini psixologik-pedagogik tahlil qilish asosida qabul qilinadi. O‘quvchi shaxsini rivojlantirishdagi yosh birligi. Bu o‘quvchiga uning yoshi rivojlanishi nuqtai nazaridan individual yondashuvni bildiradi. O‘quvchi shaxsini rivojlantirishni tashxislash va tuzatish birligi. Tuzatish ishlari mavjud muammolarni faqat o‘quvchining keyingi “rivojlanish hududi”ni uning o‘ziga xosligi asosida kelib chiqadigan keyingi ehtimoliy rivojlanishini bashoratlashni yaxlit holda tashxislash hamda baholashdan iboratligini anglatadi. Pedagogik tuzatish va rivojlanish bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Zero, pedagogik tuzatishning natijasi o‘quvchi shaxsini rivojlantirishni anglatadi. Pedagogik tuzatishni izchil amalga oshirish tamoyili. O‘quvchining faolligi uni rivojlantirishda asosiy harakatlantiruvchi kuchdir. Shu sababli o‘qituvchi, psixolog hamda ota-onalar o‘zaro hamkorlikda o‘quvchini ma’lum faoliyat turlariga jalb qilish, unda faollik ko‘rsatishini ta’minlash orqali psixologik-pedagogik tuzatishni tashkil etishi zarur. Ushbu tamoyil maqsadga erishishning samarali yo‘l, metod, vositalarini tanlash muhimligini ko‘rsatadi. O‘quvchining individual xususiyatini inobatga olish tamoyili. Bu tamoyil har bir o‘quvchining ichki imkoniyatlarini aniqlash asosida pedagogik tuzatish ishlarini rejalashtirish, amalga oshirish lozimligini belgilab beradi. Tamoyilning mohiyatiga ko‘ra o‘quvchilar bilan psixologik-pedagogik tuzatish olib boriladigan o‘quvchilarga “ikkinchi toifali o‘quvchilar” singari munosabatda bo‘lmaslik kerak. Shundagina ularda kuzatilayotgan “ta’limiy og‘ish”ni bartaraf qilish mumkin. “Yuqoridan pastgacha” tuzatish tamoyili (L.S.Vыgotskiy). O‘qituvchi va psixologning diqqati o‘quvchining “ertangi rivojlanishi”ga qaratilishi lozim. Shunga ko‘ra, bordi-yu, pedagogk tuzatishning maqsadi “pastdan” boshlangan, ya’ni, quyi ko‘rsatkichlarga tayanilgan bo‘lsa, u holda uning mazmunini o‘quvchilarning “keyingi rivojlanish hududi”ni shakllantirish tashkil qiladi. O‘quvchi tomonidan erishilgan natijalarni o‘rganish va baholash uning keyingi rivojlanish hududini “yuqoridan pastgacha” tamoyili bo‘yicha tuzatish maqsadga muvofiqligini ifodalaydi123. Korreksion faoliyat quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: o‘quvchini ijtimoiy muhitga moslashtirish (ayniqsa, bolalar bog‘chalariga qatnamay, uy sharoitida tarbiyalanganlarni, chunki ularning aksariyati odamovi bo‘lib, ijtimoiy muloqotga kirishga qiynaladi); o‘quvchini ta’lim jarayoniga moslashtirish; o‘quvchida ijtimoiy faollikni rivojlantirish; o‘zlashtira olmaslik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish; o‘quvchida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; o‘quvchining nutqidagi nuqsonlarni bartaraf qilish, nutq boyligini oshirish; o‘quvchining xulqidagi kamchiliklar (tajovuzkorlik, yuqori darajadagi ta’sirchanlik, tushkunlikka beriluvchanlik, hissiyotni sust namoyish qilish, salbiy odatlar – tamaki mahsulotlarini chekish, giyohvand moddalar yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, jinoyatga moyillik kabilar)ni tuzatish; o‘quvchi mansub bo‘lgan oiladgi nosog‘lom muhitni bartaraf qilish va oilaga ijtimoiy yordam ko‘rsatish choralarini belgilash. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling