Javoblarni tahlil qilish:
Har bir variant bo‘yicha o‘quvchi to‘plagan ballarning yig‘indisi hisoblanadi. 26 balldan – 30 ballgacha – o‘quvchining maktabga bo‘lgan qiziqishi yuqori;
21 balldan – 25 ballgacha – o‘quvchining maktabga bo‘lgan qiziqishi o‘rtacha;
16 balldan – 20 ballgacha – o‘quvchining maktabga bo‘lgan qiziqishi past.
topshiriq. Tashxislash natijalariga tayangan holda o‘quvchilarda maktabga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirishga oid amaliy-metodik tavsiyalar ishlab chiqing.
topshiriq. N.S.Luskanovaning “Ustuvor bo‘lgan o‘quv motivlarini aniqlash” anketasi yordamida 4 nafar o‘quvchining o‘quv predmetlari asoslarini o‘zlashtirishga bo‘lgan munosabatini aniqlang.
“Ustuvor bo‘lgan o‘quv motivlarini aniqlash” nomli anketai (N.S.Luskanova)
Hurmatli, o‘quvchi! Ma’lum o‘quv fanlarini o‘zlashtira olmaslikni bartaraf qilish bo‘yicha ishlash uchun o‘qituvchi sening anglangan motivlarini ko‘proq va nomma-nom bilishi zarur. Shu sababli, iltimos, ko‘rsatilgan motivning to‘g‘risiga ko‘rsatilgan ballni qo‘y!
O‘quvchi yaxshi o‘qishi kerakligini tushunaman.
Maktabni bitirishni va o‘qishni davom ettirishni xohlayman.
Bilim mening istiqbolim uchun zarurligini tushunaman.
Madaniyatli va har tomonlama rivojlangan kishi bo‘lishni xohlayman.
Yaxshi baholar olishni xohlayman.
Ota-onalardan maqtov eshitishni xohlayman.
Sinfdoshlarimning men haqimdagi fikrlari ijobiy bo‘lishini xohlayman.
Sinfda eng yaxshi o‘quvchi bo‘lishni xohlayman.
Darslarda mening javoblarim eng yaxshi bo‘lishini xohlayman.
Sinfdagi eng yaxshi o‘quvchilar orasidan munosib joy egallashni istayman.
Menga ta’lim olish yoqadi.
Yangi ma’lumotlarni bilishni xohlayman.
O‘qituvchilarning g‘ayrioddiy va nostandart darslari yoqadi.
Menga o‘quv faoliyatidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish yoqadi.
Fikrlashga imkon beriladigan darslar yoqadi.
O‘qituvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatlarimni adolatli baholashlarini yoqtiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |