Raxmonova munojat yo’ldashboy qizining bo’lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish


Download 1.29 Mb.
bet3/15
Sana09.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1471372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
427 RAXMONOVA MUNOJAT YO’LDASHBOY QIZINING

Kasbiy kompetentlik-mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanlshini emas, balki har bir mustaqil yo’nailsh bo`yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shiningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o’rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab toplsh, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo’llay bilishni o’rganadi.Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha yoritiladi.
-ijtimoiy kompetentlik-ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirlsha ollsh.
-maxsus kompetentlik-kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baxolash, bilim ko’nikma, malakalarni izchil rivojlantirib borish, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
-psixologik kompetentlik - pedagogik jarayonda sog’lom psixologik muhitni yarata ollsh, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay ollsh va bartaraf eta ollsh;
-metodik kompetentlik-pedagogik jarayonni metodik jixatdan oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to’gri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay ollsh, metodlarni samarali qo’llay ollsh, vositalarni muvaffaqiyatli qo’llash;
-informatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig’ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o’rinli, samarali foydalanlsh;

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling